“O’jar” nomli hikoyada atigi uchta personaj qatnashadi. Qutbiddinov, Zargarov va o’quvchi Suyar. Ularning har biri o’ziga xos nutq induvidualligiga ega. Yozuvchi qahramonlariga “ikki tanqidchi” degan izohdan boshqa ta’rif bermaydi. Ikki tanqidchi suhbatda shaxmat o’yinining zarari, yoshlar tarbiyasi, adabiyot to’g’risida fikr almashadi. Suhbatning har bir mazmunida g’irt savodsizligi ayon bo’ladi. Masalan, shaxmat o’yini haqida ko’p gap ketar ekan. Qutbiddinov o’zining bundan bir necha yil muqaddam Bobojonov bilan o’ynab, raqibi shohni olib qo’ysa ham o’yinni davom ettirib uni yutganligini aytib maqtanadi. O’zining mahoratiga tan bergan Qutbiddinov “Shundan beri o’ynamaydigan bo’lib ketdim. Xo’sh ana qoldirdim, nima bo’pti?” deydi. Zargarov unga hamdardlik bildirishi shart. “Shuni ayting poyezdda qolibdimi?” deydi. Bu yerda uning gapi Zargarovni bilimsizligini bildiradi. Bunday xarakterdagi misollar yozuvchining har bir hikoyasida ko’plab uchraydi. Adib hikoyalarining birinchi iborasini o’qishimiz bilan “Endi nima bo’ladi?” degan savol tug’iladi. San’atkor esa bu savolga javob berishga shoshilmaydi. Masalan : “Niso buvi eri o’lib ikkita yosh bolasi bilan qoldi” (“Boshsiz odam”). Taqdirda qanday bo’lar ekan? “Ot munkib ketib o’ngagi bilan shag’alga qadaldida, og’anab bir necha qadidaga o’la qoldi” “O’jar” nomli hikoyada atigi uchta personaj qatnashadi. Qutbiddinov, Zargarov va o’quvchi Suyar. Ularning har biri o’ziga xos nutq induvidualligiga ega. Yozuvchi qahramonlariga “ikki tanqidchi” degan izohdan boshqa ta’rif bermaydi. Ikki tanqidchi suhbatda shaxmat o’yinining zarari, yoshlar tarbiyasi, adabiyot to’g’risida fikr almashadi. Suhbatning har bir mazmunida g’irt savodsizligi ayon bo’ladi. Masalan, shaxmat o’yini haqida ko’p gap ketar ekan. Qutbiddinov o’zining bundan bir necha yil muqaddam Bobojonov bilan o’ynab, raqibi shohni olib qo’ysa ham o’yinni davom ettirib uni yutganligini aytib maqtanadi. O’zining mahoratiga tan bergan Qutbiddinov “Shundan beri o’ynamaydigan bo’lib ketdim. Xo’sh ana qoldirdim, nima bo’pti?” deydi. Zargarov unga hamdardlik bildirishi shart. “Shuni ayting poyezdda qolibdimi?” deydi. Bu yerda uning gapi Zargarovni bilimsizligini bildiradi. Bunday xarakterdagi misollar yozuvchining har bir hikoyasida ko’plab uchraydi. Adib hikoyalarining birinchi iborasini o’qishimiz bilan “Endi nima bo’ladi?” degan savol tug’iladi. San’atkor esa bu savolga javob berishga shoshilmaydi. Masalan : “Niso buvi eri o’lib ikkita yosh bolasi bilan qoldi” (“Boshsiz odam”). Taqdirda qanday bo’lar ekan? “Ot munkib ketib o’ngagi bilan shag’alga qadaldida, og’anab bir necha qadidaga o’la qoldi”
Ko’rinib turadiki, hikoyalarni boshlanishida o’quvchida yuqoridagi savol va his-hayajon paydo bo’ladi. Bu fazilat Abdulla Qahhorning hikoyalaridagina hos emas. Adibning roman va qissalari ham ana shunday tugundan boshlanishi e’tiborni tortadi. Aslida Abdulla Qahhor faqat mavzu tanlash, g’oya va obraz yaratish borasidagina emas, balki uni tuzatish ham o’ta injiq va talabchan ijodkor bo’lgan. Uning bitta so’zni tuzatish uchun butun sahifani qayta ko’chirgani K.Qahhorova, Said Ahmad va boshqalarning xotiralaridan ma’lum.
Do'stlaringiz bilan baham: |