Qishloq xo’jaligi. QR. O’zbekistonning 5,4 foiz paxta xom ashyosini, 3,6 foiz pilla, 10,7 foiz poliz ekinlarini, 4,9 foiz go’sht, 3,6 foiz sut, 8,9 foiz qora ko’l terisi, 40,7 foiz sholisini etqazib beradi (2000 y.).
Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligida chorvachilnk nisbatan ustun turadi. Uning xissasiga jami agrar soxa maxsulotlarining 57,2 foizi to’g’ri keladi, qolgan 42,8 foizini esa dexqonchilik beradi. Chorvachilikda eng unumdor soxa qo’ychilik-qorako’l qo’ylarini boqish va jun, teri maxsulotlarini etishtirish hisoblanadi. 2000 yilda ob-xavo sharoitining noqulayligi va ayniqsa suv resurslarining kamayganligi sababli qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish 1999 yilga nisbatan birmuncha kamaydi. Umuman olganda esa, 90-yillarda mamlakat agrar soxasida tutgan mavqei sholi, paxta, go’sht, suv, tuxum, jun etishtirish bo’yicha pasaygan, sabzavot, poliz, uzum, qorako’l, pilla etishtirishda esa biroz ko’tarilgan.
Ekin maydoni so’nggi yillarda, barcha xo’jalik turlarida 340—390 ming gektarni tashkil qiladi (respublikada 3775 ming ga). Shundan taxminan 1G’3 qismi don (asosan sholi), 35 foizga yaqini paxta, 20 foizdan ko’prog’i em-xashak, 7—9 foizi poliz ekinlari bilan band. Bir yilda 150—170 ming tonna atrofida sholi, 130—190 tonna paxta xom ashyosi olinadi hosildorlik sholichilikda 20 qG’ga etadi, paxtada bu ko’rsatkich ancha past. Paxta va sholi ko’proq suv bilan yaxshi ta’minlangan hududlarda, bevosita Amudaryoga yaqin joylarda ekiladi.
QP. da yaylov chorvachiligi rivojlangan, em-xashakdan asosan beda etishtiriladi. Umuman beda etishtirish bu erda katta ahamiyatga ega. Yirik shoxli mollar soni 397 ming bosh atrofida, qo’y va echkilar 443 ming bosh, otlar 17 mingga yaqin, tovuqlar esa 650 mingdan ziyod (2001 yil).
Qishloq xo’jaligi soxasi bo’yicha Ellikqal’a, Beruniy, To’rtko’l va Amudaryo tumanlari ajralib turadi. Ularning xar biri Qoraqalpog’iston agrar soxa mahsulotining 10 foizidan ko’proqini beradi. Ayni vaqtda Mo’ynok va Bo’zatov tumanlarida makroiqtisodiyotning bu tarmog’i juda sust rivojlangan.
QR.da ijtimoiy sohalar ham rivojlanib bormoqda. Ushbu muammo Orol bo’yi iqtisodiy rayonidagi ekologik axvolni yaxshilash mintaqaviy dasturi doirasida hal etilib borilmoqda. 2000 yil yakunlariga binoan, aholi jon boshiga 15,7 ming so’mlik halq iste’mol mollari, 34 ming so’mlik chakana savdo oboroti, 5150 so’m atrofida pullik xizmat bajarilgan. Ular 10 ming aholining sog’liqni saqlash tizimi bilan ta’minlanganlik darajasi bemorlar koykalari bo’yicha 4,8, ambulator-poliklinika muassasalari bo’yicha 154 birlikni tashkil etadi.
Qishloq infrastrukturasi ham yaxshilanib bormoqda. Masalan, markazlashtirilgan holda toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi o’rtacha 62,3 foizga, tabiiy gaz bilan 87,3 foizga teng. Shu bilan birga mazkur sohalarning axvoli Amudaryo, Beruniy va Shumanay tumanlarida (suv bo’yicha) hamda Bo’zatov va Beruniy tumanlarida (tabiiy gaz) qoniqarli darajada emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |