Shayxontoxur tumani — Toshkent shaxrining eski shaxar qismida 1926 yili tashkil etilgan. Aholisi 256,1 ming kishi (2001 y.). Toshkent shaxri maydonining 8,2 foizi, aholisining esa 12 foizini o’zida mujassam etadi.
2000 yili Toshkent shaxri sanoat mahsulotining 5,5 foizi Shayxontoxur tumanida ishlab chiqarilgan. Tuman hududida 50 ga yaqin sanoat korxonalari joylashgan. Ulardan yiriklari: Toshkent tikuvchilik va «Orzu» charm-attorlik ishlab chiqarish birlashmasini, lak-bo’yoq zavodi, non kombinati, tamaki fabrikasi, poligrafiya kombinati, «Malika» ishlab chiqarish birlashmasi va boshqalar.
Shayxontoxur tumanida sanoat mahsuloti ishlab chikarish xajmi 2000 yil 1999 yilga nisbatan 148,9 foizga o’sgan. Jami sanoat mahsulotining 82 foizi nodavlat sektoriga to’g’ri keladi.
Bu erda loyihalash instituti, Sulaymonov nomidagi qo’lyozmalar instituti, Seysmologiya, Polimerlar kimyosi va fizikasi, Mikrobiologiya, Arxitektura va qurilish instituti, 41 ta umumta’lim maktablari, 7 o’rta maxsus va xunar-texnika bilim yurtlari, 2 akademik litsey, 6 kasalxona, 20 ga yaqin ambulatoriya poliklinika muassasalari hamda 60 ga yaqin maktabgacha tarbiya muassasalari joylashgan. Shuningdek, tuman hududida Hamza, Abror Xidoyatov nomidagi teatrlar, satira teatri, rus yosh tomoshabinlar teatri, tsirk, 20 dan ortiq kutubxona, «Paxtakor» stadioni, San’at saroyi, Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi va boshqa madaniy muassasalar bor. Aholiga savdo xizmati ko’rsatishda «Chorsu» bozorining ahamiyati katta.
Mirobod tumani—1929 yili tashkil topgan bo’lib, u Toshkentning janub tomonida joylashgan. Aholisi 123 ming kishi (2001 y.). Ushbu tuman Toshkent shaxrining 5,7 foiz maydoni va yana shuncha miqdorda aholisini o’zida mujassam etadi.
2000 yili Toshkent shaxri bo’yicha jami sanoat maxsulotining 12,4 foizi Mirobod tumaniga to’g’ri keladi (22-jadval). Ishlab chiqarish salohiyatiga ko’ra tuman o’rtacha mavqega ega. Sanoat mahsuloti xajmi 2000 yili 1999 yilga nisbatan 136,5 foizga o’sgan. Sanoat mahsulotining 62,1 foizi nodavlat sektoriga to’g’ri keladi. Tuman hududidan temir yo’l magistrali o’tgan.
Mirobod tumanida 60 ga yaqin sanoat korxonalari bor. Yirik sanoat korxonalaridan «O’rta Osiyo elektr apparatlari», «Qizil tong», «Foton», «Uchkun» ishlab chiqarish birlashmalari, teplovoz ryomonti, kimyofarmatsevtika, «Tashximselmash», ikkinchi temir-beton buyumlari (JBI-2) zavodlari qurilgan.
Ijtimoiy soxa muassasalaridan 24 ta umumta’lim maktablari, 50 dan ortiq maktabgacha tarbiya muassasalari, 10 kasalxona, 15 ambulatoriya-poliklinikalar mavjud.
Mirobod tumanida Temir yo’l transporta injenerlari instituti, Kimyo-texnologiya, Farmatsevtika, Avtomobil yo’llari institutlari, 3 o’rta maxsus bilim yurti, akademik litsey va shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri, san’at muzeyi, 10 kutubxona, madaniyat va istiroxat bog’lari, ko’plab maishiy xizmat ko’rsatish muassasalari bor (mazkur tuman hududida Toshkent shaxri xokimiyati joylashgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |