Lingvokulturologiyaning tadqiqot obyekti, predmeti, maqsadi vavazifalari



Download 274,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana21.04.2020
Hajmi274,3 Kb.
#46317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-1

1.Muqobilsiz leksika va lakunalar. Har qanday til yoki dialektda boshqa tilga bir so'z 

bilan  tarjima  qilib  bo'lmaydigan  so'zlar  mavjud  bo'ladi.  Bunday  so'zlarga 

muqobilsiz leksika deyiladi. Muqobilsiz leksika muayyan xalq madaniyatiga xos 

hodisalarni  aks  ettiradi.  U  ko'pincha  mahalliy  xalqqa  xos  pul,  masofa-uzunlik 

birliklari, 

ro'zg'or 

ashyolari, 

kiyim-kechak, 

yegulik-ichkilik 

va 


h.k. 

tushunchalarni anglatadigan so'zlardan tarkib topadi. Muqobilsiz leksika boshqa 

tilga o'zlashtirilganda ularga ekzotik leksika (ekzotizmlar) deyiladi. Ekzotizmlar 

va  etnografizmlar  o'zga  madaniyatning  ramzi  sanaladi.  Jumladan,  spiker,  kriket, 



shilling- Angliya; yaylov, qishloq, ariq, dehqon, cho'l 

O'rta  Osiyo;  sakura,  geysha,  ikebana,  sake  -  yapon  madaniyatining  belgilarini 



assotsiatsiyalaydi. O'zbek madaniyatining belgilarini palov, patir, sumalak, ko'rpacha, 

belbog' (belida belbog'i bor), do'ppi (do'ppisi osmonda, do'ppi tor) va h.k. so'zlarda ko'rish 

mumkin. 


Muqobilsiz  leksikani  boshqa  tilga  tarjima  qilib  berish  o'zini  oqlamaydi. 

Shuning uchun uni transliteratsiya yo'li bilan talqin etish maqsadga muvofiqdir. 

                                                           

2

  Пименова  М.В.,  Кондратьева  О.Н.  Концеатуальные  исследования.  Введение:  учебное 



пособие. -М.: Флинта, 2011. 


"Amerika  Qo'shma  Shtatlari  "dollar"ining,  ingliz  "funt  sterling"ining,  nemis 

"marka"siyu  hind  "rupiya"sining,  afg'on  "afg'oniy"sining  transliteratsiya 

qilinmasdan, o'zbek "so'm"i bilan almashtirib qo'yilishi, AQSh "brendi"si, ingliz 

"viski"si,  nemis  "shnapse"sining  rus  "vodka"si  orqali  talqin  etilishi  ingliz 

boshiga  "shlyapa"  o'rniga  o'zbek  "do'ppi"sini,  egniga  "palto"  yoki  "plashch" 

o'rniga "to'n" yoki "yaktak" kiygizib qo'yish bilan baravar"

3



Bir tildagi so'z boshqa tilda muqobilini topa olmagan o'rinlarda har doim 



lakuna hodisasi voqelanadi. Lakunalar (lot. lacuna - bo'shliq, chuqurlik, cho'nqir 

joy) - matnda bo'sh qolgan, tushib qolgan joy, "tilning semantik xaritasidagi oq 

dog'lar"dir

4

.  Muqobilsiz  leksika  singari  lakunalar  ham  tillarning  qiyosida 



seziladi.  Masalan,  ingliz  tilida  "yurist,  advokat"  ma'nosini  anglatgan  lawyer 

so'zidan  boshqa  advokatlik  kasbining  turli-tumanligini  ifodalaydigan  attorney 

"vakil",  barrister  "oliy  sudlarda  ishtirok  etish  huquqiga  ega  bo'lgan  advokat", 

solicitor  "mijozlarga  va  tashkilotlarga  maslahat  beruvchi;  quyi  sudlarda  ishtirok 

etish  huquqiga  ega",  counser'yuriskonsult",  counsellor  "maslahatchi",  advocate 

"oliy darajadagi advokat" (Vyelikobritaniya, 1978). O'zbek va rus tillarida qayd 

qilingan ifodalarga faqat bir advokatso'zigina muqobil bo'ladi. 




Download 274,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish