Pul birligi
Lebanese Pound (
LBP
)
Vaqt mintaqasi
UTC
+2
• Yoz (
DST
)
UTC
+3
Qisqartma
LE
Telefon prefiksi
961
Internet domeni
.lb
Davlat tuzumi
Tabiati
Aholisi
Livan hududida odam quyi va yuqori paleolit davridan, oʻtroq xalq miloddan avvalgi 5-ming
yillikdan yashaydi; 3— 2 ming yilliklarda qad. Livan hududida finikiyaliklarning shahar-davlatlari
Bibl (
Jubayl
), Tir (
Sur
), Sidon (Saydo), Berit (Bayrut) va boshqa vujudga keldi. Ular miloddan
avvalgi 8—4-asrlarda Ossuriya, Bobil, Axomaniylar davlati va makedoniyalik Aleksandr qoʻl
ostida boʻlib keldi. Miloddan avvalgi 2-asrdan Livan hududi Salavkiylar saltanati tarkibida va
miloddan avvalgi 64-yildan Rim xukmronligida boʻldi. Milodiy 4—6-asrlarda Livan Vizantiya
imperiyasi tarkibiga kirdi. 7-asr boshida Livanni sosoniylar, keyinroq arablar egalladi. 7—11-
asrlarda Livan bir necha sulola qoʻl ostida boʻldi.
Livan 11-asr oxirida salibchilar, 13-asrdan 16-asr boshlarigacha
Misr
mamluklari hukmronligida
boʻldi. 1516-yil Livan Hududi Usmonli turk saltanati tarkibiga kirdi. 17-asrda amir Faxriddin II
butun Livan ni birlashtirdi. 1697-yildan Livan Shihobiylar sulolasi qoʻl ostiga utdi. 18-asr oxiri, 19-
asr boshlarida hukmronlik qilgan amir Bashir II Shihobiy Livanni markazlashtirish siyosatini
qoʻlladi. U mamlakatni
Turkiya
hukmronligidan ozod qilish niyatida Misr hukmdori Muhammad Ali
bilan ittifoqtuzdi. 1861-yil iyunda xalqaro komissiya (
Fransiya
,
Buyuk Britaniya
,
Avstriya
,
Prussiya
,
Rossiya
, Turkiya) ishlab chiqqan nizomga muvofiq, mamlakat rasman Livan nomini oldi.
19-asrning 50—70-yillarida Livan arab maʼrifatchilik harakati markazlaridan biriga aylandi.
19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Livan Gʻarbiy
Yevropa
davlatlarining yarim mus-tamlakasiga
aylandi; 1918-yil oktabrda Angliya va Fransiya qoʻshinlari Livanni bosib oldi. 1922-yil Livanga
Fransiya man-dati Millatlar Ligasi tomonidan tasdiqlandi. 1926-yil mayda qabul qilingan
konstitutsiyaga muvofiq, Livan respublika deb eʼlon qilindi. Biroq Fransiya uning tashqi aloqalari
va mudofaasi ustidan nazoratni oʻz qoʻlida saqlab qoldi.
1936-yilnoyabrda milliy ozodlik harakati tazyiqi ostida Fransiya hukumati bilan Livan oʻrtasida
Livanga 3 yildan keyin mustaqillik berish toʻgʻrisida shartnoma tuzildi. Shartnomaga binoan,
Fransiya Livan hududida oʻz qurolli kuchlarini saqlash, Livan tashqi siyosati va ichki ishlariga
aralashish huquqiga ega boʻldi, fransuz reaksiyasining aralashuvi bilan Livan ga mustaqillik berish
haqidagi shartnoma tasdiqlanmay qoldi.
Ikkinchi jahon urushi boshida Fransiya taslim boʻlgach, 1940-yil Livan Italiya bilan Germaniyaning
Yaqin Sharqdagi tayanch nuqtasiga aylandi. 1941-yil 8-iyunda "Ozod Fransiya" harakati va ingliz
qoʻshinlari Suriya va Livanga bostirib kirdi. Fransiya qoʻshinlarining bosh qoʻmondoni general
Katru Fransiya mandatini bekor qildi, 26-noyabrda u Livan milliy ozodlik harakati talabiga javoban
Livan ga mustaqillik berish haqidagi bayonotni tasdikladi. Biroq Livan 1943-yil 22-noyabrdagina
haqiqiy mustaqillikka erisha oldi. 1945-yil Livan Arab davlatlari Ligasi tuzilishida ishtirok etdi va
shu yili BMTga aʼzo boʻldi.
Tarixi
Ikkinchi jahon urushidan keyin ham Fransiya Livanda oʻz hukmronligini saqlab qolishga urinib, bir
qancha tadbirlar koʻrdi, biroq Livan hukumati bu mavzuda muzokara oʻtkazishdan bosh tortdi.
Buyuk Britaniya va Fransiya oʻz qoʻshinlarini 1946-yil 31-dekabrda Livan hududidan olib chiqib
ketishga majbur boʻldi.
Livan hukumati 1967-yil iyunda Isroil tajovuziga duchor bulgan Misr va boshqa arab davlatlariga
oʻz xayrixoxligini bildirdi va Yaqin Sharkdagi siyosiy ziddiyatlarni tinch yul bilan hal qilish
toʻgʻrisidagi BMTning 1967-yil 22-noyabr rezolyusiyasini maʼqulladi. 1968-yildan Livan hududida
Falastin qarshilik harakati yuzaga keldi. Oʻsha yili Livanga qarshi Isroil tajovuzi boshlandi.
Natijada Livan, ayniqsa, uning janubiy hududlari qattiq zararlandi. 1970-yil 17-avgustda
parlament S. Franjyeni prezidentlikka sayladi. Soyib Salom hukumat rahbari boʻldi. Livanning
yangi hukumati betaraflik siyosatini ilgari surdi va milliy iqtisodiyotni mustahkamlashga,
mehnatkashlarning turmush darajasini yaxshilashga vaʼda berdi, biroq vaʼdani bajarish oʻrniga
demokratik huquq va erkinliklarni cheklashga harakat qildi; bu hol ish tashlash va namoyishlar
boshlanishiga sabab boʻldi (1972-yil oxiri — 1973-yil boshlari). 1975-yil apreldan Livanda keskin
siyosiy tanglik vujudga keldi. 1975—76 yil Livandagi xristian va musulmon qoʻshinlari oʻrtasida
qurollir mojaro boshlandi. Oʻng xristian kuchlar Livanda turgan Falastin qarshilik harakati askarlari
bilan, soʻngra musulmonlar bilan qurolli toʻqnashuv chiqardilar. Mamlakat ikkiga boʻlinib qoldi.
Arablararo kuchlar (salkam 35 ming askar) Livanga kiritilgandan keyin urush harakatlari toʻxtadi.
1978-yil Isroil qoʻshinlari Livanga bostirib kirdi.
BMT
Xavfsizlik Kengashining 425-qaroriga
binoan, BMT Muvaqqat kuchlari mamlakat janubga ki-ritildi. Isroilning 1982-yil tajovuzi natijasida
Livan hududining anchagina qismi 1985-yil gacha egallab turildi. Isroil Livan janubda 10 km ga
yaqin kenglikdagi "Xavfsizlik mintaqasi"ni ishgʻol qilib turdi. 1989-yilda mamlakatda yana qurolli
mojaro chikdi. Arab mamlakatlari uchlar qoʻmitasi (Jazo-ir, Saudiya Arabistoni, Marokash)ning
faol ishtirokida va xalqaro kuchlarning madadi bilan Livan milliy inoklik hartiyasi ishlab chiqildi.
Toif bitimi deb atalgan bu hujjatda dav-lat boshqaruv idoralarini shakllantirishning diniy
belgilaridan asta-sekin voz kechish koʻzda tutilgan. Shu asosda 1992 va 1996-yillarda
parlament saylovi oʻtkazildi. Tashki siyosatda Livan ijobiy betaraflik, bloklarga qoʻshil-maslik
siyosatiga amal qiladi.
Livan Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 30-dekabrda tan oldi va 1998-yil 22-
oktabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 22-noyabr — Mustaqillik kuni
(1943).
Arab sotsialistik uygʻonish partiyasi, 1950-yilda umumarab
Baʼs partiyasining
boʻlimi sifatida
tuzilgan; Katoib (yoki Livan falanglari) partiyasi, 1936-yilda asos solingan; Taraqqiyparvar
sotsialistik partiya, 1949-yilda tuzilgan; Milliy blok, 1943-yilda tuzilgan; Milliy liberal partiya
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari
(Erkin vatanparvarlar partiyasi), 1958-yilda asos solingan; Livan kommunistik partiyasi, 1924-
yilda tuzilgan. Livan mehnatkashlari umumiy konfederatsiyasi, 1958-yilda asos solingan.
Livan — agrar-industrial mamlakat. Livan iqtisodiyotining asosi bank-moliya faoliyati, savdo va
sayyohlik. Yalpi ichki mahsulotda xizmat sohasi, savdo, moliya 50,3%, sanoat va qurilish 17,8%,
qishloq xoʻjaligi 9,8% ni tashkil etadi.
Sanoati, asosan, toʻqimachilik, oziqovqat, kimyo va farmatsevtika, yogʻochsozlik, neftni qayta
ishlash korxonalaridan iborat. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Livanda xunar-mandchilik
korxonalari, Tarobulus ash-Shom va Saydoda neftni qayta ishlash zavodlari mavjud. Sement,
metallurgiya, metallni qayta ishlash va kimyo sanoati korxonalari, ip gazlama kombinati, kand-
shakar zavodi bor. Yiliga oʻrtacha 4,7 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi.
Qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining 30% band boʻlib, milliy daromadning 10% hosil
qilinadi. Bugʻdoy, arpa, tamaki ekiladi, banan, sitrus, zaytun, sabzavot, olma va boshqa mevalar
yetishtiriladi. Qoramol, echki, qoʻy, parranda boqiladi, baliq ovlanadi.
Livan chetga sitrus mevalar, gazlama, qogʻoz, metall buyumlar chiqaradi; chetdan mashina va
uskunalar, yogoch-taxta, oziqovqat, xom ashyo keltiradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari:
Saudiya Arabistoni va boshqa arab mamlakatlari, Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari, AQSH. Pul birligi
— Livan funti.
Avtomobil transporti yetakchi oʻrinda. Avtomobil yoʻllari uz. —7,4 ming km; temir yoʻl uz. —
417 km. Livan hududidan Saudiya Arabistoni va Iroqdan keluvchi neft quvurlari oʻtgan. Dengiz
savdo flotining tonna-ji 438 ming t dedveyt. Dengiz portlari: Bayrut, Tarobulus ash-Shom,
Saydo,
Juniya
. Bayrutda aeroport bor.
Vrachlar Livandagi Amerika universiteti tibbiyot fanlar fakulteti tarkibidagi Oliy tibbiyot maktabi
va Fransiya universitetining tibbiyot fakultetida tayyorlanadi. Livanda tibbiy xizmat tizimi
asosan xususiydir.
Iqtisodiyoti
Transporti
Tibbiy xizmati
Maorifi, madaniy-maʼrifiy muassasalari
1960-yildan davlatga karashli boshlangʻich maktablarda bepul oʻqitish joriy etilgan. Birok, oʻquv
muassasalarining yarmidan koʻprogʻi xususiy. Maorif tizimi 5 yillik boshlangich, 4 yillik toʻliqsiz
oʻrta va 3 yillik oʻrta maktablardan iborat. Hunar-texnika bilim yurtlari, ped. oʻquv muassasalari
mavjud. Bayrutda 4 ta universitet: Livan universiteti (1953), Amerika universiteti (1866),
Fransiya avliyo Iosif universiteti (1881), Arab universiteti (1960); Juniyada xususiy universitet
(1950) bor. Livan milliy ku-tubxonasi (1921), universitetlar huzurida yi-rik kutubxonalar, Livan
milliy muzeyi (1920), Nafis sanʼat muzeyi, Amerika universiteti muzeyi mavjud (hammasi
Bayrutda).
Livanda bir qancha gazeta va jurnallar nashr etiladi. Yiriklari: "Al-Amal" ("Harakat", arab tilida
chikadigan kundalik gazeta, 1939-yildan), "AlAnba" ("Xabar", arab tilidagi haftalik gazeta, 1953-
yildan), "Al-Anvar" ("Hyp", arab tilidagi kundalik gazeta, 1959-yildan), "Al-Bayroq" (arab tilidagi
kundalik gazeta, 1912-yildan), "Ad-Diyor" ("Vatan", arab tilidagi haftalik gazeta, 1941-yildan),
"An-Nahor" ("Kun", arab tilidagi kundalik gazeta, 1933-yildan), "An-Nido" ("Chaqiriq", arab tilidagi
kundalik gazeta, 1959-yildan), "Oryan-jur" ("Sharq kuni", fransuz tilidagi kundalik gazeta, 1971-
yildan), "Revey" ("Uygʻonish", fransuz tilidagi kundalik gazeta, 1908-yildan), "As-Sayyod" ("Ovchi",
arab tilidagi haftalikjur., 1943-yildan), "At-Tariq" ("Yoʻl", arab tilidagi oylikjur., 1941-yildan), "Al-Us
bua-al-Arabi" ("Arab haftasi", arab tilidagi haftalik jurnal, 1959-yildan), "Ash-Shaab" ("Xalq", arab
tilidagi kundalik gazeta, 1961-yildan). Milliy axborot agentligi Livan hukumat axborot
mahkamasi boʻlib, 1962-yilda tashkil etilgan. Livan radioeshittirish xizmati hukumat
qaramogʻida, 1937-yilda asos solingan. Livan telekoʻrsatuv kompaniyasi tijorat
telekompaniyasidir (1959).
7-asrdan Livan adabiyoti umumarab adabiyoti bilan birga rivojlandi. Turklar hukmronligi davrida
madaniyat, xususan, adabiyot turgʻunlikda boʻldi. 19-asrda Livanda Misr, Suriya va boshqa arab
mamlakatlaridagi singari maʼrifatchilik gʻoyalari keng yoyildi, publitsistika asosiy janr boʻldi,
tarjimachilik rivojlandi (
Nosif al-Yozijiy
,
Butrus al-Boʻstoniy
va boshqalar). 19-asr 2-yarmi — 20-
asr boshlarida Livan adabiyotida maʼrifatparvarlik goyalari yanada kuchaydi. Birinchi jahon urushi
arafasida Livan adabiyoti taraqqiyotining yangi bosqichi boshlandi: xalqning orzu-umidlarini
ifodalovchi va hayot kamchiliklarini tanqid qiluvchi oqim shakllandi. Umar Faxuri, Tavfiq Yusuf
Avvod va boshqa yozuvchilar Livan adabiyotida oʻzlarining haqqoniy asarlari bilan tanildilar.
Ikkinchi jahon urushi yillari va urushdan keyingi davrda Umar Faxuri, Antuan Tobit va Rauf al-Huriy
tomonidan tashkil etilgan "At-Tariq" jurnalda Livanning taraqqiyparvar yozuvchilari faol
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi
Adabiyoti
qatnashdilar. Livan adabiyoti va davriy matbuotida fashizmni, mustamla-kachilikni, ijtimoiy
tengsizlikni fosh qilish yetakchi oʻrinni egalladi.
Yozuvchi va filolog Morun Abbudning "Kichik bahodirlar", "Qogʻozdagi siyoh" kabi hikoyalar
toʻplamlari dehqonlar turmushiga va Livan yoshlarining taqdiriga bagʻishlangan. Arab
mamlakatlari ijtimoiy va siyosiy hayotining murakkab tomonlari bir qator qissa, novella, poema
va boshqa larda oʻz aksini topgan. Keyingi yillarda Livan adabiyotida yozuvchilarning yosh avlodi
katta eʼtibor qozondi. Shoirlardan Al-Xuri, S. Akd, nasrchi S. Idris, Livan Baalbeki mumtoz
adabiyot anʼanalarini davom ettirdi.
Livanda miloddan avvalgi 5—4-ming-yilliklarga mansub toshdan qurilgan mudofaa inshootlari,
turar joylarning qoldiqlari topilgan. Mamlakatga arablar kelgach (7-asr), masjid, minora, Madrasa,
karvonsaroylar kurila boshladi. 12-asrda salibchilar tomonidan Bofor qasri, monastirlar,
cherkovlar bunyod etilgan. Usmonli turk saltanati hukmronligi davrida toʻrk meʼmorligi taʼsiri
kuchaydi. Livan mustaqillikka erishgach, shaharlar taʼmirlanib, koʻp qavatli turar joylar, kinoteatr,
maktab, klinikalar qurildi. Mahalliy anʼanalar davom ettirildi, ravoqli, peshtoqli yirik bynolar
qurishda koʻproq temirbetondan foydalanila boshladi.
Miloddan avvalgi 5—4-ming yilliklardan naqshin sopol idishlar, 3—2-ming yilliklardan Finikiya
sanʼati asarlari — shoh Axiram tosh tobutidagi qabariq tasvir va yozuvlar, zargarlik buyumlari,
qurol-yarogʻ saqlanib kalgan. Asrlar davomida binolarga oʻymakorlik va naqsh ishlangan. 19-asr
oxiri va 20-asr boshlarida H. Su-rurning hayotiy portret va natyurmortlari, X. Salibiyning koʻtarinki
ruxdagi kartinalari mashhur boʻldi, ularning ijodi keyingi rassomlarga katta taʼsir koʻrsatdi. 30—
40-yillarda realistik yoʻnalish yetakchi oʻrinni egalladi. 50—60-yillarda formalistik oqimlarning
taʼsiri kuchli boʻldi (rassomlardan S.Baltekse, P.Kirakosyan, I.Shamut, haykaltarosh Yu.Xoayek va
boshqa realistik anʼanalarni davom ettirdilar). Plakat, karikatura, kitob bezash taraqqiy etdi.
Amaliy sanʼatda qadama naqsh, metall va yogʻoch buyumlarga sayq-al berish, kandakorlik,
kashtadoʻzlik, gilam toʻqish va boshqa rivoj topgan.
Musiqasi — qadimgi boʻlib, johiliya davridan birmuncha murakkab cholgʻu kuylar va qoʻshiq turlari
shakllangan. Ayniqsa, badaviylarning rechitatsiyali — shargi va dabka nomli jadal surʼatli raqs
kuylari ommalashgan. Keyinchalik dialogli atoba, kasbiy yoʻnalishdagi maqam uslubiga mansub
Meʼmorligi
Tasviriy sanʼati
Musiqasi
murakkab asarlar rivoj topdi. Bayrutda Milliy konservatoriya, uning huzurida kamer orkestr bor.
1956-yilda Livan musiqachi yoshlar jamiyati tuzilgan. U boshlangʻich musiqiy taʼlim, konsertlar
uyushtirish bilan shugʻullanadi. 1966-yil Bayrutda joylashgan Amerika universiteti tarkibidagi Oliy
sanʼatshunoslik maktabi huzurida musiqashunoslik boʻlimi tashkil etilgan. Livan xalq
qoʻshiqlarining ommalashuvida ashulachi Feyruzning hissasi katta. 1966-yildan boshlab har yili
oʻtkaziladigan Baʼlabakka festivallari Livan musiqiy hayotida muhim ahamiyatga ega.
Marosim, bayram va boshqalarda qadimdan turli tomoshalar koʻrsatilgan, lekin teatr truppalari
20-asrning 2-yarmidangina paydo boʻldi. Qiziqchi artist Shushu tashkil etgan Milliy teatrda
Molyer, Shekspir, Gyote va boshqalarning asarlari qoʻyildi. Bayrutdagi Livan drama teatrida jahon
mumtoz adabiyoti namoyandalarining asarlari bilan bir qatorda mahalliy mualliflarning pyesalari
ham sahnalashtirilgan. Pyesalar arab, fransuz va ingliz tillarida qoʻyiladi. Livandagi teatrlar
xususiy boʻlib, davlatdan moddiy yordam olmaydi. Bayrutda 1965-yil ochilgan Milliy va Bayrut
teatrlari, Baʼlabakka festivali teatri (1968) va boshqa teatrlar mavjud.
Birinchi badiiy film 1929-yil suratga olingan. "Baʼlabakka haro-balari ostida" nomli badiiy film,
kinojur.lar va hujjatli filmlar 20-asrning 30-yillarida chet el firmalari buyurtmasi bilan suratga
olingan. 60-yillarda "Baʼlabakka", "Niyer ist sa-und", "Alasriy" kinostudiyalari tashkil topdi. Keyingi
yillarda "Salom, muhabbat!" (rejissyor M. Salmon), "Shayton arava" (rejissyor J. Kan), "Qayrilgan
qanotlar" (rejissyor Yu. Maʼluf), "Gung va muhabbat" (rejissyor A. Bahriy) kabi filmlar
tomoshabinlar diqqatiga sazovor boʻldi.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Teatri
Kinosi
Manbalar
Soʻnggi tahrir 5 oylar avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Livan&oldid=2402995
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |