GLOSSARIY
«Aniq va vaqtida» — moddiy oqimlarni operativ boshqarishning axborot ta’minoti tizimi. Buyurtma kartasi «KANBAN» iste’molchi haqida to'liq axborotni o‘z ichiga oladi. Asosan, bu axborot quyidagilardan iborat bo‘ladi: detaining nomlanishi va shifri; qadoq idishlarning spetsifikatsiyasi (xususiyati), ularning turi va ularga solinadigan detallar soni; mahsulotni ishlab chiqaruvchi — uchastka va iste’molchi — uchastkalarning nomlanishi; mahsulotni ishlab chiqarish davo- miyligini hisobga olgan holda aniqlanadigan yetkazib berish vaqti. Texnologik zanjir bo'yicha har bir uchastka «KANBAN» kartasida ko'rsatilgan buyurtma bo‘yicha ishlaydi. Ishlab chiqarish ustidan nazorat muomalada bo'lgan kartalarni ro'yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |