Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. O ‘quv-uslubiy adabiyotlarning qanday turlari mavjud?
2. Lingvistik tadqiqotlarda o‘quv-uslubiy adabiyotlardan qanday foydalanish mumkin?
8-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: Lingvistik tadqiqotlarda kataloglardan foydalanish
Reja:
1. Katalog tushunchasi.
2. Lingvistik tadqiqotlarda mavzuviy kataloglar.
Mavzuning o‘rganilish tarixini bilish uchun har bir fan (jumladan, tilshunoslik va uning bo‘limlari) bo‘yicha bibliografik ko‘rsatkichlar, kutubxonalar va INTERNET tizimida esa sistematik (mavzuviy) katalogdan unumli foydalana olish katta ahamiyatga egadir.Sistematik katalogda ilmiy adabiyotlar tadqiq manbai, predmeti va mavzulariga ko‘ra "kattadan (umumiylikdan) kichikka (xususiylikka)" yo‘nalishida muayyanlashtirib boriladi.Masalan, "Tilshunoslik" bo‘yicha sistematik katalog quyidagi bo‘lim va bo‘limchalarni o‘z ichiga oladi: Tilshunoslik tarixi* 1 Tilshunoslikning umumiy masalalari Tilning tadqiq metodlari Til va jamiyat Til va tafakkur Til va nutq Til tarixi Til sathlari Fonetika Leksikologiya Leksikografiya O‘quv lug‘atlari Izohli lug‘atlar Soha lug‘atlari Ikki tilli lug‘atlar Ko‘p tilli lug‘atlar Grammatika Umumiy masalalar 1 *Bu bo'limlar ham xazinadagi axborot soni va turlarning i mavjudligiga ko'ra 10-30 va, hatto, undan ko'p bo'limchalarga, INTERNET saytlari esa papk va fayllarga bo'linishi mumkin. Grammatik ma’lumotlar Grammatik ma’no Grammatik kategoriyalar Grammatika va leksika Grammatika va fonetika Morfologiya Umumiy masalalar Morfologiya va sintaksis Morfologik kategoriyalar So‘z turkumlari Umumiy masalalar So‘z turkumlari tasnifi tarixi Ot ... SHu tarzda INTERNET, kutubxona, bibliografiya, sistematik katalogda adabiyotlar tadqiq manbalari, predmetlari, tadqiq metodlari va mavzulari, mualliflari bo‘yicha joylashtirilib boriladi. Kutubxonalarda sistematik katalog UDK (unifitsirovanno‘y desyatichnaya klassifikatsiya) asosida tuziladi. Elektron kutubxonalarda ham, INTERNET va INTERNET NEWSda ham adabiyotlar asosan mavzuviy asosda - sistematik katalog tarzida joylashtiriladi. Tadqiqotchi mavzuning o‘rganilish tarixini mufassal o‘rgansa, o‘z tadqiqotini to‘g‘ri va davr bilan uyg‘un ravishda amalga oshirishga, ishining zamon fani, jamiyat ehtiyojlari bilan bog‘liqligini (dolzarbligini) ta’minlashga va ilmiy farazini to‘g‘ri belgilashga muvaffaq bo‘ladi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Katalog nima?
2. Kataloglarning qanday turlari mavjud?
Do'stlaringiz bilan baham: |