3. Moddiy zaxiralarni boshqarish tizimi
Zaxiralarni boshqarish ularning haqiqiy holatini nazorat qilishni tashkil etishni ham ko’zlaydi. Zaxiralarning holati ustidan nazorat-zaxiralarning me’yorlari cheklanishini aniqlash maqsadida ishlab chiqarish texnik tayinlanishidagi mahsulotlar va xalq iste’mol tovarlarining zaxiralar darajasini o’rganish, boshqarish va chetlanishlarni yo’q qilish uchun tezkor choralarni ko’rish hisoblanadi.
Zaxiralar holati ustidan nazoratning kerakligi zaxiralarning me’yorida ko’zlangan chegaralardan haqiqiy zaxira hajmining chiqib ketish holatida xarajatlarning ortishi bilan shartlangan. Zaxira holati ustidan nazorat zaxiralarning hisobi, moddiy resurslarning qayta ro’yxatga olinishi, inventarizatsiya ma’lumotlari asosida yoki kerak bo’lganda amalga oshirilishi mumkin. Amaliyotda nazoratning har xil uslublaridan foydalaniladi. Quyida ulardan eng ko’p uchraydigan ikki uslubi ko’rib o’tilgan. Birinchi uslubda, korxona yetkazib beruvchiga buyurtmani yuborish davr oralig’i o’zgarmasdir (buyurtmaning qat’iy belgilangan davr oralig’i tizimi). Ikkinchi uslubning mohiyati shundaki, biror - bir tovarning zaxirasi oldindan belgilangan eng kam qiymatiga yetish bilan, bu tovar buyurtma qilinadi. Bunda buyurtirilgan partiyaning hajmi har doim bir xildir (buyurtmaning qat’iy belgilangan hajmi tizimi).
Buyurtmaning qat’iy belgilangan davr oralig’idagi zaxiralarning holati ustidan nazorat qilish tizimi. Bu tizim bo’yicha zaxiralarning holati ustidan nazorat bir xil vaqt oralig’ida qoldiqlar inventarizatsiyasini o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. Tekshirish natijalari bo’yicha tovarning yangi partiyasini yetkazib berishga buyurtma belgilanadi. Buyurtma qilinayotgan tovar partiyasining hajmi maksimal tovar zaxirasining ko’zlangan me’yoriy va haqiqiy zaxirasi orasidagi farq bilan aniqlanadi. Buyurtmani bajarish uchun aniq vaqt oralig’i kerak bo’lgani uchun, buyurtma qilinayotgan partiyaning o’lchami bu davrda kutilayotgan xarajat o’lchamiga ortadi. Buyurtma qilinayotgan partiya hajmi (R) quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Bu yerda: 3 max - me’yori bilan ko’zlangan maksimal zaxira;
3x-tekshirish vaqtida haqiqiy zaxira;
3t-buyurtma berish va bajarish vaqtida ishlatiladigan zaxira.
Buyurtmaning qat’iy belgilangan davr oralig’i zaxirasi holati ustidan nazorat qilish tizimining jadval modeli 17-chizmada ko’rsatilgan.
17-chizma. Zaxiralarni davr oralig’i zaxirasi holati ustidan nazorat qilish tizimining jadval
modeli
Bu yerda:
T - buyurtma qaytarilishining vaqt oralig’i - tizim uchun o’zgarmas kattalik (bu misolda 3 kun);
t - buyurtmani berish va bajarish uchun zarur bo’lgan vaqt (bu misolda - 1 kun);
R1 Rz... Ri - alohida i buyurtmaning kattaligi;
Z max - me’yor bilan ko’zlangan maksimal zaxira;
Zx - tekshirish vaqtida haqiqiy zaxira;
Zg - buyurtmani berish va bajarish uchun zarur bo’lgan 1 vaqt ichida ishlatilgan zaxira;
A - qat’iy talab bo’lgan vaqt oralig’i;
V - talab bo’lmagan vaqt oralig’i.
Zaxiralarning o’zgarishini ko’rsatuvchi chiziqlar maydonlarining og’ish burchaklari bilan tavsiflangan talab shiddatli bu modelda o’zgaruvchan kattalikdir (siniq chiziq har xil maydonlarining og’ish burchagi bir xil emasdir). Buyurtma bir xil vaqt oralig’i ichida berilgani uchun har xil oraliqdagi buyurtma qilinadigan to’dalarning hajmi ham har xil bo’ladi. Tabiiyki, bu tizimni har xil hajmdagi partiyalarni buyurtma qilish imkoniyati mavjud bo’lgan holda qo’llash mumkin (masalan, buyurtma qilingan tovar konteynerda yetkazib berilishi holatida bu tizimni qo’llash mumkin emas). Undan tashqari, agar buyurtmaning yetkazib berilishi yoki joylashtirish qimmatga tushsa, bu tizim qo’llanilmaydi. Masalan, agar o’tgan davrda talab yuqori darajada bo’lgan bo’lsa, buyurtma ham kam bo’ladi. Buni esa buyurtmani bajarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar sezilarli bo’lmagan sharoitda amalga oshirish mumkindir.
Ta’riflanayotgan tizimning xususiyati shundaki, bu tizim kamyob tovar mavjud bo’lishiga imkon beradi. Chizmadan ko’rinib turibdiki, agar talab birdaniga o’sib ketsa (ya’ni, chizma keskin pastga tushib ketsa - A maydon), zaxira buyurtmani berish muddatidan oldin tugab qoladi. Bu shuni bildiradiki, kamyob tovar ehtimolli yo’qotishlar korxona uchun sezilarli darajada bo’lmasa, nazorat tizimi qo’llanishi mumkin.
Buyurtmaning qat’iy belgilangan davr oralig’i zaxiraning holati ustidan nazorat qilish tizimi quyidagi hollarda qo’llaniladi:
- yetkazib berish sharoitlari har xil hajmda, to’dalarda buyurtmalarni olishga imkon tug’diradi;
- buyurtmani joylashtirish va yetkazib berish bo’yicha xarajatlar yuqori emas;
- ehtimolli kamyob tovar bo’lgan yo’qotishlar nisbatan katta emas.
Amaliyotda bu tizim bo’yicha bir yetkazib beruvchidan olinadigan ko’p tovarlardan birining talab darajasi nisbatan bir qator bo’lgan tovarlar, qimmatli tovarlar va hokazolarni buyurtma qilish mumkin.
Buyurtmaning qat’iy belgilangan hajmdagi zaxiralari holati ustidan nazorat tizimi. Zaxiralar holati ustidan nazoratning bu tizimida zaxiraning to’ldirilishiga buyurtmaning hajmi o’zgarmas kattalik hisoblanadi. Buyurtma berish vaqt oraliqlari bu holda har xil bo’lishi mumkin (18-chizma).
Buyurtmaning qat’iy belgilangan hajmi tizim zaxira nuqtasini aniqlash uchun qoldiqlarning uzluksiz hisobotini o’z ichiga oladi. Materiallar keng nomenklaturaning yoki savdo korxonasi uchun keng assortimentning mavjudligida tizimni qo’llashning muhim sharti ingichka chiziqli (shtrix) kodlarning avtomatlashtirilgan identifikatsiya texnologiyasining qo’llanilishi hisoblanadi.
TOSHKENT AVTOMOBIL VA YO'LLAR TEXNIKUMI
LOGISTIKA FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU: LOGISTIKA TIZIMIDA ZAXIRALARNI BOSHQARISH
Bajardi: Mirobidov Mirziyod
Tekshirdi: ________________
Do'stlaringiz bilan baham: |