Lim vazirligi guliston davlat universiteti


O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi



Download 2,96 Mb.
bet111/249
Sana13.02.2022
Hajmi2,96 Mb.
#445962
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTMOIY GEOGRAFIYA (O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi.
O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati keng qamrovli bo’lib bormoqda. Mamlakatimizda chet el firmalari mablag’i ishtirokida tuzilgan qo’shma korxonalar soni 6 mingdan oshib ketdi. Ular orasida dunyoga tanilgan "SamSo’ng", "DEU", "Nyumont-Mayning", "Filips" va boshqalar samarali faoliyat ko’rsatmoqda. Hozirgi vaqtda O’zbekistonni dunyoning 170 ga yaqin mamlakati tan olgan, shundan 140 dan ortig’i bilan diplomatik munosabatlar o’rnatilgan. Poytaxt - Toshkentda 50 ga yaqin mamlakatning elchixonalari faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbekistonning chet mamlakatlarda elchixonalari, konsulliklari va 30 dan ortiq vakolatxonalari ishlab turibdi.
O’zbekistonning xorijiy kompaniya va firmalar bilan hamkorligi, ularning hududimizda to’la faoliyat ko’rsatib ishlashiga kafolat berilganligi tashqi savdoga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Shunday qilib, mamlakatimiz tashqi aloqasi, savdo geografiyasi juda kengayib bormoqda. O’zbekiston barcha qitO’alarda joylashgan davlatlar bilan keng qamrovli savdo-sotiq aloqalarini olib bormoqda. Tashqi savdoda Evropa-66,3, Osiyo-28,0, Amerika qitO’asi-5,4, Afrika-0,1, Avstraliya va Okeaniya-0,2 foizni egallaydi. Keyingi yillarda O’zbekiston tashqi savdo aylanmasida MDH va xorijiy mamlakatlar hissasida birmuncha o’zgarishlar sodir bo’ldi.
Agar 1994 yilda tashqi savdo aylanmasining 58 foizi MDH davlatlari hissasiga to’g’ri kelgan bo’lsa, 2004 yilga kelib bu ko’rsatkich 34,6 foizga teng bo’ldi. Uzoq xorij mamlakatlarining salmog’i esa 1994-2004 yillarda mos ravishda 42 foizdan 65,4 foizga o’sdi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, MDH mamlakatlari orasida O’zbekistonning asosiy savdo hamkorlari Rossiya, Qozog’iston va Ukraina hisoblanadi. 2004 yilda jami eksportning 14,9 foizi Rossiya, 3,8 foizi Qozog’iston, 2,3 foizi Ukraina hissasiga to’g’ri kelgan bo’lsa, jami importda mazkur mamlakatlarning ulushi muvofiq ravishda 24,0; 6,3 va 4,5 foizni tashkil etdi.
Uzoq xorij mamlakatlari orasida Buyuk Britaniya (7,9 %), Eron (6,9 %), Turkiya (4,1 %), va AQSh (3,1 %) mamlakatimiz eksportida sezilarli o’ringa ega bo’lsa, import tarkibida AQSh (10,3 %), Janubiy Koreya (9,2 %), Germaniya (7,1 %), Xitoy (7,0 %) yuqori salmoqqa ega.
So’nggi yillarda mamlakatimiz eksport tarkibida bir qator o’zgarishlar yuz berdi. Paxta tolasi mamlakat eksportida muhim o’rin tutsada, uning ulushi mustaqillik yillarida 2,6 martadan ziyodroqqa pasaydi (1992 yilda 47,9 foizdan 2004 yilda 18,1 foizgacha). Istiqlol davrida eksport tarkibida yangi soha-xizmatlar paydo bo’ldi va uning jami eksportdagi ulushi 2004 yilda 11,8 foizni tashkil etdi. Kelajakda O’zbekiston eksportining tovar tarkibini oziq-ovqatlar, mashina va asbob-uskunalar, shuningdek, boshqa tayyor mahsulotlar eksportini oshirish orqali mamlakat eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish mumkin.
Bugungi kunda respublikamizda o’tish iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyatlari va tarkibiy o’zgarishlar yo’nalishlaridan kelib chiqqan holda import tarkibini takomillashtirish sohasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu chora-tadbirlarning natijasi o’laroq mustaqillik yillarida importning tovar tarkibida sezilarli ijobiy o’zgarishlarga erishilmoqda.
Istiqlol yillarida oziq-ovqat mahsulotlarining O’zbekiston jami importidagi salmog’i sezilarli darajada pasaydi: agar 1992 yilda jami importning 36,8 foizi oziq-ovqat mahsulotlari hissasiga to’g’ri kelgan bo’lsa, 2004 yilga kelib bu ko’rsatkich 6,8 foizga teng bo’ldi. Bu eng avvalo, oziq-ovqat mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan dasturning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasidir.
Import tarkibida yana bir muhim o’zgarish shundan iboratki, mustaqillik yillarida energiya manbalari importi sezilarli darajada kamaydi.
Agar 1992 yilda jami importning 25,5 foizini energiya manbalari tashkil etgan bo’lsa, 2004 yilga kelib bu ko’rsatkich 2,1 foizga teng bo’ldi. Yuqoridagi o’zgarishlar natijasi o’laroq, bugungi kunda mamlakatimiz don va yoqilg’iga bo’lgan ehtiyojlarini asosan milliy ishlab chiqarish evaziga qoplanmoqda.
Import tarkibini optimallashtirish borasida erishilgan ijobiy natijalardan yana biri jami importda mashina va asbob-uskunalar ulushining 1992 yilda 9,2 foizdan 2004 yilda 46,0 foizgacha o’sganligi hisoblanadi. Bu holat respublikamiz hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan milliy iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish va modernizatsiyalash strategiyasiga muvofiq keladi.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish