11.3 Shakl hosil qilish operatsiyalari.
Egish- zagotovkani qismlari orasidagi burchaklarning o’zgartirish yoki chiziqli o’lchamlarini o’zgartirmasdan egik buyum hosil qilish (11.2-rasm, a). Bunday holga keltirish uchun, metall puanson tomondan ichki qatlamlari siqilishi natijasida zagotovkaning bo’ylama yo’nalishda o’lchamlari qisqartiriladi va ko’ndalangiga biroz cho’ziladi (11.2 rasm).
Cho’zilish deformatsiyasidan siqilish deformatsiyasiga o’tish neytral qatlam 4 da sodir bo’ladi, uning uzunligi ishlov beriladigan zagotovkaning uzunligiga teng bo’lib qoladi. Murakkab shaklli zagotovkaning ishlov beriladigan qismining uzunligini aniqlash uchun tekis va dumaloq bo’laklarning neytral qatlamlari hisoblab uzunligini qo’shiladi.
11.2-rasm, Zagotovkani egish (a) va list egish pressida egish jarayoni (b). 1- puanson, 2-zagotovka, 3-matritsa. 4- neytral qatlam
11.3-rasm, Egish jarayoni. 1-ishlov beriladigan qismning asl shakli; 2-4 - oraliq pozitsiyalar: 5 – jarayon tugashi.
Egishdan so’ng, elastik qaytish tufayli, metall orqaga qaytadi. Shuning bilan birga, ularning o’lchamlari biroz o’zgaradi.
Qaytish (prujineniya) qiymatlari materialning xossalariga va holatiga, uning qalinligi, detalning shakli va burilish radiusiga bog’liq. Masalan: kalibrlashsiz erkin egishda 0.8 mm qalinlikdagi yumshoq po’latlarni nisbatda qaytish burchagi β = 4° , munosabatda β = 6° qabul qilingan. Qattiq po’latlarni egishda β esa mos ravishda 7-120 ga
teng.
11.4-rasm, a- matritsalar,b-puansonlar.
Egish sodir bo’ladigan egilishlarni yo’nalishiga va ketma-ketligiga qarab quyidagilarga bo’linadi:
-egilish - ishlov beriladigan zagotovkaning egriligini oshirish,
-kengayish - uning egriligini kamaytirish
-tekislash - ishlov beriladigan qismning egriligini nolga kamaytirish
-qayta egish-egrilikni to’g’rilaganidan so’ng zagotovka egish.
Quyidagi rasmda egish operatsiyasi yordamida olingan detallar keltirilgan.
.
11.5-rasm. Egish yo’li bilan olingan detallar.
Botiltirish- yassi zagotovkadan kovak buyumlar hosil qilish (11.6-rasm, b).
Bort qayirish- yassi zagotovkani sirtqi konturi bo’ylab bort hosil qilish(11.6-rasm, v).
Bort chiqarish- teshik konturi bo’ylab bort hosil qilish (11.6-rasm, d,e).
Bo’rttirish (shakl berish)- havol zagotovka ichidan teng taqsimlangan kuch ta’sir ettirish yo’li bilan uning shakli va o’lchamlarini o’zgartirish (11.6-rasm, j).
Siqish-havol zagotovka ochiq uchiing perimetrini kichraytirishdir (11.6-rasm, z). Bir o’tishda d = (0,7-0,8)D munosabatni olish mukin. Keyinchalik qizdirib ketma-ket operatsiyalar bajarish bilan kichikroq diametrli bo’yin olish mumkin.
11.6-rasm. Shakl hosil qilish operatsiyalari. Egish (a), botiltirish (b), bort qayirish (v, g). bort chiqarish (d, e), bo’rttirish (shakl berishb j), siqish(z).
Do'stlaringiz bilan baham: |