Qisqа хulosаlаr IS-LM modeli tovar va pul bozorlarining o‘zaro aloqalarini va har ikki bozorda birgalikda muvozanat o‘rnatilishi mexanizmini izohlovchi modeldir. IS egri chizig‘i tovar va xizmatlar bozorida paydo bo‘ladigan daromadlar darajasi va foiz stavkasining kombinatsiyalarini ko‘rsatadi. IS egri chizig‘ining har bir nuqtasida tovar pul bozorida muvozanat tarkib topadi. LM egri chizig‘i o‘zgarmas narxlar sharoitida pul vositalari bozorida vujudga keladigan foiz stavkasi va daromadlar darajasining kombinatsiyalarini ko‘rsatadi. LM egri chizig‘ining har bir nuqtasida pul bozorida talab va taklif o‘zaro teng bo‘ladi. IS va LM egri chiziqlarining kesishuv nuqtasi har ikki bozor uchun muvozanat nuqtadir. Bu nuqtada asosiy makroiqtisodiy ayniyat iste’mol, investitsiya, sof eksport va pulga talab funksiyalari tengligini to‘liq qanoatlantiradi. Model unda IS va LM egri ichiziqlarining holati aks ettiradigan makroiqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib makroiqtisodiy siyosat usullarning qay birini qo‘llash, yoki ularni muvofiqlashtirish masalalarini hal etish imkonini beradi.