Lingvistik terminlar lug‘ati: Muammo va istiqbol



Download 249 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.02.2022
Hajmi249 Kb.
#308480
Bog'liq
lingvistik terminlar lugati muammo va istiqbol



Inomiddinov Husniddin
Lingvistika (dariy tili) mutaxassisligi 
2-kurs magistranti
Ilmiy rahbari: f.f.n., dots Alimova X.Z. 
LINGVISTIK TERMINLAR LUG‘ATI: 
Muammo va istiqbol 
Terminologik lug„atlar muayyan mutaxassislik sohasidagi aloqalar 
muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun yaratiladi. Ilmiy fikr umuman olganda 
terminologiya sohasida turg„un holatda bo„lmaydi. Ilmiy maktablarning yangi 
g„oya va qarashlari yangi terminlarni vujudga keltiradi. Shu o„rinda ularning 
lug„atlashishi zarurati tug„iladi. Maqolada quyida lingvistik lug„atlar misolida 
mazkur qonuniy jarayonni tahlil qilib chiqamiz:
1.
Марузо Ж. “Словарь лингвистических терминов”. – М., 1960. 
2.
Вахека Й. “Лингвистический словарь Пражской школы”. – М., 1964. 
3.
Хемпа Э. “Cловарь американской лингвистической терминологии”. 
– М., 1964.
4.
Бернштейн С. И. “Словарь фонетических терминов”. – М., 1966. 
5.
Розенталя Д.Э., Теленковой, М. А. “Словарь-справочник лингвисти- 
ческих терминов”. – М., 1985.
6.
Шаталова Т.И. “Англо-русского идеографического словарь”. – М., 
1994. 
7.
Васильевой Н. В. , Винаградова В. А. , Шахнарович А. М. “Краткий 
словарь лингвистических терминов”. – М., 1995. 
8.
Кубрякова Л.С. “Краткий словарь когнитивных терминов”. – М., 
1997. 
9.
Булахов М. Г. “Опыт исторического словаря русской лингвистичес- 
кой терминологии”. – Минск., 2002. 
10.
Ахманова О.С. “Словарь 
лингвистических 
терминов”. – М.: 
КомКнига, 2005. 


O„tgan asr boshlari yangi ilmiy paradigmaning shakllanishi bilan e„tiborga 
loyiq: “XX asr ilm-fan tarixida yangi kognitologiya, yoki kognitiv fan sohasining 
vujudga kelishi eng muhim va yorqin voqealardan biri hisoblanadi”
1
.
Olimlar yangi – kognitiv yo„nalishning shakllanishini, “an‟anaviy
terminologiyada terminning vujudga kelishi va amal qilishi bilan bog„liq ijtimoiy-
madaniy jarayon o„rganilishida yagona konseptual va metodologik asos mavjud 
emasligi”
2
qayd etadi. 
Hozirgi kunda Rossiyada bir qator ilmiy maktablar shakllangan bo„lib, ular 
kognitiv lingvistika muammolari bilan shug„ullanadi. Ushbu maktablarning har 
biri kalit terminning o„ziga xos talqini bilan xarakterlanadi. Shartli ravishda 
ulardan Moskva (E.S Kubryakova, V.A. Vinogradov, V.F. Novodranova, E.V. 
Raxilina va boshqalar), Irkutsk (A.V. Kravchenko va uning shogirdlari), Tamba 
(N.N. Boldrev, A.L. Sharandin, T.A.Fesenko va boshqalar), Voronej (Z.D. Popova, 
I.A. Sternin, A.P. Babushkin va boshqalar) maktablarini ajratib ko„rsatish mumkin. 
Bu yerda ilmiy simpoziumlar bo„lib o„tadi, maqolalar chop etiladi. Ushbu 
maktabda “Краткий словарь когнитивных терминов”
3
nashr etilgan. Rossiya 
tilshunos-kognitologlar birlashmasi tuzilgan va hozirda o„z faoliyatini olib 
bormoqda. 2003- yildan boshlab “Вопросы когнитивной лингвистики” nomli 
ilmiy jurnal chop etiladi. Mazkur jurnal Rossiya Federatsiyasi Yuqori Attestatsiya 
Komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlar ro„yxatiga kiradi. Bugungi 
kunga kelib tilshunoslikning metatili yangi terminlar hisobiga shakllanib, boyib 
bormoqda. Olimlarning metatil bilan bog„liq ilmiy ishlaridan joy olgan 
metodologik qarashlarini qaytadan ko„rib chiqish zarurati vujudga kelmoqda. 
Bundan tashqari tilning dinamik jihatlariga bo„lgan qiziqishning oshishi hamda til 
va inson, uning ongi, tafakkuri, turli xil faoliyat turlari bilan bevosita bog„liq holda 
o„rganuvchi antroposentrik tilshunoslikka o„tish bilan xarakterlanuvchi 
tilshunoslikning hozirgi kun rivojlanish bosqichi boshqa fan sohalari 
terminlarining ham keng qo„llanishini taqozo etmoqda. Shu o„rinda tilshunoslar 
1
Кубрякова, Л.С. Краткий словарь когнитивных терминов М. 1997. 245 с
2
Мишланова, С. Л. Терминоведение ХХ века история, направления, преспективы 2003. 94-101 с.
3
Кубякова, Л.С. Краткий словарь когнитивных терминов М. 1997. 245 с


tomonidan psixologiya, matematika, fizika kabi boshqa fan soha terminlari 
o„zlashtirilmoqda. 
O.S. Axmanova: “Maydonni tark etgan eski yo„nalish o„rniga yangisi keladi, 
va u odatda, butunlay yangi terminologik tizimni taklif etadi. Tilshunoslar yangi 
metatilni egallayotgan bir vaqtda, muloqot qilishdan to„xtamaydilar, shu sababli 
ular avvalgi metataksonomik tizimning nomuvofiqligiga qaramay, bir-biri bilan 
undan foydalanadilar yoki gaplashadilar
4
”, deb ta‟kidlaydi. Shuning uchun ham 
olimlar so„zlashadigan va ta‟lim jarayonida qo„llanadigan leksikografik tilning 
tavsifi o„z dolzabligini yo„qotmaydi, aksincha zaruratga aylanadi. 
V.D. Tabanakova fikricha “XX asr terminologik lug„atlarining o„ziga xos 
jihati makro va mikrostrukturalar (bir lug„atda filologik va ensiklopedik, ideografik 
va alifbo, tarixiy va deskriptiv tavsiflarning qo„llanishi)ning aralashgan turlarida 
namoyon o„ladi. Bir yoki bir nechta tillarning ishtrokiga ko„ra lug„atlar turlicha 
tavsiflanadi. Agar bir tilli va ko„p tilli tamoyilga amal qilinadigan bo„lsa: bir tilli 
lug„atlarga rus tilidagi sharhlar bo„lishi ham, bo„lmasligi ham mumkin
5
. Rus 
tilidagi sharhi keltirilgan ko„p tilli lug„atlar ichida O.S. Axmanova
6
, J. Maruzo
7

E.Xempaning
8
mashhur lug„atlari dastlabki o„rinni egallaydi. Ular bir vaqtning 
o„zida tarjima qilingan ham hisoblanadi. Y.Vaxekning “Лингвистический 
словарь Пражской школы” (“Praga maktabining lingvistik lug„ati”) butun bir 
tilshunoslik yo„nalishining metatil tavsifiga bag„ishlangan. O.S. Axmanovaning
“Словарь лингвистических терминов” (“Lingvistik terminlar lug„ati”) kitob-
lug„ati 2005- yil uchunchi bor nashrdan chiqqan.
N.N.Durnovning “Грамматический словарь (Грамматические и 
лингвистические термины)” (“Grammatik lug„at (grammatik va lingvistik 
terminlar”) bir tilli lug„ati 2001- yilda qayta nashrdan chiqqan. Hozirgi kunda o„z 
nomi, obro„siga ega lug„atlar bilan bir qatorda yangi lug„atlar ham chop etilmoqda. 
Misol uchun, 1996- yilda S.I.Bernshteynning “Словарь фонетических терминов” 
4
Ахманова О. С. Словарь лингвистических терминов. М. 2005. 7 с. 
5
Табакова В. Д Идеографическое описание научной терминологии. Тюмен. 1999. С.132.
6
Ахманова О. С. Словарь лингвистических терминов. М. 2005. 25 с. 
7
Марузо Ж. Словарь лингвистических терминов. М. 1960.
8
Хемпа Э. Cловарь американской лингвистической терминологии М. 1964. 263 с.


(“Fonetik terminlar lug„ati”)
9
nashrdan chiqqan. 2002- yilda M.G.Bulaxovning 
“Опыт исторического словаря русской лингвистической терминологии”
10
(“Rus lingvistik terminologiyasi tarixiy lug„atining tajribasi”) nomli besh jildlik 
lug„ati nashrdan chiqqan. Lug„atda XVIII-XX asrlarda tilshunoslar tomonidan 
qo„llanilgan rus lingvistik terminlari o„rin olgan. A.N.Baranov va D.O. 
Dobrovolskiyning 2006- yilda chop etilgan “Немецко-русском и русско-
немецком словаре лингвистических терминов с английским эквивалентом” 
(“Inglizcha ekvivalentli lingvistik terminlarning nemis-rus va rus-nemis tilli 
lug„ati”)
11
da umumiy tilshunoslik va nemis tili grammatikasiga oid klassik va eng 
yangi lingvistik terminlari, kognitiv va amaliy lingvistika,
matn tahlili, semiotika, 
lingvistik pragmatika, mashina tarjimasi terminlari keltirilgan. Lug„at 5600 ta 
terminni qamrab oladi. 
Lingvistik terminlarning funksional va ma‟no tavsiflarini aniqlashtirish 
uchun bir tilli va ko„p tilli lingvistik terminlar lug„atini tahlil qilish zarur. 
Lug„atlarda terminlar terminografik tavsifining ajratib ko„rsatilgan jihatlari ular 
tipologiyasining umumiy shaklini bir jadval ko„rinishida shakllanish imkonini 
beradi. O„nta lingvistik lug„at (rus tilidagi sharhi keltirilgan)ni o„rganib chiqib 
quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Har bir lug„atdan quyidagi asosiy komponentlarni ajratib ko„rsatish 
mumkin: termin yoki sarlavha, kelib chiqish manbai (etimologiyasi), ekvivalentlar, 
izoh (sitata-ta‟rif, sitata-tavsif), tushunchalari misollar – illustratsiya materiallar va
rasmlar bilan ko„rsatish hamda foydalanilgan adabiyotlarga keltirilgan havolalar;
2. Har bir lug„atda, lug„atga oid maqola mavjud bo„lib, unda termin yoki 
sarlavha
bo„ladi; 
3. T.I.Shatalovaning “Англо-русскоий идеографический словарь” 
(“Ingliz-rus tili ideografik lug„ati”) dan boshqa barcha lug„atlarda terminlarning 
ta‟rifi va izohi mavjud. Shu bilan birga Y.Vaxekning “Лингвистический словарь 
9
Бернштейн С. И. Словарь фонетических терминов. М. 1996. 175 с.
10
Булахов М. Г. Опыт исторического словаря русской лингвистической терминологии. Минск. 2002. Т.1. 
428 с.
11
Добровольский Д.О. Немецко-русском и русско-немецком словаре лингвистических терминов с 
английским эквивалентом. М. 2006. 496 с.


Пражской школы” (“Praga maktabi lingvistik lug„ati”)
12
va E.Xempaning 
“Cловарь американской лингвистической терминологии” (“Amerika 
lingvistika terminshunosligi lug„ati”)
13
lug„atlari sitata ta‟rif va sitata tavsifni o„z 
ichiga olgan. Misollar o„nta tahlil qilinayotgan lug„atlarning oltitasida joy olgan.
Bundan tashqari lug„atlarning yarmi (beshtasi)da lug„atlarda ekvivalentlar 
(fransuz\ingliz\nemis\ispan) bor. Terminlar kelib chiqishi uch lug„atda 
ko„rsatilgan. Mualliflar konsepsiyalar havolalari
to„rt lug„atda uchraydi. Shunday 
qilib, mavjud lug„atlar tahlili kompleksli va tizimli. Leksikografik tavsifi bo„yicha 
yagona lug„at yo„q. 
4. O.S. Axmanovaning “Словарь лингвистических терминов” (“Lingvistik 
terminlar lug„ati”) kitobi eng mukammal lingvistik lug„at hisoblanadi. Bu lug„at 
tarkibida 7000 ta termin mavjud. Albatta, bu olimlar doimiy izlanishlari 
ko„rsatkichidir. Shunga qaramay, XX asr ikkinchi yarmiga kelib terminologiyaga 
doir bir nechta nazariy adabiyotlar chop etildi. O„z navbatida mazkur adabiyotlar 
lingvistik terminlar doirasining yanada kengayishiga turtki bo„ldi. Binobarin, N.N. 
Durnov, L.I. Jirkovning 1924- yil va 1946- yilda chiqqan lug„atlarining kartoteka 
materiallarini o„z ichiga qamrab olgan lug„at 1966- yilda chop etilganligi sababli, u 
A.A. Reformatskiy, R.A. Budagov, R.I. Avanasev, A.M. Peshkovskiy, G.O. 
Vinokur, A.I. Smirnitskiy kabi ko„zga ko„ringan olimlar ishiga havola keltiradi. 
Ushbu lug„at lingvistik metatil asosini XX asr 60-yillariga qadar bo„lgan rus 
tilshunosligining asosiy adabiyot va manbalari tashkil etadi. 
5. Rossiya va xorijiy mamlakatlarda kognitiv tilshunoslikning jadal 
rivojlanishi munosabati bilan hamda mutaxassislik sohalaridagi aloqalarni 
rivojlantirish maqsadida tilshunoslik maktablari va yo„nalishlarining metatilini 
o„zida aks ettiruvchi lingvistik terminlar lug„atini tuzish ehtiyoji hamda uning 
bugungi kunga muvofiq amal qilish zarurati paydo bo„lmoqda. 
12
Вахека Й. Лингвистический словарь Пражской школы. М. 1964. 359 с. 
13
Хемпа, Э. Cловарь американской лингвистической терминологии М. 1964. 263 с.


Foydalanilgan adabiyotlart ro„yxati: 
1.
Кубрякова Л.С. Краткий словарь когнитивных терминов. М., 1997 
2.
Мишланова С. Л. Терминоведение ХХ века история, направления, 
преспективы 2003. 
3.
Ахманова О. С. Словарь лингвистических терминов. М., 1966 
4.
Марузо Ж. Словарь лингвистических терминов. М. 1960. 
5.
Хемпа Э. Cловарь американской лингвистической терминологии. М.,
1964. 
6.
Бернштейн С. И. Словарь фонетических терминов. М., 1996. 
7.
Булахов М. Г. Опыт исторического словаря русской лингвистической 
терминологии. Минск. 2002. 
8.
Добровольский Д.О. Немецко-русском и русско-немецком словаре 
лингвистических терминов с английским эквивалентом. М. 2006. 
9.
Шаталова Т.И. Англо-русского идеографического словарь. М. 1994. 
10.
Вахек Й. Лингвистический словарь Пражской школы. М. 1964. 
11.
Хемпа Э. Cловарь американской лингвистической терминологии. М. 
1964. 

Download 249 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish