Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

Mahalliy byudjet
– Davlat byudjetining tegishli viloyat tuman, 
shahar pul mablag‘lari jamg‘armasini tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib, 
unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuning-
dek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan 
mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Respublika byudjeti
– Davlat byudetining umumdavlat 
tusidagi tadbirlarni moliyalashda foydalaniladigan qismi bo‘lib, unda 
daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, 
moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan 
mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Mahalliy byudjet davlat byudjetining muhim va ajralmas 
tarkibiy qismi bo‘lib, u orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlab boriladi. Mahalliy 
byudjetlarning mavqeyini yanada oshirish byudjet siyosati samara-
dorligini oshirishga xizmat qiladi. Davlat byudjeti daromadlarining 
katta qismini joylarga berish, byudjetlarni mustahkamlash zarur. Bu 
esa mintaqalar mustaqilligini oshirish, ularning tashabbuskorligini, 
byudjetning ijrosidagi manfaatdorligi va bu boradagi mas’uliyatini 
oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari bu narsa mahalliy 
byudjetlarga tushumlarning yangi manbalarini qidirib topishga 
rag‘batlantiradi, joylarda byudjet intizomini mustahkamlaydi. 
Mahalliy byudjet daromadlari quyidagilardan tashkil 
topadi: 
1.
Qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq 
mahalliy byudjetlarga yo‘naltiriladigan mahalliy soliqlar, yig‘imlar, 
bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar; 


161 
2.
Qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq 
mahalliy 
byudjetlarga 
o‘tkaziladigan umumdavlat soliqlari, 
yig‘imlari, bojlari va boshqa majburiy to‘lovlar; 
3.
Qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat 
mulki obyektlarini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan 
daromadlar; 
4.
Qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq meros 
olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul 
mablag‘lari; 
5.
Yuqori byudjetlardan beriladigan byudjet dotatsiyalari, 
byudjet subvensiyalari va byudjet ssudalari; 
6.
Yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el 
davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 
7.
Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar 
hisobiga. 
O‘zbekiston Respublikasi mahalliy byudjetlari tomonidan 
xarajatlarni amalga oshirish uchun tegishli daromadlarga ega bo‘lishi 
kerak. Shuning uchun mahalliy byudjet daromadlarini shakllani-
shining amaldagi holati va ushbu jarayondagi daromad manbalarini 
tahlil qiladigan bo‘lsak, avvalambor, daromadlarning shakllanishiga 
e’tibor berish lozim. 
Bulardan tashqari, byudjet ijrosi jarayonida yuqori byudjet bilan 
yuzaga keladigan o‘zaro hisob-kitoblar hisobiga shakllanadigan 
daromadlar ham mahalliy byudjet daromadlari bo‘lishi mumkin. 
Shunga muvofiq mahalliy byudjetlar daromadlari o‘z daromadlari 
(mahalliy soliqlar va yig‘imlar) va yuqori byudjetdan ajratiladigan 
ajratmalar (umumdavlat soliqlaridan ajratmalar, dotatsiyalar, 
subvensiyalar, ssudalar) hisobidan shakllanadi. 
Mahalliy byudjetlarning eng birinchi daromad manbai bo‘lib 
mahalliy soliqlar va yig‘imlar xizmat qiladi. Bu daromad turlari 
qonunchilikka asosan 

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish