Kursning maqsadi-O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kursini maqsadi talabalarga respublikaning tabiiy boyliklari, aholisi, mehnat resurslari, iqtisodiy rayonlarning shakllanishi va ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini o’rgatishdan iborat .
O’quv kursining vazifasi - geografik qonuniyatlar va xususiyatlarni keng ko’lamda tadqiq qilib, bu sohadagi malakali mutaxassislarni tayyorlashga yordam berish, ishlab chiqarish jarayonini samarali tashkil qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, mulkchilikning turli shakllarini etiborga olib kichik va o’rta biznesni rivojlantirish, hududlarning ichki imkoniyatlarini hisobga olib ularga xo’jalik tarmoqlarini to’g’ri joylashtirish va rivojlanish yo’llarini tahlil qilish ham ushbu fanning vazifalaridan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |