Lingvistik tadqiqotlar metodologiyasi


Distributiv tahlil metodi



Download 0,51 Mb.
bet17/18
Sana15.01.2022
Hajmi0,51 Mb.
#368601
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
metodologiya portfolio11

Distributiv tahlil metodi
  • Distributiv tahlil (DT) metodi til sathlari birliklarining ularning sintagmatik xususiyatlari, ya’ni nutqiy qatorda bir-biriga nisbatan joylashuvi, o‘zaro birikuvini inobatga olgan holda tasniflanishidir. Til birliklarini DT asosida tasniflash jarayonida u yoki bu birlikning qanday lisoniy kontekst muhitida va qaysi turdagi birliklarning qurshovida uchrashi e’tiborga olinadi. Ma’lum birlikning barcha turdagi sintagmatik aloqalari va semantik - sintaktik qurshov imkoniyatlari umumlashmasi uning distributiv (lat. distributio; ing. distribution – taqsimlanish, tarqalish) qobiliyatini belgilaydi. DTning asosiy tamoyillari Amerika deskriptiv (tavsifiy) tilshunoslik maktabi vakillari g‘oyalarida nazariy jihatdan shakllandi hamda ular tomonidan amaliѐtga tadbiq etildi. Ushbu yo‘nalish namoyandalari B.Blok, J.Treyger, Z.Herris va boshqalar DTni til tizimi ilmiy tahlilining eng asosiy metodi sifatida targ‘ibot qilishga harakat qildilar. Ularning fikricha, faqatgina distributiv «o‘lchovlar» asosidagina til tizimi hodisalarini to‘liq ko‘rinishda tavsiflash mumkin. Shu sababli ular distributsiya (tarqalish, taqsimlanish) tushunchasini o‘ta keng ma’noda izohlash tarafdori bo‘ldilar. Amerika tilshunoslari distributsiya hodisasining ikki turini farqlashni taklif qiladilar: 1) qo‘shimcha ѐki to‘ldiruvchi distributsiya; 2) qiyosiy qarama-qarshilik distributsiyasi.
    • Differensial tahlil usuli
    • Differensial (farqlovchi) tahlil jarayonida til hodisalarini va birliklarini o‘zaro farqlovchi ma’noviy va shakliy xususiyatlar ajratiladi. Ushbu xususiyatlarni aniqlashda ma’lum bir sathga oid birliklarning paradigmatik munosabatlari asos bo‘ladi. Ushbu tahlil metodining asosiy mezonlari quyidagilardir: 1) alohida lisoniy birliklar ma’lum tizimlarga uyushadi; 2) ushbu tizimlar tarkibida alohida paradigmatik guruhlar ajraladi; 3) tizimdagi yagona bir birlik birinchi guruhga tobe bo‘lishi mumkin; 4) u yoki bu birlikning ayni paytda, bir necha guruhga oid bo‘lishi uning boshqa birliklardan farqlovchi xususiyatlariga nisbatan tavsiflash imkonini yaratadi. Masalan, ishlayapti shaklini fe’l grammatik shakli sifatida aniqlash uchun biz uning mazmunidagi prosessuallik (harakat) ma’nosini substansionallikka (qiyoslang: ish) zid qo‘yamiz.
    • Differensial tahlil metodining umumiy tamoyillarining shakllanishi Praga tilshunoslik maktabi namoyandalari: N.S.Trubetskoy, R.Yakobson, V.Skalichkalarning faoliyati bilan bog‘liq. Ular til tizimining barcha sathlariga nisbatan qo‘llanilgan «paradigma» tushunchasi bilan bir qatorda «oppozitsiya» (qarama-qarshilik) tushunchasi ham joriy etishadi.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish