3-asosiy savol bayoni: Viloyat 1938 yilda O’zbekiston tarkibida tashkil topgan. Hozirgi kunda u 10 qishloq tumanlaridai iborat: Bog’ot, Gurlan, Urganch, Xiva, Xonqa, Shovot, Yangiariq, Yangibozor, Qo’shko’pir va Xazorasp.
Xorazm viloyatining maydoni 6,05 ming km2 va bu jixatdan u respublikada Andijon va Sirdaryo viloyatlaridan kattaroq, holos. Viloyat aholisi, 1.01.2002 yil ma’lumotlariga ko’ra, 1370 ming kishi. Ma’muriy markazi—Urganch shaxri.
Xorazm viloyati hududi jihatidan uncha katta bo’lmasada, uning iqtisodiy salohiyati ancha yuqori. Jumladan, bu erda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va sanoat mahsulotining xajmi QR. ga qaraganda 1,6 marta ziyod, qishloq xo’jaligi mahsulotining qiymati esa 2,4 marta ortiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |