Troposfera - geografik qobiq tarkibiga to’la kiradi va Yerning ta’sirida
isiydi. Troposferaning qalinligi o’rta hisobda 10 – 11 km. bo’lib, u havoning Yer
yuzasida isishi natijasida hosil bo’ladigan ko’tarilma oqimning balandligi bilan
belgilanadi. Havo ekvatorial o’lkalarda 16–17 km.gacha, mo’’tadil o’lkalarda 10–
11 km.gacha, qutbiy o’lkalarda 7–8 km.gacha ko’tariladi. Troposferaning yuqori
chegarasi ana shu balandliklardan o’tadi.
Troposferada atmosfera massasining 80%i to’plangan. Yerning tortish kuchi va
gazlar qisilishi tufayli havo Yer yuzasida yukorida aytganimizdek, juda zich
bo’ladi. Shuning uchun quyi besh kilometrlik qatlamda atmosfera massasining
50%i to’plangan.
7
Havoning Yer yuzasidan qaytgan issiqlik hisobiga isishi troposferada
ko’tarilma va pastlama havo oqimlarini vujudga keltiradi. Bunday oqimlar
konvektiv oqimlar deb ataladi. Konvektiv oqimlarining yo’nalishi (yuqori va past),
ularning kechish sur’ati vaqt va makonda ancha tez o’zgarib turadi. Natijada Yer
yuzasi yaqinida murakkab va o’zgarib turadigan barik tizim, ya’ni yuqori va past
bosim hududlari vujudga keladi
.
Troposferada havoning xarakati natijasida turli tezlikda esadigan shamollar
vujudga keladi. Troposferada bulutlar hosil bo’lib, yog’inlar yog’adi.
Troposfera issiqlikni Yer yuzasidan oladi. Tirik mavjudotlar, nurash jarayoni,
yotqiziqlarning hosil bo’lishi va boshqa jarayonlar atmosferaning gaz tarkibini
tashkil qiladi. Ob-havo va iqlimni vujudga keltiradigan barcha jarayonlar shu yerda
sodir bo’ladi.
Atmosferaning Yer yuzasiga yaqin qismida ekvatorda harorat o’rtacha 26
0
S,
shimoliy qutbda esa – 23
0
S ni tashkil qiladi. Yuqoriga ko’tarilgan sari havoning
7
Strahler, Alan H, “Introducing physical geography”, 93-94 bet (mazmun-mohiyatidan foydalanildi)
adiabatik sovishi natijasida xarorat har 100 m balandlikda 0,6
0
S dan (har bir
kilometr balandlikda 6
0
S dan) pasaya boradi va troposferaning yuqorigi
chegarasida ekvator ustida –70
0
S gacha, shimoliy qutb ustida –45
0
dan –65
0
S
gacha pasayadi. Havoning qutblarga nisbatan ekvator tepasida ko’proq sovib
ketishi bu yerda havoni baland ko’tarilishi sabab bo’ladi.
Tropopuaza troposfera bilan stratosfera oralig’ida joylashgan. Qalinligi 1 km
atrofida. Havoning konvektiv oqimlari tropopuazadan yuqoriga ko’tarilmaydi.
Tropopuaza mo’tadil mintaqada 8 km. balandlikdan o’tadi, ekvator ustida esa 16 –
18 km yuqorida joylashadi. Uning balandligi fasllar bo’yicha o’zgarib turadi.
Yozda qishdagidan balandroq, siklonlarda pastroq, antitsiklonlarda balandroq
bo’ladi. Tropopuaza bir xil havo massalari ustida aniq namoyon bo’ladi. Havo
frontlari ustida esa bir tomonga oqqan va bo’lingan bo’ladi
8
.
Do'stlaringiz bilan baham: |