TIZIMLI DASTURIY TAMINOT. LINUX OPERATSION TIZIMI Linux operatsyon tizimining qisqacha tarixi Bu opеratsion tizim 1991 yil Xеlsinkidagi univеrsitеtlardan birida tahsil oluvchi talaba Linus Torvaldsning dissеrtatsiya ishi natijasida, UNIX opеratsion tizimi asosida yangi opеratsion tizimi sifatida yuzaga kеldi. Avvaliga Torvalds yangi operatsion tizimni Freax (inglizcha "free", "freak" so'zlari hamda UNIX oilasiga mansubligini bildiruvchi "X" harflari birlashmasi) deb atamoqchi edi. Biroq kernel birinchi bor joylashtirilgan FTP serverning administratori hamda Torvaldsning do'sti Ari Lemka kernelga tegishli jildni linux deb nomladi. Shu-shu bu operatsion tizim ushbu nom bilan atala boshlandi. Opеratsion tizim Intеrnеt tarmog'iga joylashtirishi natijasida tеz orada o'z foydalanuvchilari va muxlislariga ega bo'ldi va ko'pgina dasturchi(programmist)larni o'ziga jalb qilishi Linux opеratsion tizimining kеskin rivojlanishi uchun katta omil sifatida xizmat qildi. Linus Benedikt Torvalds (Linus Benedict Torvalds - 1969 y. tug'ilgan) Finlyandiya poytaxti Xelsinki universiteti kompyuter fanlari fakultetining talabasi bo'lib, professor Tanenbaum kitobini sotib olgan. "Tasoddifiy inqilobchining hikoyasi" xotiranomasida Linus: "Kirish qismini o'qiganimdayoq, Yuniks mohiyatiga tushunib, uni qudratli, mustahkam va go'zal operatsion tizim ekanligiga iqror bo'lganman, hamda o'sha zahotiyoq Yuniks ishlay oladigan kompyuter sotib olgim kelgan," - deb yozadi. Linus Benedikt Torvalds (Linus Benedict Torvalds - 1969 y. tug'ilgan) Finlyandiya poytaxti Xelsinki universiteti kompyuter fanlari fakultetining talabasi bo'lib, professor Tanenbaum kitobini sotib olgan. "Tasoddifiy inqilobchining hikoyasi" xotiranomasida Linus: "Kirish qismini o'qiganimdayoq, Yuniks mohiyatiga tushunib, uni qudratli, mustahkam va go'zal operatsion tizim ekanligiga iqror bo'lganman, hamda o'sha zahotiyoq Yuniks ishlay oladigan kompyuter sotib olgim kelgan," - deb yozadi.
1991 yili Linus bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan Intel 80386 protsessori asosida yangi kompyuter sotib oladi. Kompyuterga Miniks operatsion tizimini o'rnatib, miriqib bir oy o'rganadi, lekin foydalanish jarayonida unda tizimning ishlashiga juda ko'p shikoyatlar paydo bo'ladi. Ulardan asosiysi masofadan ishlab ma'lumot kirituvchi terminal qismidir. Bu qism yordamida Linus uyidan universitet kompyuteriga ulanib, yangiliklar o'qimoqchi bo'lgan. Bu muammoni yechish uchun yosh xaker o'zining terminali, shaxsiy dasturini yozishga kirishadi. U Miniks tizimiga tayanmagan holda, kompyuterning apparat qismlariga muvofiq yangi, mustaqil dastur yaratadi. Modomiki, yana, fayllarni universitetdan uyga tortib olmoqchi bolganligi sababli, yo'l-yo'lakay yangi fayl tizimini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |