MO ga jalb qilinuvchi kontingentni quyidagi ijtimoiy guruhlarga mansub bolgan shaxslar tashkil qilishi mumkin:
ikkinchi oliy yoki qoshimcha malumot olish, malaka oshirish va qayta tayyorgarlik otash istagida bolganlar;
mintaqaviy hokimiyat va boshqaruv rahbarlari;
ananaviy talim tizimining imkoniyatlari cheklanganligi sababli malumot olaolmagan yoshlar;
oz malumot maqomini zamonaviy talablar darajasiga kotarish istagida bolgan firma va korxonalar xodimlari;
ikkinchi parallel malumot olishni xohlagan tinglovchilar;
markazdan uzoqda, kam ozlashtirilgan mintaqalar aholisi;
erkin kochib yurishi cheklangan shaxslar;
jismoniy nuqsonlari bolgan shaxslar;
harbiy xizmatda bolgan shaxslar va boshqalar.
Masofadan oqitish tashkiliy iqtisodiy afzalliklarga ham ega. Masofadan oqitish uchun talabalar uchun auditoriyalar, yotoqxonalar zarur emas. Masofadan oqitishda moliyaviy hujjatlar asosan oquv uslubiy materiallar tayyorlash uchun, maxsus auditoriyalar uchun sarflanadi. Bu harajatlarning asosiy qismi bu jarayonni tashkil etish bosqichida sarflanadi. Keyinchalik moliyaviy harajatlar kamayadi. Shuning uchun ham talabalar sonini oshishi bilan oqish narxi ham pasayadi. Masofadan oqitishda asosiy etiborni oquv uslubiy materialarni tayyorlashga qaratish darkor. Chunki oquv uslubiy materiallarning sifati Masofadan oqitish sifatining eng asosiy omillaridan biridir.
Ushbu uslubning koplab afzallik tomonlari borligi kopchilikka ayon. Barcha oliy oquv yurtlarida masofadan oqitish texnika va texnologiyasini amalga oshirish borasida qator ishlar olib borilmoqda. Axborot texnologiyalarni rivojlanishi masofadan oqitishni tashkil etishga yangicha yondashuvni taqozo etadi. Masofadan oqitishni tashkil etishni hozirgi zamon modellarining asosida kommunikatsiya va tarmoq texnologiyalari yotadi. Ushbu texnologiyalar axborotdan foydalanuvchilarga keng qamrovli yol ochib berish bilan birga ularni muhofaza etish muammosini keltirib chiqaradi.
Masofadan oqitishda oqituvchi bilan tinglovchining orasida togridan-togri muloqotning yoqligi ham bazi muammolarni keltirib chiqaradi. Masalan, muammoli oqitish jarayonini tashkil etishda malum qiyinchiliklar paydo boladi. Tinglovchini yetuk mutaxassis qilib tayyorlashda muammoli oqitishni tashkil etish muloqotni telekonferensiya orqali amalga oshirish mumkin. Ammo, bu bilan muammoni tola hal etib bolmaydi.
Ushbu muammoni hal etish uchun qoshimcha oquv materiallarni ishlab chiqish lozim boladi. Bular qatorida turli darajadagi muammoli topshiriqlar, muammoli vaziyat hosil qiluvchi korsatmalar va hokazolar bolishi maqsadga muvofiq.
-
Grafik talim guruhi
|
|
Dasturchilar guruhi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |