Debet 15600–“Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq)”
Kredit 19909–“Tovar moddiy qimmatliklar uchun to’langan mablag’lar”
Lizing obyekti avval lizing beruvchi bank balansiga kirim qilinib, so’ngra lizing oluvchiga lizinga berilganda quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi.
a). Lizing ob’ekti bank balansiga kirim qilinganda: Debet16500 –“Asosiy vositalar (tegishli mos hisobvarag’i)”
Kredit19909 –“Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to’langan mablag’lar”
b). Lizing ob’ekti lizing oluvchiga berilganda:
Debet 15600–“Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq)”
Kredit 16500-“Asosiy vositalar (mos hisobvaraq)”
Lizing beruvchi bank tomonidan amalga oshirilgan va lizing shartnomasiga muvofiq lizing oluvchi tomonidan qoplanadigan dastlabki bevosita xarajatlar lizing ob’ektining qiymatiga qo’shiladi.
Lizing beruvchi bank tomonidan lizing bo’yicha foizli daromadlar hisoblanganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari beriladi:
Debet 16323 – “Lizing bo’yicha olish uchun hisoblangan foizlar”
Kredit 45100 – “Lizing (moliyaviy ijara) bo’yicha foizli daromadlar (tegishli mos hisobvaraq)”
Lizing ob’ektining asosiy summasini jadval asosida qaytarilganda va ularga hisoblangan foizlar undirilganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari beriladi:
Debet – Kassadagi naqd pul va boshqa to’lov hujjatlari yoki mijozning depozit yoki bankning vakillik hisobvarag’i (umumiy summaga)
Kredit 15600–Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq) (asosiy qarz summasining qaytarilgan summasiga);
Kredit 16323 – Lizing (moliyaviy ijara) bo’yicha olish uchun hisoblangan foizlar (foizli daromad summasiga).
Lizing shartnomasi muddati tugaganidan so’ng lizing to’lovlarini to’lash shartlari to’liq bajarilgan taqdirda 15600 Lizing (moliyaviy ijara) va 16323 Lizing bo’yicha olish uchun hisoblangan foizlar hisobvaraqlari qoldig’i nolga teng bo’ladi.
Lizing ob’ekti lizing oluvchi tomonidan lizing shartnomasi shartlari buzilganligi sababli qaytarib olinganida, lizing beruvchi ushbu aktivning taqdirini hal etgunga qadar uni o’z balansiga quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari orqali qabul qiladi:
Debet 16705–“Bankning boshqa ko’chmas mulklari”
Kredit 15600–“Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq)”
Lizing oluvchi tomonidan lizing to’lovlari belgilangan muddatda amalga oshirilmagan taqdirda aktivga “Foizlarni o’stirmaslik to’g’risida”gi Nizomga (ro’yxat raqami 1304, 2004 yil 24 yanvar) asosan o’stirmaslik maqomi beriladi va aktivning kelgusi hisobi mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Lizing “Aktivlar sifatini tasniflash, tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan ehtimoliy yo’qotishlarga qarshi zaxiralar tashkil qilish va ularni ishlatish to’g’risida”gi Nizom (ro’yxat raqami 632, 1999 yil 11 fevral) talablaridan kelib chiqqan holda tasniflanadi.
Amaliyotda tijorat banklari ham ayrim asosiy vositalarni lizingga olishi mumkin. Lizing lizing oluvchi bankning moliyaviy hisobotlarida ham aktiv ham majburiyat sifatida tan olinadi. Lizingni dastlabki tan olishda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi bajariladi:
Debet16515–“Ob’ektlarni lizingga olish va uni takomillashtirish huquqi”
Kredit 22100–“Lizing (moliyaviy ijara) bo’yicha majburiyatlarning tegishli mos hisobvarag’i”
Lizing oluvchi bank tomonidan lizing dastlabki tan olingandan so’ng keyingi hisob majburiyat bo’yicha asosiy qarz summasini va lizing bo’yicha foizlar to’lash hisobini yuritishdan iborat.
Lizing oluvchi bank tomonidan lizing to’lovlari jadvaliga muvofiq lizing bo’yicha foizli xarajatlar hisoblanganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari beriladi:
Debet 54198–“Boshqa banklardan olingan lizing bo’yicha foizli xarajatlar” yoki 54199–“Boshqa lizing beruvchilardan olingan lizing bo’yicha foizli xarajatlar”
Do'stlaringiz bilan baham: |