Atama, tayanch tushuncha va nomlar. Faraz, litosfera plitalari, platforma, relyef, vertikal siljishlar, gorizontal harakatlar, ichki va tashqi kuchlar.
Geografik obyektlar
Platolar: Yevrosiyo, Hind-Avstraliya, Shimoliy Amerika va boshqalar; okeanlar: Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz; yirik relyef shakllari: tabiiy xaritadagi tog' va tekisliklar.
Fanlararo aloqa: tarix, botanika, biologiya, adabiyot, san’at, kimyo
Darsning borishi:
I. TASHKILIY QISM:
a) salomlashish;
b) madhiya va qo’shiq kuylash;
d) mustaqilligimizning muhim sanalari va she’riy daqiqalar;
№
|
Darsning borishi
|
Vaqti
|
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
|
O’tilgan mavzuni yakunlash
|
3 daqiqa
|
|
Yangi darsning bayoni
|
15 daqiqa
|
|
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
|
3 daqiqa
|
|
Guruhlar ishini yakunlash va baholash
|
5 daqiqa
|
|
Uyga vazifa berish
|
2 daqiqa
|
|
Jami:
|
45 daqiqa
| O`qituvchi davomat oladi va o’tilgan mavzu yuzasidan savol –javob qiladi. Savollarga tog’ri javob berganb o’quvchilar ballar bilab rag’batlantirib boriladi. So’ngra
yangi mavzuni boshlaydi.
Yangi mavzuning borishi:
O`qituvchi:
Litosfera (yunoncha „litos" — tosh, qattiq, „sfera" — qobiq) Yer po'sti va yuqori mantiyaning bir qismini egallaydi. Qalinligi 200 km. Yer po'sti bilan yuqori mantiya oralig'idagi chegarani 1914- yilda yevropalik olim Moxorovichich aniqlagan. Yer po'sti tuzilishi va qalinligiga ko'ra ikki tipga bo'linadi. Yer po'stining kontinental tipi materiklarda tarqalgan bo'lib, tekisliklarda 35—40 km, yosh tog'larda 55—70 km qalinlikka ega. Pomir va Hindikushda 60—70 km, Himolay tog'larida 80 km ga boradi. Kontinental yoki materik po'sti cho'kindili, granitli va bazaltli qatlamlardan tuzilgan.
Yer po'stida platforma va geosinklinal hududlar ajraladi. Platformalar Yer po'stining o'ta mustahkam qismlari bo'lib, tog' burmalanishlari, kuchli zilzila va vulkan harakatlari kuzatilmaydi. Ularga Sharqiy Yevropa, Turon, Sibir va boshqa platformalar tegishli. Platformalar tekisliklarga to'g'ri keladi. Geosinklinal mintaqalar Yer po'stining o'ta serharakat joylari: ularga kuchli zilzilalar, harakatdagi vulkanlar, tog' burmalanishlari xos. Tinch okean „olovli halqasi", O'rta dengiz — Himolay, Sharqiy Afrika, Markaziy Amerika geosinklinal mintaqalari Yer po'stining eng faol qismlaridir.
Okean po 'sti 5—10 km qalinlikka ega. So'nggi tadqiqot ishlari natijasida bazaltli qatlamdan pastda joylashgan va qalinligi 3,5—5 km bo'lgan magmatik jinslar borligi aniqlandi. Demak, okean po'sti ham uchta qatlamdan tuzilgan. Lekin unda granitli qatlam uchramaydi.
Litosfera okean tubida 50—60 km gacha, quruqliklarda 100—200 km gacha qalinlikka ega. Litosfera Yer po'stining yirik yaxlit bo'laklari — plitalaridir. Ular materik va okean tublarini O'rta okean tizmalariga qadar egallaydi. Yettita yirik (6 ta materik va bitta Tinch okean) va oltita kichikroq litosfera plitalari ajratilgan. Litosfera plitalarining to'qnashish qismlari juda faol bo'lib, yosh togTar, harakatdagi vulkanlar, zilzilalar bo'lib turadi.
Litosfera plitalari nima sababdan gorizontal siljiydi degan savolga olimlar javob topishdi. Aniqlanishicha, Yer po'sti bilan mantiya oralig'idagi astenosfera (yunoncha „astenos" — kuchsiz) qatlamining yumshoq va elastik holatdagi moddalardan tuzilganligiga bog'liq ekan. Deyarli barcha vulkan o'choqlari ham astenosferaga to'g'ri kelishi aniqlandi. O'rta okean tizmalarida litosfera plitalari mantiyadan chiqayotgan moddalarning halqasimon harakati hisobiga bir-biridan uzoqlashadi. Natijada ular orasida yangi okean po'sti hosil bo'ladi va kengaya boradi (4- rasm). Tog'larning paydo bo'lishi, harakatdagi vulkanlar, zilzilalar litosfera plitalarining tutashish, ya'ni to'qnashgan chegaralariga to'g'ri keladi.
Relyef (yunoncha, ko 'tarilamari) yer yuzasining kattaligi, kelib chiqishi, yoshi va rivojlanish tarixi turlicha boigan shakllaridir. Yer yuzasidagi barcha relyef shakllari ichki va tashqi kuchlarning hosilasidir. Asosiy relyef shakllariga tog' va tekisliklar misol bo'ladi. Tog'lar quruqlikning 40% ini, tekisliklar esa 60% ini egallaydi.
Yer shari quruqligining eng past nuqtasi — 405 m ga (O'lik dengiz), eng baland nuqtasi 8848 m ga (Jomolungma yoki Everest) teng. Shularni hisobga olib, barcha relyef shakllarini mutlaq balandligiga ko'ra quyidagicha taqsimlash mumkin. Dengiz sathidan past — cho'kma va botiqlar (0 metrdan past), pasttekisliklar (0 metrdan 200 m gacha). Agar relyef shakli katta maydonlami egallasa va 0 metrdan past bo'lsa ham pasttekislik deb atash mumkin. Masalan, Kaspiybo'yi pasttekisligi — 28 m past. Tekislik 200—500 m, qir-adirlar va past tog'lar 500— 2000 m, o'rtacha balandlikdagi tog'lar 2000—3000 m, baland tog'lar 3000—5000 m, eng baland tog'lar 5000 m dan balandliklarda joylashadi. Bular quruqlikning asosiy relyef shakllari hisoblanadi.
Okeanlar tubining relyefi ham murakkab tuzilishga ega. Mate-riklarning deyarli 35% i dengiz va okean suvlarining tagida'joylash-gan. Ular tekis yuzali dengiz sayozligiga (shelfga) to'g'ri keladi va 200 m chuqurlikka qadar davom etadi. Undan pastda qiyaroq materik yonbag'ri yoki batial (yunoncha, chuqur) 3000 m gacha, abissal (yunoncha, tubsiz) 6000 m gacha va okean botiqlari (6000 m dan chuqur) mintaqalari joylashgan. Okean tubi relyefida uzluksiz davom etadigan (uzunligi 60 ming km) O'rta okean tizmalari, vulkanik tog'lar, cho'kmalar, tekislik — havza, soylik va platolar mavjud.
DARS YAKUNI:
O`qituvchi o`tilganlarni mustahkamlab o`quvchilarga mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar beradi.
Savol va topshiriqlar
1. Materik Yer po'stining o'rtacha qalinligi necha kilometr?
a) 40-50 km;
b) 35—55 km;
d) 35—70 km;
e) 40—70 km.
2. Tektonik harakatlar nima?
a) vulkan otilishi, zilzilalar;
b) tog'larning ko'tarilishi va yemirilishi;
d) yerning ichki kuchlari ta'sirida Yer po'stida ro'y beradigan barcha harakatlar;
e) materiklar siljishi, geosin-klinallar.
3. Past tog'larga mos javobni toping:
a)500-600 m li tepaliklar;
b) 1000 m; d) 1000—2000 m;
e) 1500 m; f) 2000 m.
4. Tekisliklarga qanday joylar tegishli?
a) Yer yuzasining 0—100 m boigan joylari;
b) Yer yuzasining 200—500 m bo'lgan joylari;
d) 0 m dan past joylari;
e) 500 m dan baland joylari.
Uyga vazifa:
1. Gidrosferaning tarkibiy qismlarini geografiya daftaringizga yozing.
2. Atlas va darslikdagi xaritalardan okeanlar, yirik dengiz, ko`l va daryolar nomlarini yozuvsiz xaritaga yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |