Logistika” fanidan kurs ishini bajarish bo’yicha


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV



Download 304,92 Kb.
bet18/18
Sana10.06.2022
Hajmi304,92 Kb.
#652558
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
1 КУРС иши бўйича услубий кўрсатма

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh., 2021-yil 14-sentabr,
PF-6313-son

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining


qarori
Tovar-xomashyo birjalarida fyuchers savdolarini joriy qilish hamda mahsulotlarni avtotransportda tashish xizmatlarining elektron logistika savdo portalini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 14-sentabrdagi PF-6313-son Farmoni hamda “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-martdagi PQ-5031-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, birja savdolariga yangi savdo instrumentlarini, shu jumladan, tovar derivativlarini bosqichma-bosqich joriy qilish hamda mahsulotlarni avtotransportda tashish xizmatlarining to‘liq raqamlashgan shaffof navbat tamoyiliga asoslangan elektron logistika savdo portalini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ (keyingi o‘rinlarda — O‘zRTXB) bilan birgalikda birja savdolarida derivativlarni, shu jumladan, fyuchers savdolari dasturiy ta’minotini joriy qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy kompaniyalar bilan kelishuvga erishilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan O‘zRTXB bilan birgalikda mahsulotlarni yetkazib berish jarayonida to‘liq raqamlashgan shaffof navbat tizimini nazarda tutuvchi yuk tashuvchilar o‘rtasida raqobatni ta’minlaydigan elektron logistika savdo portali yaratilib, 2021-yil 1-sentabrdan ishga tushirilgan.
2. Quyidagilar tasdiqlansin:
a) quyidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi tovar-xomashyo birjalarida fyuchers savdolarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq:
fyuchers savdolarini o‘tkazish, tovarlarning bozor narxi shakllanishini ta’minlash hamda tomonlar o‘rtasida hisob-kitoblarni amalga oshirish;
fyuchers savdolarida ishtirok etish bo‘yicha birja a’zolari va ularning treyderlariga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
mijoz va birja a’zosi o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, fyuchers shartnomalari bo‘yicha kliringni amalga oshirish va shartnomalarning ijrosini ta’minlash;
fyuchers shartnomalarini tuzish va ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni hal qilish;
vakolatli organ tomonidan fyuchers savdolari jarayonida narx manipulatsiyasiga yo‘l qo‘ymaslik, fyuchers savdolari ishtirokchilari ustidan nazoratni amalga oshirish, qonunchilik hujjatlari talablari buzilgan holatlarda birja a’zolariga nisbatan choralar ko‘rish;
b) quyidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi avtotransportda yuk tashish xizmatlari bo‘yicha elektron logistika savdo portali faoliyati to‘g‘risida nizom 2-ilovaga muvofiq:
elektron logistika savdo portalida buyurtmachilar va yuk tashuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
yuk tashish bo‘yicha shartnomalar tuzishni savdolarning shaffof va raqobat tamoyillariga asoslangan holda elektron raqamli imzo orqali amalga oshirish;
savdolar jarayoni va narxlar manipulatsiyasini nazorat qilish hamda avtotransport vositalarida yuk tashishlarni monitoring va tahlil qilish bo‘yicha tegishli davlat organlari bilan axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
tuzilgan shartnomalar bo‘yicha hisob-kitoblarni oldindan zakalat to‘lovlarini kiritgan va shartnoma majburiyatlarini bajarish kafolatlarini ta’minlagan holda hisob-kitob kliring palatasi orqali amalga oshirish;
shartnoma shartlari bo‘yicha tomonlarning majburiyatlarini belgilash;
insofsiz yuk tashuvchilarni aniqlash, ularga nisbatan choralar ko‘rish va elektron logistika portalidan chetlatishni tartibga solish.
3. Belgilansinki:
2022-yil 1-yanvardan boshlab O‘zRTXBda fyuchers savdolari yo‘lga qo‘yiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tovar-xomashyo birjalarida tovar derivativlarini, shu jumladan, fyuchers savdolarini tartibga solish sohasida vakolatli organ hisoblanadi.
4. O‘zRTXBga:
fyuchers savdolarini o‘tkazish qoidalarini hamda fyuchers savdolari bo‘yicha kliringni amalga oshirish tartibini ishlab chiqish va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishgan holda tasdiqlash, shuningdek, fyuchers savdolarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha o‘quv dasturini ishlab chiqish, birja a’zolari va ularning mijozlari uchun savdolarni o‘tkazish bo‘yicha doimiy o‘quv kurslarini tashkil etish tavsiya etilsin;
birja savdolarida xorijiy kompaniyalar ishtirokini kengaytirish maqsadida norezident sotuvchi va xaridorlarning birja shartnomasi bo‘yicha to‘lovi, vositachilik yig‘imi hamda tomonlarning zakalati bilan bog‘liq birja savdo operatsiyalarini amalga oshirish uchun chet eldagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochishga ruxsat berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublikada fyuchers savdolarini ommalashtirish va yanada rag‘batlantirish maqsadida, tovar-xomashyo birjalari a’zolari tomonidan amalga oshirilgan fyuchers operatsiyalari qiymatidan kelib chiqib, mos ravishda ularning soliq bazasini kamaytirish bo‘yicha tegishli qonun loyihasini uch oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi O‘zRTXB bilan birgalikda ikki oy muddatda monopol tashkilotlar va davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari tomonidan eksportga sotilayotgan mahsulotlar bo‘yicha xalqaro yuk tashish xizmatlarini o‘rgangan holda savdolarni elektron logistika savdo portali orqali amalga oshirish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tovar-xomashyo birjalari bilan birgalikda birja savdolari qoidalarining ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-dekabr,
777-son




Download 304,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish