Lipidlar almashinuvi


Lipidlarning sinflarga bo`linishi



Download 0,99 Mb.
bet3/4
Sana31.05.2022
Hajmi0,99 Mb.
#622426
1   2   3   4
Bog'liq
lipidlar

Lipidlarning sinflarga bo`linishi

  • Lipidlarni kimyoviy tarkibiga ko`ra ikki guruhga : oddiy va murakkab
  • yog`larga bo`lish mumkin. Oddiy lipidlarning ko`pchiligi ikki komponentli
  • bo`lib, spirtlarning yog` kislotalar bilan hosil qilgan murakkab efirlardir. Ularga
  • yog`lar, mumlar (o`simliklarda) va steridlar kiradi.
  • Murakkab lipidlar ko`p komponentli bo`lib, ularning tarkibida yog`
  • kislotalar va spirtlardan tashqari azot asoslari, fosfat kislota va uglevodlar qoldig`i
  • uchraydi. Ularga fosfolipidlar, glyukolipidlar, diol- va ornitinolipidlarni
  • (mikroorganizmlarda) kiritish mumkin.

Oddiy lipidlar Yog`lar

  • Yog`lar tabiatda keng tarqalgan bo`lib, hozirgi vaqtda ularning 600 dan
  • ortiq turlari aniqlangan. Yog`lar kimyoviy jihatdan individual moddalar bo`lmay,
  • ularning tarkibida ko`p atomli spirt - glitserinning yog` kislotalar bilan hosil
  • qilgan murakkab efirlari mavjuddir. Ularni atsilglitserinlar yoki neytral lipidlar
  • deyiladi. Ularning umumiy formulasi quyidagicha ifodalanadi
  • Нayvonlar yog`i ko`proq to`yingan yog` kislotalarga, o`simliklarniki esa
  • to`yinmagan yog` kislotalarga boy bo`ladi. Uy haroratida hayvon lipidlari qattiq
  • holda bo`lib, ularni yog`lar, o`simliklarniki esa suyuq holda bo`ladi, ularni moylar
  • deb ataladi. To`yinmagan kislotalar ichida biologik jihatdan eng muhimlari linol,
  • linolen, araxidon va linol kislotalar bo`lib, ular hayvonlar va odam organizmida
  • sintezlanmaydi. Shuning uchun ular almashmaydigan yog` kislotalar deb ataladi
  • va vitaminlar qatoriga kiritiladi.
  • Glitserin tarkibidagi yog` kislotalarining har xil bo`lishi, ularning rangi,
  • mazasi bir xil bo`lmasligiga sabab bo`ladi. Ularning rangi ajratib olingan
  • ob'ektga, agar hayvon yog`i bo`lsa, oziqlanish sifatiga bog`liq bo`ladi. Masalan,
  • qo`y yog`ining rangi oq, mol yog`i sarg`ish va hokazo. Ularning gidrolizlanishi ishqor ishtirokida borsa glitserin hosil bo`lib, yog`
  • kislotalarining ishqoriy metallar bilan hosil qilgan tuzi - sovundir.
  • Ma'lumki, yog` kislotalari kimyoviy jihatdan bir-biriga qarama-qarshi ikki
  • xususiyatga ega. Bir tomoni bosh qismi qutblangan, suvda eruvchan, ikkinchi
  • oxiri "dum" tomoni qutblanmagan, suvda erimaydiganlardan tashkil topgan.
  • Demak, yog` kislotalari bir vaqtda suvda eriydigan va erimaydigan
  • uglevodorodlardan tashkil topgan. Ular suv satxida monomolekulyar qatlamni
  • tashkil qilib, suvga karboksil tomoni botgan bo`lib, tashqarida esa uglerod za njiri
  • bo`ladi.
  • Suv sathidagi yog` kislotalarining monomolekulyar qatlami suvning sirt
  • tarangligini bo`shashtirib, "yuvish" va "ho`llash" xususiyatini oshirib yuboradi.
  • Sovunning ta'sirini shu asosda tushuntirish mumkin. Agar NaOH o`rniga KOН
  • bo`lsa, suyuq sovun hosil bo`ladi. Shunday jarayonni sovunlanish deyiladi. Suyuq
  • yog`larni qattiq yog`larga aylantirish (margarin ishlab chiqarish) vodorodni
  • biriktirib olish reaksiyasiga asoslanadi. Bu jarayon sanoatda gidrogenlanish deb
  • ataladi.
  • Yog`larning sifati va xususiyatini aniqlashda turli xil konstantalardan
  • (kislota soni, sovunlanish va yodlanish sonlari) foydalanish mumkin. Yod soni
  • 100 gr yog` biriktirib olgan yodning gramm miqdori bilan ifodalanadi. Yog`ning
  • yod soni qanchalik yuqori bo`lsa, uning tarkibidagi to`yinmagan yog` kislotalari
  • ham shunchalik ko`p bo`ladi. Sovunlanish soni - 1 gr yog`ni neytrallash uchun
  • sarf bo`ladigan KOH ning milligram miqdori. Bu ko`rsatkich yog`larning ishqorli
  • gidrolizida hosil bo`ladigan yog` kislotalar miqdorini ko`rsatadi.
  • Нayvonlardagi va odamdagi zaxira yog` miqdori organizmning yoshiga,
  • ovqatlanish darajasiga, muhitiga va boshqa omillarga bog`liq.
  • Protoplazmatik, ya'ni strukturali yog`lar hujayra protoplazmasi tarkibiga
  • kirib, oqsil hamda boshqa moddalar bilan murakkab komplekslar hosil qiladi va
  • muhim biologik vazifalarni bajaradi. Ularning miqdori ovqatlanish darajasiga
  • bog`liq emas.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish