301
O‘zbekiston Respublikasida aksiz solig‘i davlat solig‘i tarkibiga
kiritiladi. Aksiz solig‘ini hisoblash va to‘lash
tartibini nazorat
qilishning asosiy me’yoriy hujjati O‘zbekiston Respublikasining
Soliq kodeksidir (40-bob, 283-289-moddalar)
Aksiz solig‘i to‘lovchilari sifatida quyidagilar tan olinadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‘i
solina-
digan tovarlarni (aksiz to‘lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;
2) tabiiy gazni iste’molchilarga realizatsiya qilishni amalga
oshiruvchilar;
3) benzin, dizel yoqilg‘isini yakuniy iste’molchilarga
realizatsiya
qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish
shoxobchalari orqali, shuningdek gazni avtomobillarga yoqilg‘i
quyish
shoxobchalari
orqali
realizatsiya
qilishni
amalga
oshiruvchilar. Ushbu bo‘limni qo‘llash
maqsadida yakuniy
iste’molchilar deganda o‘z ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi
hamda gaz oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi;
4) oddiy shirkat ishtirokchisi bo‘lgan, oddiy shirkat shartno-
masi doirasida amalga oshiriladigan aksiz to‘lanadigan tovarni ishlab
chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bo‘yicha
oddiy shirkat
ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs;
5) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali aksiz
to‘lanadigan tovarlarni olib o‘tuvchilar. Bojxona to‘g‘risidagi qonun
hujjatlariga muvofiq mazkur shaxslar soliq to‘lovchilar deb e’tirof
etiladi.
Aksiz tovarlari guruhiga quyidagi mahsulotlar kiritiladi:
–
etil spirti va uning barcha turlari;
Tarkibida 9% dan ortiq miqdorda etil spirti mavjud bo‘lgan
barcha eritmalar( eritma, emulsiya, suspenziya va boshqa shu turdagi
soliqlar) ;
– alkogol mahsulotlari;
– pivo;
– tamaki mahsulotlari;
– avtomobil benzini;
– dizel yoqilg‘isi;
– dizelli va karbyurator (injektor)
dvigatellari uchun motor
moyi;
302
– to‘g‘ridan to‘g‘ri olingan benzin.
Aksiz solig‘i bilvosita soliq ko‘rinishida byudjetga kiritiladigan
(olinadigan), narxda va qo‘shilgan qiymat solig‘i
solish bazasida
hisobga olinadigan sof daromadning bir qismidir.
Aksiz solig‘i stavkalari va aksizlanadigan tovarlar ro‘yxati
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqla-
nadi hamda belgilangan tartibda soliq to‘lovchilarga O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi
tomonidan
yetkaziladi.
Aksizlanadigan tovarlar ishlab chiqaradigan,
mulkchilik shakli-
dan qat’iy nazar, yuridik shaxslar aksiz solig‘i to‘lovchilari
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: