Ushbu uslubiy qo‘llanma Zarafshon shahar xalq ta’limi metodik kengashining 2021 yil________ dagi______ sonli qarori bilan tasdiqlangan.
MUNDARIJA.
KIRISH…………………………………………………………...……4
Tarbiya fanini oʻqitishda ilgʻor pedagogik texnalogiylardan
foydalanish……………………………………………………………5
Tarbiya fanidan ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanilgan dars ishlanma…..….….…………..9
Xulosa…………………………………………………………………15
Foydalanilgan adabiyotlar..………………….………………………...16
Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo`lib, dunyo miqyosida o`z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo`sh kelmaydigan insonlar bo`lib kamol topishi, baxtli bo`lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz.
Shavkat Mirziyoyev
O`zbekiskiston Respublikasi Prezidenti
KIRISH.
Bolani niholga qiyoslashadi: qayoqqa egsang, o’sha tarafga qarab o’sadi. Uning kelajakda to’g’ri va ravon o’sishi , hayotda o’z oldiga qo’ygan maqsadi sari dadil intilishi ko’p jihatdan muallimlarga bog’liq. Mazkur maqsadlarni amalga oshirishda ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etishini qaror toptirish muhim ahamiyatga ega. Yurtning porloq istiqbolini yaratishi, uning nomini jahonga keng yoyishi, ulug’ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyishini, tabiat boyliklaridan unumli foydalanishi, tabiatni asrab avaylash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tabiat insonni o’z bag’rida yaratib, uni ardoqlab o’stirdi. Inson yashashi uchun bugun zarur bo’lgan barcha narsalarni tabiatdan u yoki bu yo’l bilan olib keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23 avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz yig‘ilishda maktab ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, bu borada oldimizda turgan dolzarb vazifalar haqida fikr yuritar ekan, ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiyning «Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktabdir» degan fikrini alohida ta’kidlab, bu masalaning mohiyati va ahamiyatiga atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
Haqiqatan ham, jahondagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularda jamiyat hayotini o‘zgartirishga qaratilgan islohotlar avvalo ta’lim tizimidan, bog‘cha, maktab, tarbiya masalasidan boshlanganini ko‘ramiz. Chunki maktabni o‘zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch esa o‘qituvchilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |