Integratsiyalashuvchi funksiya — tovarlarni yetkazib beruv- eliidan iste’molchigacha bo'lgan harakati davomida moddiy oqim materiallarni sotib olish, mahsulotni ishlab chiqarish va taqsimlash (sotish) bosqichlaridan o‘tadi. Tovar harakatining har hi г bosqichi o‘ziga xos xususiyatlar bilan xarakterlanadi va faqat unga tegishli bo'lgan masalalarni yechadi. Lekin ularning hirontasi ham tovar harakati jarayonidan tashqarida mustaqil ко'rib chiqilishi mumkin emas. Bu jarayonda muhim o‘rinni sotish egallaydi, u ishlab chiqarishning tashkiliy va iqtisodiy xususiyatlarini, materiallar xaridining hajmini va nomenklatu- rasini hamda bu bosqichlarning bir-biriga munosabatlarini asoslab beradi.
Ishlab chiqarish— moddiy boyliklar yaratish, moddiy xizmatlar ko'rsatish (oldin yaratilgan boyliklarning qiymatini oshirish bo'yicha xizmatlar)
Ishlab chiqarish logistikasi— korxona, (firma) ichidagi moddiy oqimiar harakati jarayonini o‘z ichiga oladigan soha.
Ishlab chiqarishdagi iste’mol— ishlab chiqarishdagi ehtiyojlarga ijtimoiy mahsuiotlarning mehnat vositasi va mehnat predmeti sifatida joriy davrda ishlatilishidir.
Ishlab chiqarish zaxiralari— korxonada shakllantiriladigan lo'xtamaydigan uzluksiz ishlab chiqarish jarayonini ta’minlashga nm'ljallangan zaxiralar (rezervlar). Ishlab chiqarish zaxiralari iste’- molchi-tashkilotlarda shakllantiriladi va ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta'minlashga moljallangan.
Turtib boruvchi tizim— logistik zanjirning har bir bo'g'ini uchun zarur xomashyo, materiallar va detallar zaxirasi miqdorini bashorat qilishga asoslanadi. Bu bashoratdan kelib chiqqan holda
hlab chiqarishning butun ko‘p bosqichli jarayonini boshqarish amalga oshiriladi, bu qayta ishlashning har bir bosqichida moddiy zaxiralarning asoslangan hajmini ta’minlashdan iborat. Moddiy oqimlarni boshqarishning bu tizimida mehnat predmetlari bir uchastkadan ikkinchisiga (texnologik jarayon bo'yicha keyingi) uni qayta ishlashga tayyorligidan va bu detallarga bo'lgan ehtiyoj- dan qat’iy nazar, ya’ni maxsus buyurtmasiz ko'chiriladi. Moddiy
oqim ishlab chiqarishni boshqarishning markaziy tizimidan keladigan buyruq bo'yicha qabul qiluvchiga «itarib ohiqarilganday» bo'ladi.
Kafolatlangan (sug‘urta) zaxiralar — ta’minot jarayonidagi uzilishlar yoki ishlab chiqarish hajmidagi o'zgarishlar vujudga kelgan holatlarda korxonaning ishini ta’minlash uchun zamr. Bu zaxiralar yordamida haqiqiy talab bashorat qiiinganida ishlab chiqarilavotgan mahsulotning haqiqiy hajmini rejalashtirilgandan va har xil operatsiyalar bajarilishining haqiqiy muddatlarini rejadagilardan chetlanishlari qoplanadi.