Klassifikatorlar - umumdavlat, tarmoqli, regional va lokal klassifikatorlarga bo’linadi.
Umumdavlat klassifikatori xalq xo’jaligi masshtabidagi barcha rekvizitlar va ko’rsatkichlar belgilashlarining ma’nosini qamrab oladigan klassifikatorlar to’plamidir.
Tarmoq klassifikatori shu tarmoq masshtabida (vazirlik, idora, boshqarma) regional-biron bir katta hudud chegarasida (respublika, viloyat, shahar, tuman), lokal klassifikatori esa korxona va muassasa ramkasida olib boriladi.
Hozirgi paytda bir qancha umumdavlat va tarmoqli klassifikatorlar ishlab chiqarilgan. Misol uchun xalq xo’jalik tarmoqlari, korxona va tashkilotlar, sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari, shaharlar klassifikatori va boshqa ko’p klassifikatorlarni aytish mumkin.
Axborotlarni tasniflash uni kodlashtirish uchun sharoit yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |