Lim vazirligi toshkent viloyat chirchiq davlat pedagogika instituti


Antonimlarning uslubiy vosita sifatidagi tavsifi



Download 51,23 Kb.
bet8/13
Sana11.08.2021
Hajmi51,23 Kb.
#144716
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ISMADIYOROV ZAFAR HOZIRGI O'ZBEK ADABIY TILI

Antonimlarning uslubiy vosita sifatidagi tavsifi.

Leksik antonimlar muhim uslubiy vositalardir. Ular matnda qarshilantirish (antiteza) vositasi rolini bajaradi, shu orqali hodisa va holatlardagi qarama-qarshiliklarni, ayrim obraz va personajlarning ichki dunyosidagi ziddiyatlarning badiiy talqinini ta’minlaydi.

Tinglar edim betinim

Uzun tunlar yotib jim.

Seza olardim kuchin,

Ko'pi yolg‘on, ko'pi chin.

(Hamid Olimjon.)

Ilmli odamga ulug'lik hamdam,

Ilmsiz qozini eshak deb aytma,

Chunki bu eshakka tuhmatdir beshak.

Jahonning shodligi yig'ilsa butun,

Do'stlar diydoridan bo'lolmas ustun.

To'lur g‘am-g‘ussaga dilning kosasi,

Qadrdon do'stlardan judo bo'lgan kun.

(Rudakiy.)

Antonimlar maqol va matal janrlarida ham muhim uslubiy vosita sanaladi — hayotiy tajriba umumlashmalarini maqol va matallar tiliga xos uslubda ta’sirchan ifodalash imkonini yaratadi:

Yozgi mehnat — qishki rohat.

Mehnatdan do’st ortar, g'iybatdan — dushman.

Do‘st achitib gapirar, dushman — kuldirib.

Yaxshi do'st — jon ozig'i,

Yomon do'st — bosh qozig'i.

Donoga ish — shonu shuhrat,

Nodonga ish — g'amu kulfat.

Antonimiya leksemalar orasidagi zidlik munosabatidir: [katta]-[kichik], [yosh]-[qari], [mitti]-[ulkan], [oq]-[qora] va hokazo. Antonim leksemalarning umumiy, birlashtiruvchi semasi bilan bir qatorda, qarama-qarshi semasi ham bo’lishi lozim. Masalan, [katta] va [kichik] leksemalari umumiy - «sifat», «ko’lam» semasi bilan birga, qarama-qarshi - «nisbatan ortiq» [katta] va «nisbatan katta bo’lmagan» [kichik] semasiga ham ega. Yoki [qish] — «yilning eng sovuq fasli», [yoz] - «yilning eng issiq fasli», [kirmoq] - «ichkariga harakatlanmoq, [chiqmoq] - «tashqariga harakatlanmoq. Antonim leksemalar asosida borliqdagi qarama - qarshi hodisaning in’ikosi bo‘lgan qarama-qarshi tushuncha yotadi. Antonim leksemalar bir turga kiruvchi giponim leksemalar: [issiq]-[sovug] (harakat), [katta]-[kichik] (hajm), [erkak]-[ayol] (jins) va hokazolar.

Antonimlarning mantiqiy asosini ikki tur qarama-qarshilik tashkil etadi:

a) kontrar qarama-qarshilik;

b) komplementar qarama-qarshilik.

Kontrar qarama-qarshilik - darajalanuvchi leksema qatoridagi “tafovutning farqlarga, farqning ziddiyat, ya’ni qarama-qarshilikka o‘sib borishi natijasida birinchi a’zo bilan oxirgi a’zoning antonimlashuvi. Masalan, [kichik]-[o‘rta]-[katta], [yosh]-[o‘smir]-[o’rta yosh]-[qari] kabi. Bunda [kichik] va [katta], [yosh] va [qari] leksemalari daraja qatorining ikki qarama-qarshi qatori a’zolari o‘rtasida ikki antonim a’zo belgilarini o‘zida mujassamlashtirgan bog’lovchi bo‘g’in. Yuqoridagi [o’rta] leksemasida [kichik] va [katta] leksemalarining qarama-qarshiligi so‘nadi. Demak, leksemalarning kontrar qarama-qarshiligini ularning darajalanish (graduonimik) qatoridan izlash lozim.

Komplementar antonimiyada qarama-qarshilik uchinchi, oraliq bo‘g’insiz bo‘ladi: [rost]-[yolg’on], [arzon]-[qimmat], [oson]-[qiyin]. Bu leksemalar orasida oraliq uchinchi leksema yo‘q.

Antonimlar strukturasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

1) har xil o‘zakli antonim: [katta]-[kichik], [kirmoq]-[chiqmoq], [muhabbat]-[nafrat];

2) bir xil o‘zakli antonim: [madaniyatli]-[madaniyatsiz], [aqlli]-[aqlsiz], [ongli]-[ongsiz].

Fanda antonimlar asosan sifat va ravish turkumiga xos degan hamda har xil o‘zaklilarini tan olishdek tor tushunish ham mavjud.



Download 51,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish