Logistika



Download 1,72 Mb.
bet1/21
Sana08.12.2019
Hajmi1,72 Mb.
#28958
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
LOGISTIKA


LOGISTIKA

Ч 4Л



()‘ZBEKISTON RESFUBL1KASI OL1V VA 0‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

D.M. Umarova, M.A. Bo‘ronova

LOGISTIKA



0‘quv qoilanma

Cha'lpon nomidagi nashriyot-malbaa ijodiy uyi Tashkent - 2016


UO'K 164(075.8) КВК 65.40va73 L 68
Mas’ul muharrir:

М.Л. Mahkamova — Toshkent davlat texnika universiteti «Iqtisodiyot va marketing» kafedra miidiri, iqtisod fanlari doktori, professor.

Taqrizchilar:

M.L. Tursunxodjayev Toshkent davlat texnika universiteti «Menejment» kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori; S.A. Yuldasheva — Toshkent avtomobil yo‘llari Instituti «Transport va transport kommunikatsiyalari» fakulteti dekani, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.

D.M. Umarova, M.A. Bo‘ronova.

L68 Logistika [matn]/D. Umarova [va boshq.] o‘quv qo‘Uanma/ 0‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi — Т.: Cho'lpon noinidagi NMIU, 2016, — 252 bet.

ISBN 978-9943-05-895-8

0‘quv qoilanmada logistikaning zamonaviy konsepsiyasi va vazifalari aks ettirilib, logistik jarayon qatnashchilariga tavsif berilgan. Moddiy oqim- larni ratsional tashkil etish hisobiga xo‘jalik faoliyati samaradorliginiiig oshishini ta’minlovchi uslublar keltirilgan.

0‘quv qo‘Uannia oliy o‘quv yurti talabalari uchun moijaUangan bo'lib, undan tadqiqotchilar, kasb-hunar kolleji va akademik litsey o'quv- chilari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan peda- goglar, shuningdek, taqsimot, xarid, transport, savdo va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish sohalarida amaliy faoliyat yurituvchi xodimlar foydalanishlari mumkiii.

UO‘K 164(075.8) KBK 65.40ya73


ISBN 978-9943-05-895-8
© D.M. Umarova, M.A. Bo‘ronova, 2016 © Cho‘lpon noinidagi NMIU, 2016

K1RISH

Jarayonlami tashkil eushning logistik konsepsiyasini faqatgina Ingislika sohasida mutaxassislar tomonidangina amalga oshirib hn'lmaydi. Jarayonlarni tizimli tashkil etish falsafasi biznesning layanch falsafasi bo‘lishi lozim. Tijoratchilar, iqtisodchilar, turli larmoq menejerlari logislika konsepsiyasini tushunishlari va qabul (|ilishlari, jarayonlarni logistik tashkil etishning asosiy usullarini hilishlari hamda erishiladigan samarani ko‘zda tutadigan bo‘lishlari kcrak. Shuning uchun ham bugungi kunda logistika sohasidagi kcng qamrovdagi oliy ta’lim vazifasi nihoyatda muhim hisoblanadi.

0‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Г.А. Karimov O'/.bekiston Respublikasi Oliy Majlisi Oonunchilik palatasi va Scnatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida 0‘zbekiston Respub- likasi iqtisodiyotini yanada rivojlantirish borasida to‘xta1ib: «... bizning yaqin istiqboldagi eng muhim vazifamiz boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish — iste’mol talabini kengaytirish maqsadida sotsial sohani rivojlantirish, mehnatga haq tolashni v niada oshirish, xizmat ko‘rsatish sektorini, infratuzilma obyekt- larini rivojlantrishga, transport va kommunikatsiya loyihalarining amalga oshirilishiga alohida e’tibor berishdir»I deb ta’kidlab o'tdilar.

Shuningdek, I.A. Karimov 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda 0‘z- hi-kistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruzasida 0‘zbekiston iqtisodiyoti oldida turgan asosiy vazifalar to‘g‘risida to’xtalib, «... bugungi ki skin raqobat sharoitida mahsulotlarimizning jahon va mintaqaviy bozorlarda xaridorgir bo‘Iishi va mustahkam o‘rin egallashi uchun bu boradagi ishlami yana bir bor tanqidiy ko‘rib chiqish lozim. Bunda tashki bozorda xaridorbop, yuqori likvidli mahsulotiar ishlab chiqarishni kengaytirish uchun eksporlga mahsulot chiqa- radigan korxonaiarni rag‘batiantirishni vanada kuchaytirish, ularga yangi imtiyoz va preferensiyalar berish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar tayyorlash zarur»II deb ta’kidladilar.

Ma’lumki, g‘arb iogistikasi modellari mamlakatimiz xoljalik amaliyotiga har doim mos kelavermaydi. Logistik tizimlar — bu atrof-muhit bilan uzviy aloqasiz qarab bo‘lmaydigan jonli tizimlardir. G‘arb tizimlaridan nusxa olish strategiyasi — bu egalik strategiyasi bo‘lib, biroq yetakchilik strategiyasi emas. Mamla­katimiz iqtisodiyotiga, birinchi navbatda, bizning sharoitimizga to£g‘ri keladigan, jarayonlar samaradorligining keskin o‘sishiga imkon beruvchi logistika falsafasini tadbiq etish lozim.

Yangi ilmiy va o‘quv «logistika» fanini o‘rganish obyekti moddiy va ular bilan bog‘liq bo‘lgan axborot oqimlari hisoblanadi. Fanning dolzarbligi va uni o'rganishga bolgan qiziqishning keskin ortishi logistik yondoshuvdan foydalanish orqali moddiy tizimlar faoliyati samaradorligini oshirishning potensial imkoniyatlari bilan bog liqdir. Logistika xomashyo va yarimtayyor mahsulotiar olib kelish bilan iste’molchiga tayyor mahsulot yetkazib bei.sh o‘rtasi- dagi vaqt oralig‘ini keskin qisqartirish imkonini beradi. Yuklami saqlash va tashish xarajatlarini keskin qisqartirishga imkoniyat yaratadi. Logistikaning qo‘llanishi ma’lumot olish jarayonini tezlashtiradi, serviz xizmati darajasini oshiradi.

Logistika sohasidagi faoliyat ko‘pqmalidir. U transport, ombor xo‘jaligi, zaxnalar, xodimlar boshqaruvi, axborot tizimlari, tijorat faoliyati va boshqalanu tashkil etishni qamrab oladi. Sanalgan vazifalarning har biri tegishli soha fanida chuqur o‘rgamlgan va bayon etilgan. Logistik yondashuvning vangiligi yuqorida sanalgan

laoliyat sohalarining maromli tashkil etilgan yengil boshqaruvini va yuqori samarali material o'tkazuvchi tiiimlarini yaratish maq- ididagi uzviy bog'liqligim ta’minlash hisoblanadi.

Logistik tarzda tashkil etilgan tizimlar an’anaviy material o'tkazuvchi tizimlardan xuddi zamonaviy avtomobil XX asr bosh- laridagi avtomobildan farq qilgani kabi farq qiladi. Logistikaning ita/ariy fan sifatidagi maqsaai xuddi shunday tizimlarning paydo Iw'lishi va amal qilish qonuniyatlarini o‘rganishdir. Logistikaning .imaliy faoliyat tandagi maqsadi esa ushbu tizimlarni yaratish va ularning amal qilishini ta’minlash hisoblanadi.

Moddiy oqimlarni boshqarish har doim xo‘jalik faoliyatining mnliim tomoni hisoblanib kelingan, biroq nisbatan yaqin vaqtlarda и iqtisodiy faoliyatning eng muhim vazifalaridan biri tarzidagi nnvqega ega boldi. Asosiy sabab -iste’molchining tez o‘zgaruvchi hoxish-istaklariga tez moslashuvchan bo‘lgan ishlab chiqarisli va savdo tizimlari zaruriyatini tug‘dirgan sotuvchi bozoridan iste’mol hozoriga o‘tishidir.

Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlar va iqtisodiyotni modernizatsiya- lashni yanada chuqurlashtirish, uning ko‘lamini kengaytirish bilan bog‘liq masalalarning nazariy va amaliy tomonlarini o'rganishda «l.ogistika» fani alohida o‘rin tutadi.

Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda raqobat bozorida kimki logistika sohasida layoqartli (kompetentli) bo‘lsa, yelakchilik mavqeyiga ega bo‘ladi.

0‘quv qo‘11anmani tayyorlashda mualliflar ko‘p yil davomida olib borishgan izianishlar natijasi, o‘qigan ma’ruzalari va o‘quv adabiyotlardan keng foydalangallar.

I BOB. LOGISTIKA FANIGA KIRISH



Reja:

  1. Logistikaning predmeti va obyekti.

  2. Logistikaning asosiy tushunchalari.

  3. Logistikaning rivojlanish bosqichlari.

  4. Logistikaning asosiy maqsadi.

  5. Logistikaning funksional sohalari va ularning tavsifi.

  1. Logistikaning predmeti va obyekti

Logistika murakkab ishlab chiqarish-sotish komplekslarini o‘r- ganadi, bu kompleksiar ta’minot, asosiy ishlab chiqarish, tran­sport va sotuv sohalarida tashkuiy-iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi.

Bu kompleksiarning o‘ziga xos xususiyatiari quyidagilardan iborat: asosiy vositalar va ishchi guruhlarning katta maydonga tarqalganligi; texnik vositalar asosiy qismining yuqori fond sig‘imi; logistik tizim elementlari ba’zilarining mobilligi va boshqalarining ma’lum jug‘rofik mintaqaga qattiq bog‘liqligi; katta miqdordagi aralash tizimostilar (yuk jo‘natuvchilar, yuk qabul qiluvchilar, resurslarni yetkazib beruvchilar va hokazo) ishining natijasiga bog‘liq.

Ко‘rib chiqilgan xususiyatlar logistik tizimda moddiy va axborot oqimlarining o‘tishiga va hajmiga ta’sir qiladi hamda material o‘tkazuvchi zanjiming alohida bo‘g‘inlari o‘rtasida yuzaga keladigan tashkiliy va iqtisodiy munosabatlar tabiatini aniqlaydi.

Fan sifatida logistikaning predmeti bo‘lib tovar harakati sohasida xarid, ishlab chiqarish va mahsulotni sotish bosqichlaridagi tash­kiiiy-iqtisodiy munosabatlar xizmat qiladi.

Logistika fan sifatida logistik tizimlarni tashkil etishning umumiy xususiyatiarini, qonun va qonuniyatlarini o‘rganadi.

Logistikaning fan sifatida tuzilmasi bo‘lib tovar harakati i.iiayoniga tegishli bo'lgan qonuniyatlar va aloqalarni oTnatish hisoblanadi. Bu moddiy va axborot oqimlarini boshqarishning samarali shakl va usiublarini amaliyotda aniqlash va qo‘llash niaqsadida amalga oshiriladi.

Logistika fanining umumiy uslubi bo‘lib tadqiqotning dialektik nslubi hisoblanadi. Aniq masalalar yechimini topish uchun fanda Ii/iinli yondashuv, amallarni tadqiqot qilish uslublari va ti/imlar iiu/ariyasidan foydalaniladi.

Atama tarixi. Logistika tushunchasi o‘zinining tarixiga ega. Qadimgi greklar logistika deb hisob-kitoblami amalga oshirish s;m’atini tushunishardi. Maxsus davlat nazoratchilarini logistlar deb atashardi. Qadimgi Rimda esa logistika deb mahsulotlar laqsimoti tushunilardi.

Keyinchalik logistika atamasi harbiy qo‘shinlarning joylashishi v;i harakatlanish amaliyotini tasniflashda ishlatila boshladi. liramizning TX—X asrlarida yashagan Vizantiya imperatori Leon V, o‘zining harbiy ish bo'yicha kitobida «logistika» atamasini «front oili, qo‘shinlarning ta’minoti» ma’nosida ishlatadi1.

0‘zbekiston tarixiga kelsak, logistika masalalariga buyuk s;irkarda Sohibqiron Amir Temur armiyasida katta ahamiyat ciaratilgan. Amir Temur armiyasi tashkiliy va harbiy tuzilishda, •liunindek, jang olib borish usullari borasida eng katta va qudratli .nmiya edi. Amir Temur o‘z armiyasini yetti ko‘lga (korpusga) ho‘lgan. Ularga amirlar, shahzodalar qo‘mondonlik qilishgan va markaz, o‘ng, so‘l, qanvuldan joy oiganlar. Ba’zi ko‘llar Amir lemur tomonidan zaxiraga ehtiyot uchun ajratilgan. Bunday lartib qanotlarnigina emas, balki markazni ham birmuncha kuchaytirgan. Markaz ixtiyorida ilg‘or, qanvul va ehtiyot qismlar ho'lib, u jang taqdirini hal etgan2.

Qo‘shinni to‘plash va ularni taqsimlash bilan tavochilar shug‘ullanishgan. Yurish davrida har bir askar o‘zi bilan kamon va 30 ta o‘q, chapar va to‘ra, qiJich va bir oyga yetarli ozuqa

1 Umarova D.M., Bo'rcnova М.Л., Zuxurova N.A. Logistika 0‘quv qoMlanma.

I'.: TATU, 2007. 83-b.

Ахмедов Б. Тарихдан сабок^ар. — Т.: 1992.

olishi lozim bo‘3gan. Har bir askar ikki ot, har o‘n kishi o‘zi bilan birga bir biyma (chodir), ikki soyabon, bir bel, o‘roq, arra. Tabar, yuz dona igna, arqon, charm mesh, qozon olgan.

  1. asrboshida, Napoleon urashlari davrida logistikaga zaxira- lami rejalashtirish, tashish va qo'shin ta’minotini boshqarish to‘g‘- risidagi fan sifatida qaralardi.

Sankt-Peterburgda 1850-yilda nashr etilgan «harbiy ensiklo- pedik leksikon»iga asosan Rossiyada XIX asr o‘rtalarida logistika deb qo‘shinlaming dushman yaqinida ham, o‘zagida ham harakat- lanishini boshqarish va ulaming frontorti ta’minotini tashkil etish san’ati tushunilardi.

Harbiy logistikaning rivojlanishida yangi bosqich ikkinc-hi jahon urushi davomida vujudga keldi, bunda logistik qarashlar janglami tayyorlash va rejalashtirishda keng qo‘llanila boshladi.

  1. asrning 50-yillarida moddiy oqimlarni boshqarish masalalari harbiy logistikada qo‘llaniladigan uslublar yordamida hal etilishi mumkinligi tan olindi.

XX asrning 70-yillari boshida turli mamlakatlar iqtisodiyotida logistik qarashlar keng qo‘llanila boshladi.

Asta-sekin logistika va logistik boshqaruv tushunchalaii turli shakllarga ega boldi va ishlab chiqarish hamda tovar almashi nuvining turli xil tannoqlariga kirib bordi.

Bugungi kunda logistikaga moddiy oqimlarni boshqarish sifatida qaraladi. O'z davrida Sharq bilan G'arbni bog‘lab turgan Buyuk Ipak Yo‘li orqali bo‘ladigan turli xil tovar almashinuvi hamda savdo-sotiq jarayonlarida logistika elementlarini yaqqol ko'rish mumkin.

Logistika tushunchasini tasniflashda bir nechta qarashlar mavjud. Ulaming ko'pchiligi bu tushunchani moddiy oqim va axborot oqimi bilan bog‘lashadi.

Logistikaning barcha tasmflarini ikkita guruhga ajratish mumkin.

Ulardan biri logistikani xo'jalik faoliyatining bir yo‘nalishi sifatida tushuntiradi, u ishlab chiqarish va tovar almashinuvi sohalarida moddiy va axborot oqimlarini boshqarishdan iborat. Ikkinchisi logistikani ilmiy yo‘nalish sifatida o‘rganadi, u moddiy

v;i jxborot oqimlarining samaradorligini oshirishning yangi imkoniyatlarini qidirish bilan to‘g‘ridan-to g‘ri bog'liq.

Adabiyotlarda logistikaga xo‘jalik yuritishning ilmiy-amaliy yo'nalishi sifatida yondashish keng tarqalmoqda. Bu yondashish ishlab chiqarish va tovar almashinuvi sohalarida moddiy va axborot oqmtfarini samarali boshqarishdan iborat.

Rossiyada 1995-yilda nashr etilgan logistika bo‘yicha ilmiy lug'atda logistikaga quyidagicha tasnif berilgan:

«Logistika — ishlab chiqarish korxonasigacha xomashyo va materiallarni yetkazib berish, xomashyo, materiallarni, yarim- tayyor mahsulotlami qayta ishlash, tayyor mahsulotni iste’mol- chigacha yetkazib berish hamda zarur ma’lumotni qayta ishlash, saqlash vajo‘natish jarayonida bajariladigan tashish, saqlash hamda boshqa moddiy va nomoddiy operatsiyalami boshqarish va nazorat qilish to‘g‘risidagi fandir»I.

Yuqoridagilami umumlashtirib logistikaga qisqaroq tasnif berish nutmkin.

Logistika moddiy va axborot oqimlarini, ulaming birinchi manbayidan to oxirgi iste’molchigacha bolgan harakatini bosh­qarish, nazorat qilish, rejalashtirish va tashkil etish to'g‘risidagi landir.

Ixtgistikani o'rganish obyekti moddiy va unga tegishli moliya- viy, axborot oqimlaridir.

  1. Logistikaning asosiy tushunchalari

Logistika o‘zining tushunish apparatiga ega, uning tarkibiga logistikaga xos bo‘lgan kategoriyalar, tushunchalar, atamalar kiradi.

Moddiy oqim. Moddiy oqim tushunchasi logistikada muhim o'rin tutadi. Moddiy oqimlar tashish, omborga joylashtirish va xomashyo, yarimtayyor mahsulotiar hamda tayyor mah­sulotiar bilan boshqa moddiy amallarni bajarish natijasida yuzaga keladi.

Moddiy oqim — bu vaqt oralig'iga keltirilgan va har xil logistik amallarni joriy etish jarayonida ko‘rib chiqilayotgan tovar — mod­diy boyliklarning yig‘indisi.

Ishlab chiqarishning aniq manbayidan to iste’molgacha bo'lgan oraliqda joylashgan bir turdagi resurslar yig‘indisi oddiy moddiy oqimni yuzaga keltiradi. Korxonada shakllanadigan bir nechta oddiy oqimlar korxonaning me’yoriy faoliyatini ta’minlab beruvchi integrallashgan moddiy oqimni tashkil etadi.

Moddiy oqimlarning harakatlanish sxemasi 1-rasmda kelti­rilgan.




Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish