3.4-rasm. Moddiy oqimlarni boshqarishning tortib olish tizimi.
Korxona 10 dona mahsulot ishlab chiqarishga buyurtma oldi deb faraz qilaylik. Bu buyurtmani boshqaruv tizimi yig‘ish sexiga jo‘natdi. Yig'ish sexi buyurtmani bajarish uchun 1-sexdan 10 ta detal so‘raydi. 0‘zining zaxirasidan 10 ta detal berib, l-sex zaxirani to'ldirish maqsadida 2-sexdan 10 ta yarimtayyor mahsulotga buyurtma beradi. 2-sex esa 10 ta yarimtayyor mahsulotlarni jo‘natib, xuddi shu miqdordagi yarimtayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun xomashyo omboridan materiallarga buyurtma beradi, bu ham zaxirani to‘ldirish maqsadida amalga oshiriladi. Shunday qilib moddiy oqim har bir keyingi sex tomonidan «tortib olinadi». Ushbu tizimlar yapon korxonalarida ishlab chiqarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |