6. l-rasm. Yak tashishni tashkil rtishainit prinsipi*! sxemasi.
rasmda yuk tashishni tashkil etishning prinsipial sxemasi keltirilgan:
— yuk hosil qiluvchi punkt;
— yuk yutuvchi punkt;
— tashish kompleksi;
AW — tashish kompleksining yuk oqimi;
Wq — transport mahsuloti;
Wg — yuk oluvchining ehtiyojlari;
Wp — tashish kompleksining reja bo‘yicha yuk o‘tkazish imkoniyati;
WK — tashish kompleksining amaldagi imkoniyati;
Oi, O2, Оз — operatorlar.
Moddiy vositalar oqimining harakatlarida xomashyoning boshlang‘ich manbalaridan tortib oxirgi iste’molchiga qadar logistik jarayonlarning kattagina qismi turli xildagi transport vositalarini qoplash bilan amalga oshiriladi.
Bu jarayonlarni bajarish uchun ketgan xarajatlar logistikaga sarflangan umumiy chiqimlarning 50%ni tashkil qiladiI.
Transport tarkibiy jihatdan ishlab chiqarish va savdo jarayon- lariga kirishib ketadi. Shu boisdan transport tarkibiy qismi logistikasining koplab vazifalarida ishtirok etadi.
Shu bilan birgalikda logistikaning yetarli ravishda mustaqil bo'lgan transport sohasi mavjud bo lib, moddiy vositalar oqimining harakatlanishida ishlab chiqarish omborlari bilan bevosita bog‘- lanmagan holda transport jarayonlarining ishtirokchilari o'rtasida kelishmasdan ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Transport kompleksidagi texnik birikishlar transport vositalarining ayrim turlari ichida ham ko'rsatkichlarining muvofiq- lashiivxni bildiradi. Bu muvofiqlashuv uzoq masofalarga tashishi, konteynerlar va yuk o‘ramlari bilan ishlash imkoniyatlarini beradi.
Texnologik birikish yagona transportda tashish texnologiyasini, bevosita yuklash va tushirish, tushirib yuklanmaydigan yo‘nalish- laridan foydalanish imkoniyatlarini yaratadi.
Iqtisodiy birikish bu bozor vaziyatini tadqiq etishning umumiy uslubiyati bo‘lib, tarif tiziminmg shakllanishidir.
Birgalikdagi rejalashtirish yagona reja jadvallarini ishlab chiqish va qo‘llashni bildiradi.
Transport logistikasining vazifa'ariga quyidagilar kiradi:
transport tizimlarini barpo etish, shu jumladan, transport yo'laklarini va transport zanjirini tashkil qilish;
transport-ombor jarayonlarining yagona texnologik birligini la’minlash;
transport jaravonlarini ombor va ishlab chiqarish bilan birgalikda rejalashtirish;
transport vositalarining turlarini tanlash;
yuk tashishning qulay vo‘nalishlarini aniqlash va h.k.
«Transport tarmoqlari va kommunikatsiyani rivojlantirish
masalalari respublikaning geografik joylashuvi, dengizga chiqish imkonining yo‘qligi, avtomagistrallar qurilishini ustuvor, istiqbolli va hayotiy ahamiyatga ega masalalaridan biri qilib qo‘yadi. Kommunikatsiya tarmoqlari rivojlanmasa, 0‘zbekistonning kelajagi ho'lmaydi. Biz buni aniq anglab olishiiniz kerak»I.
Mamlakatimiz temir yo‘l transport tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. «Tosh- guzar — Boysun — Qumqo‘rg‘on» yangi temir yo‘l liniyasida Vaponiya kapitali ishtirokida 5 ta ko‘prik foydalanishga topshirildi.
«Navoiy — Uchquduq — Sulton — Uvaystog4 — Nukus» temir yo‘l liniyasining 6 ta yangi razyezdi ishga tushirildi. Temir yo‘llami clektrlashtirish, temii yo‘1 lokomotivlari parki va harakatdagi larkibni yangilash loyihalarini amalga oshirish ishlari boshlandi.
Bugungi kunda Navoiy viloyatida tashkil etilayotgan erkin mdustrial-iqtisodiy zonaning asosiy obyektlaridan biri sifatida Navoiy shahri aeroporti bazasida xalqaro tashishlar bo‘yicha inter- modal markaz qurilishi amalga oshirildi.
Masalan, 2012-yil mobaynida «Korean Eyr» kompaniyasidan milliy aviakompaniyamiz ijaraga olgan zamonaviy transport samolyotlari bilan ushbu aeroportdan xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha 330 dan ortiq reys amalga oshirildi va qariyb 8,5 ming tonna yuk tashildi. Bu Navoiy shahri aeroportini global logistika tarmog‘iga integratsiyalash imkonini berdi.
Angren shahrida mamlakatimiz hududlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlari o‘rtasida yil davomida kafolatli transport aloqasini ta’minlaydigan Xalqaro logistika markazi qurilishi yakunlandi va foydalanishga topshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |