Lingvistik tahlil metodlari



Download 125,96 Kb.
bet47/61
Sana17.07.2022
Hajmi125,96 Kb.
#812733
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   61
Bog'liq
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

Tilni gap darajasida tahlil qilish metodlari.



Tilni gap darajasida tahlil qilish metodlari sifatida oppozitsion tahlil, distributiv tahlil, transformatsion metod, bevosita ishtirokchilarga ajratish, gap bo‘laklari va gapni aktual bo‘laklarga ajratish metodlarini qayd etish mumkin.
Oppozitsion tahlil. Sintaktik birliklarning mazmun-mohiyati oppozitsion tahlil usuli yordamida yoritilishi mumkin. Masalan, gaplarning modallik mazmuni aynan ushbu metod orqali tahlilga tortilishi mumkin. Modallik munosabatlarining voqelanishida sintaktik birliklar, xususan, gaplarning o‘rni va roli alohida ta’kidlanadi. Bunda oppozitsion tahlil usuli tadqiqotchiga
gaplarning modal mazmunidagi qarama-qarshiliklar juftligini tahlil qilish imkonini beradi. Masalan, modal mazmunli gaplarda voqea-hodisaning sodir bo‘lishi nuqtai nazardan, reallik va ehtimollik oppozitsiyalar juftligi, yoki shunday gaplarda voqea-hodisaning sodir bo‘lishida so‘zlovchining xohish-istakiga bog‘liq yoki bog‘liq emasligi nuqtai nazardan, ob’ektiv zarurat va sub’ektiv zarurat kabi differentsial juftliklar shular jumlasidandir. Ushbu oppozitsiyalar juftligi turli zamon, mayl shakllari yordamida reallashadi.
Oppozitsion tahlilning fonologik va grammatik tizimda keng qo‘llanilishida, avvalambor, ushbu tizimda tahlil materiallarining etarlicha ekanligi muhim o‘rin egallaydi. Grammatik kategoriyalar, shuningdek, sintaktik munosabatlar farqlovchi xususiyatlariga ega bo‘lgan turli grammatik shakllar vositasida voqelanadi.
Distributiv tahlil. Distributiv tahlil sintaksis tizimida gap tuzilmalarini tahlil qilishda keng qo‘llaniladi. Bunda asosiy e’tibor, sintaktik tuzilmaning mazmunidan ko‘ra, ko‘proq uning model-qoliplari va shakliy tuzilishiga qaratiladi. Gap tuzilmasi butun bir qurilma sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqot materiali ma’lum qoidalarga ko‘ra “qayta tiklanishi” mumkin (nutq vaziyatidan kelib chiqib ellipsis yoki reduktsiya hodisalari bartaraf etiladi). Tahlil jarayonida ramziy yozuvlar asosida shakllantirilgan formulalardan foydalaniladi (ot-N, fe’l - V, sifat - A, ravish - Adv). Distributiv tahlilda ellipsisning bartaraf etilishi va reduktsiyaning amalga oshirilishi quyidagi misollarda ko‘rinishi mumkin: Masalan, «Navoiy Balxda, Marvda, Astrobodda yashaydi. Xorazmga safar qiladi» (P. Qodirov. Til va El. T., 2005. -135 b.) matnida biz «Navoiy» bo‘lagini qayta tiklashimiz kerak bo‘ladi va faqat shundagina ikkinchi gap (Nb)
+Nj + V ko‘rinishini oladi. (Bu erda b- bosh kelishik, j-jo‘nalish kelishigi). Xuddi shuningdek,
«Oqsaroy Shaxrisabzning markazida» gapi struktura jihatndan to‘liq bo‘lishi uchun fe’l kesimning tiklanishi talab qilinadi va uning formulasi Nb+ Nq + No‘+ (V) (Bushuy, Safarov, 2007, b. 143-146).
Shuningdek, distributiv tahlil orqali gap tarkibiy qismini shakllantiruvi bo‘laklar o‘rtasidagi munosabatlar, ularning birikish imkoniyati va xususiyatlari ham tahlil predmeti bo‘lishi mumkin.
Distributiv tahlilning afzalliklari sifatida quyidagilar qayd etiladi: a) xulosalarning tahlil tadbirlariga mutanosibligi; b) amallarning sodda va oddiyligi; v) qo‘llanish doirasining chegaralanmaganligi. Shuningdek, ushbu metodning kamchiliklari quyidagicha: a) tadqiqot materiallarining katta miqdorda bo‘lishi; b) taxlil usuli tadqiqot ob’ektining mohiyatini to‘la ochib bera olmaydi.
Transformatsion metod. Ushbu metod orqali til birliklarini tahlil qilishda ularning paradigmatik munosabatlarini e’tiborga olish asosiy e’tibor markazida bo‘ladi. Transformatsion metod bir tizimga kiruvchi elementlarning biri ikkinchisidan “yasalishi” yoki “tug‘ilishi” g‘oyasiga asoslanadi. L.V. Щerba, sankt-Peterburglik olim, tilshunoslikka lisoniy tajriba (eksperiment) tamoyilini olib kirgach, ushbu tamoyil asosida nutqiy tuzilmalarni turli ko‘rinishda o‘zgartirish yo‘li ilmiy asosga ega bo‘ldi. O‘z navbatida bu amal transformatsion metodning asosiy vazifasidan biriga aylandi. Ushbu metod sintaktik tuzilmalarning turli o‘zgarish qonuniyatlarini yoritish imkonini beradi. Xususan, gaplarning tuzilish va tarkib jihatdan o‘zgarish (transformatsiya) imkoniyatlari tahlil qilinadi va ular ma’lum sintaktik turlar qatoriga tasniflanadi, guruhlashtiriladi.

Download 125,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish