Lingvokulturologiyaning asosiy tushunchalari Erkinova Marhabo
lingvo-
kulturologiya
ento-
lingvistika
madaniyat-
shunoslik
etnopsixo-
lingvistika
sotsio-
lingvistika
lingvo
mamlakat-
shunoslik
Lingvistika
Madaniy sema – so‘zga nisbatan kichikroq va universalroq bo‘lgan semantik birliklar, semantik belgilar.
Masalan, palov, do‘ppi o‘choq so‘zlaridagi quyidagi madaniy semalarni ajratish mumkin: palov – guruch, sabzi, go‘sht, piyoz va yog‘ solinib tayyorlanadigan o‘zbek milliy taomi; do‘ppi - avra-astarli ko‘pincha qavima, pilta urilgan to‘garak yoki to‘rtburchak shaklidagi o‘zbeklarning milliy bosh kiyimi; o‘choq – ichiga o‘t yoqiladigan, ovqat pishirish uchun ustiga qozon o‘rnatiladigan qurilma.
Madaniy fon - ijtimoiy fon va tarixiy hodisalarni ifodalaydigan nominativ birliklarning tavsifi
Masalan, Daqqiyunusdan qolgan 1 Odam atodan qolgan “ juda eski, qadimgi”, jamalak o‘rtoq “bolalikdagi dugona”)
Madaniy konsept - mavhum tushunchalarning nomlari bo‘lgani uchun bu yerda madaniy informatsiya signifikatga, ya’ni tushuncha yadrosiga biriktiriladi
Madaniy meros - madaniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan madaniy boyliklarning informatsiyalarning berilishi.
Madaniy an’analar - ijtimoiy va madaniy merosning qimmatli unsurlari majmuyi
Madaniy jarayon – madaniyat hodisalarini tizimga aloqador bo‘lgan unsurlarning o‘zaro ta’siri.
Submadaniyat (lotincha: sub — „ost“ va madaniyat) jamiyatshunoslik, antropologiya va madaniyatshunoslik atamasi boʻlib, jamiyat madaniyatining keskin farqlanuvchi bir qismini anglatadi. Submadaniyat ichida oʻziga xos kiyinish, jargon, hatti-harakat va boshqa madaniy normalar boʻlishi mumkin.[1][2] Submadaniyatlar milliy, demografik, professional, geografik va boshqa asoslarda shakllanishi mumkin.[3] Bundan tashqari yoshlar orasidagi submadaniyatlar alohida ajratiladi.
Mentallik va mentalitet tushunchalari.
Mentallik - milliy xarakterning intellektual ma’naviy va iroda xususiyatlarini o‘zida birlashtiradigan, ona tili kategoriyalari va shakllaridagi dunyoqarashning ko‘rinishi.
Mentalitet - (nemischa mentalitat “lot. mens, mentis - aql-idrok) jamiyat, millat va jamoa yoki alohida shaxsning tarixiy tarkib topgan tafakkur darajasi, madaniy salohiyati, ularning hayot qonuniyatlarini tahli etish kuchi, muayyan ijtimoiy sharoitlaridagi aqliy qobiliyatlari.
Lingvomadaniy konsept
Rus tilshunosligida konsept tushunchasi XX asrning birinch choragida faylasuf S.Askoldov tomonidan ilmiy muomalaga kiritiladi. S.Askoldovning qarashicha, konseptlar vositasida turli millat vakillari muloqotga kirishadi, shunga ko‘ra, konseptlarni yaratish va idrok qilish ikki tomonlama kommunikativ jarayon hisoblanadi.
Konsept tushunchasi
XX asrning birinchi choragida konsept haqida mulohazalarga tanqidiy yondashiladi. Faqat 80-yillarga kelib, bu terming ehtiyoj qayta paydo bo‘ladi. Yu.Stepanov o‘zining tadqiqotlarida mentall shakllanishning mohoyatini ochishga harakat qilib, konsept so‘zining etimologiyasiga murojaat qiladi. Konsept lotin tilidagi conseptuc - “tushuncha” so‘zining kalkasidir.
Konseptning kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya, shuningdek, adabiyotshunos fanlaridagi izohi o‘zaro farqlanadi. Ushbu termin tilshunoslikda o‘tgan asrning 80-yillariga qadar tushuncha so‘ziga sinonim sifatida ishlatilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib uning izohi tushuncha terminiga nisbatan kengayganini ko‘rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |