Siz ishonmaysiz, jiddiy va mustahkam Yuniks tarixi Ken Tompson (Ken Thompson) tomonidan yozilgan, kichik bir o'yindan boshlangan ekan. Bu fikrni tushunish uchun o'tmishga nazar tashlash kerak. Uzoq 1964 yilda GE-645 rusumli kompyuter uchun yangi "Multiks" ( Multics) nomli operatsion tizimni yaratish ustida ishlar boshlangan ekan [2]. Loyihaning tashabbuschisi "Bell laboratories" kompaniyasi bo'lib, unga yordamchi "Jeneral Elektrik" mashhur kompaniyasi va Massachuset Texnologik Intstituti(MTI) bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |