Qishloq xo’jaligi. Jizzax viloyati er yuzasining tuzilishi va qishloq xo’jaligiga ixtisoslashuvini e’tiborga olib, uni bir-biridan keskin farq qiluvchi rayonlarga ajratish mumkin.
Birinchi rayonga chorvachilik, bog’dorchilik, uzumchilik va dehkonchilikka ixtisoslashgan Baxmal, G’allaorol, Zomin va Forish tumanlari kiradi. Ushbu rayon maydoni viloyat umumiy hududining 79,5 foizni egallaydi.
Ikkinchi rayonga viloyatning 20,4 foiz maydonini egallagan Paxtakor, Jizzax Zarbdor, Zafarobod kabi qolgan barcha tekislik qismida joylashgan, asosan paxtachilik, pillachilik, poliz ekinlari etishtirish va chorvachilikka ixtisoslashgan tumanlar kiradi.
Jizzax viloyati Respublika umumiy er maydonining 4,6 foizini egallagan xolda jami qishloq xo’jalik erlarining ulushi 4,7 foizga tengdir. U bu jihatdan Samaqand viloyatidan (4,8 foiz) keyingi oltinchi o’rinda turadi. Sug’oriladigan erlar maydoni 248 ming gektar, xaydaladigan erlar 452, yaylov va o’tloqlar 13 ming gektarga yaqin, qolgan qismini ko’p yillik ekinlar hamda bo’z erlar tashkil etadi.
Viloyat Respublikada etishtirilgan paxtaning 4,8 foizi ga yaqinini, donning 7,4 foizini, kartoshkani 1,9 foizni etqazib beradi. Keyingi yillarda paxta ekin maydonlari qisqarib don etishtirish kengaymoqda. Jami ekin maydonlarining 26,1 foiziga paxta ekildi.
Qishloq xo’jaligida tog’, tog’ oldi va adir zonalarida lalmikor dexqonchilik (bug’doy, no’xat, poliz ekinlari, bog’dorchilik) va obikor dexqonchilik qilinadi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirishda Baxmal (14,8 foiz), G’allaorol (10,4 foiz), Jizzax (11,3 foiz), Zomin (10,7 foiz), Paxtakor (8,3 foiz) tumanlari etakchi hisoblanadi. Barcha rayonlarning 9tasida paxta etishtiriladi. Viloyat bo’yicha 105,3 ming gektarga paxta ekilib, undan 155,5ming tonnaga yaqin hosil olindi (2000 y.).
Viloyatning Jizzax Zomin, G’allaorol, Baxmal tumanlarida pillachilik rivojlangan. Qishloq xo’jaligining bu sohadagi katta imkoniyatlarni hisobga olib, O’zbekiston-Tojikiston «Kumush tola» ipak tolasi tayyorlaydigan qo’shma korxona tashkil etilgan.
Poliz ekinlari 4,8 ming gektar erga ekilib 47,3 ming tonna (2000 i.) hosil olindi. Bundan tashqari, sabzavotchilikda kartoshka (12,4 ming t.) meva va sabzavotlar (10,6 ming t.) etishtirish ham yo’lga qo’yilgan.
Qishloq xo’jaligi tarmoqlaridan chorvachilik, ya’ni qo’ychilik va parrandachilik mavjud. Baxmal, Zomin, Forish va G’allaorol tumanlaridagi chorvachilik tarmog’i sut-go’sht va go’sht etishtirishga ixtisoslashgan bo’lsa, Jizzax, G’allaorol hamda Zafarobod tumanlari sanoatlashgan parrandachilikka, parranda go’shti va tuxum etishtirishga mo’ljallangan.
Tog’ va tog’ oldi iqtisodiy rayoni ga kiruvchi tumanlarda go’sht yo’nalishidagi chorvachilik rivojlanmoqda. Bularga qo’ychilik, Baxmal, G’allaorol tumanlaridagi cho’chqachilik naslchilik fermalarini, yilqichilikda Jizzax tumanidagi ot sporti maktablariga xizmat qiladigan «Ravot» naslchilik xo’jaligini misol qilib keltirish mumkin.
Hozirgi vaqtda viloyatda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, bozor infrastrukturasini barpo etish, aholining ishsiz qolgan katlamini ish bilan ta’minlash, oziq-ovqat, qurilish, engil sanoat tarmoqlarida kichik va o’rta tadbirkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |