Ta’lim (o‘qish) ni boshqarish tizimi–o‘quv faoliyatini boshqarish tizimining asosi (inglizcha Learning Managment System) bo‘lib, umumiy kirish huquqini ta’minlaydigan o‘quv on-line materiallarni shakllantirish, boshqarish va tarqatish uchun qo‘llaniladi. Kurs yaratuvchisi uchun vizual o‘quv muhitida ta’lim berish ketma – ketligi asosida materiallar osonlik bilan yaratiladi. Tizim tarkibiga turli ko‘rinishdagi individual materiallar, kichik guruhlarda ishlash uchun loyihalar va barcha talabalar uchun mazmundor hamda kommunikativ komponentalarga asoslangan o‘quv elementlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |