Lizingni hisoblash. Fiksatsiya qilingan to‘lov summasi usuli



Download 17,05 Kb.
Sana19.04.2022
Hajmi17,05 Kb.
#562121
Bog'liq
lizingni hisoblash


Lizingni hisoblash.


Fiksatsiya qilingan to‘lov summasi usuli. Agar lizing to‘lovlari bir tekis amalga oshirilayotgan bo‘lsa, to‘lovlar summasi murakkab foiz formulasi asosida aniqlanadi:
Tt = K × P/[l – l/(l + P)].
Bunda:
T – lizing bo‘yicha to‘lovlar summasi, so‘mda;
K – lizingga beriladigan asosiy vositalarning qiymati, so‘mda; P – to‘lov vaqtigacha foiz stavkasi, birlik ulushlarida; t – to‘langan to‘lovlar soni, birlikda.
Misol. Lizingga beriladigan asosiy vositalarning qiymati 100 ming so‘m. Lizing muddati – 8 yil. Foiz stavkasi (komission to‘lovlarni hisobga olgan holda) – yillik 10 %. Lizing bo‘yicha to‘lovlar bir xil summada yiliga 2 marta amalga oshiriladi.
To‘lovlarni to‘lash soni: t = 8 × 2 = 16.
Yarim yilga foiz stavkasi. P = 10/2 = 5 % yoki 0,05.
To‘lovlar summasi:
T = 100 × 0,05/[l – l/(l + 0,05)] = 9,23 so‘m.
8 yil ichida lizingni qabul qiluvchi lizing fi rmasiga 147,7 ming so‘m to‘laydi (16 × 9,23).


Avans usuli. Bunda lizingni qabul qiluvchi lizing shartnomasini tuzayotganda lizingni amalga oshiruvchiga avans to‘laydi. Avans summasi ayirilib tashlangan lizing to‘lovlarining qolgan qismlari (birinchi usulga o‘xshagan) lizing shartnomasining amal qilish muddati davomida hisoblanadi va to‘lab beriladi.


Minimal to‘lovlar usuli. Bu usul bo‘yicha lizing uchun to‘lovlar quyidagi formula asosida bajariladi:
T = A + K + M + K1 + S.
T – lizing to‘lovlarining umumiy summasi;
A – lizing mulki bo‘yicha amortizatsiya chegirmalari;
K – lizingni amalga oshirgan tomondan kredit resurslarini ishlatganligi uchun to‘lovlar, so‘mda;
M – lizing shartnomasi bo‘yicha lizingni amalga oshiruvchi tomonidan taqdim etilgan mulk uchun komission mukofotlar, so‘mda;
K1 – shartnoma asosida lizingni amalga oshiruvchi tomonidan lizingni qabul qiluvchiga taqdim etiladigan qo‘shimcha xizmatlar qiymati.
S – qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS), so‘mda.
Misol. Lizingga beriladigan jihozning qiymati 400 ming so‘m. Lizing muddati – 2 yil, amortizatsiya normasi – 15 %, kredit uchun foiz – yillik 20 %. Shartnoma bo‘yicha kelishilgan stavkadagi lizingni amalga oshiruvchining komission mukofotlari – 4 % (jihozlarning yillik qiymati bo‘yicha) lizingni amalga oshiruvchi lizingni qabul qiluvchiga jihozlarni eltib berish, montaj qilish va xodimlarni o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha 10 ming so‘mlik xizmat ko‘rsatadi. 20 % QQS stavkasi.
Yillik amortizatsiya chegirmalari summalari. A = 15 % × × 400 = 60 ming so‘m.
Lizingni amalga oshiruvchi tomonidan kredit resurslaridan foydalanganligi uchun to‘lov quyidagicha hisoblanadi:
Lizingning birinchi yili – yil boshida jihozlarning qiymati 400 ming so‘m va yil oxirida 340 ming so‘m (400–60).
Kredit resurslarining o‘rtacha yillik qiymati: (400 + 340) : 2 = 370 so‘m.
To‘lov: K=20 % * 370 = 74 ming so‘m.
Lizingning 2-yili. Kredit resurslarining o‘rtacha yillik qiymati: (340 + (340 – 60)) : 2 = 310 ming so‘m.
To‘lov: K = 20 % × 310 = 62 ming so‘m.
Komission mukofotlarning yillik summasi: M = 4 % × 400 = 16 ming so‘m.
Qo‘shimcha xizmatlar uchun yillik to‘lov. K = 10 : 2 = 5 ming so‘m.
Lizingning birinchi yili, yillik tushum (K + M + K), 74 + 16 + 5 = 95 ming so‘m.
Lizingning ikkinchi yili yillik tushum (K + M + K), 62 + 16 + 5 = 83 ming so‘m.
QQS = 20 % × 83 = 16,6 ming so‘m.
Lizing to‘lovining summasi (yig‘indisi): lizingning birinchi yili:
T = 60 + 74 + 16 + 5 + 19 = 174 ming so‘m.
Lizingning ikkinchi yili.
T = 60 + 62 + 16 + 5 + 16,6 = 159,6 ming so‘m.
Download 17,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish