Aholisi va mehnat resurslari. Xorazm viloyatining eng katta boyligi uning halqidir. Viloyat aholisi 1989—2002 yillarda 135,5 foizga yoki xar yili 1,55 foizdan kupayib borgan. Ammo bu raqam mamlakat o’rtacha ko’rsatkichlardan pastroq (1,95 foiz).
Aholi joylashuvida, qo’shni Qoraqalpog’istonga o’xshash, katta hududiy tufovutlar yuq o’rtacha zichlik 1 km2 ga 228 kishini tashkil etgan holda u 180 kishidan (Yangibozor tumani), 350 kishigacha (Xiva tumani) farq qiladi. Shuningdek, Urganch, Xazorasp tumanlarida ham aholi ancha zich joylashgan.
Viloyatda urbanizatsiya darajasi past—24 foizga yaqin aholi mavjud 3 shaxar (Urganch, Xiva va Pitnak) hamda 7 shaxarchada (Gurlan, Qoshko’pir, Chalish, Xazorasp, Xonqa, Shovot, Yangibozor) yashaydi. Urbanizatsiya ko’rsatkichi Respublikamizda faqat Surxondaryo viloyatidan yuqoriroq xolos, shaxarlar soni bo’yicha esa u eng oxirgi o’rinda. Viloyatning ma’muriy markazi Urganchda 140 ming, «ikkinchi» shaxar Xivada 50 ming kishi istiqomat qiladi.
Aholi sonining o’sganda uning tabiiy xarakatini roli katta. Tug’ilish xar ming kishi hisobiga 2001 yilda viloyat bo’yicha 22,5, o’lim 4,9 kishiga, tabiiy o’sish esa 17,6 promillega teng bo’lgan. Tug’ilish koeffitsienti Hazorasp, Gurlan va Bog’ot tumanlarida yuqoriroq (26—27 promille), o’lim ko’rsatkichlari esa Urganch shaxrida biroz katta (6,5—7,0 promille). Bolalar o’limi viloyat bo’yicha xar 1000 tug’ilgan chaqaloqqa 24,7 ga teng bo’lib, u Urganch shaxri va Gurlan shaxarchasida birmuncha yuqoriroq.
Viloyatda aholi migratsiyasi Respublika boshqa hududlariga qaraganda ancha sust rivojlangan. Masalan, 1997 yilda viloyat shaxar joylariga atigi 1980 kishi kelgan va bu erdan 360 kishi ketgan (migratsiya qoldig’i minus 1621); 1998 yilda bu ko’rsatkichlar yuqoridagilarga mos holda 1890; 3680 va minus 1790 kishini tashkil qilgan.
Alohida ta’kidlash joizki, O’zbekistonda faqat Xorazm viloyati qishloq joylarida aholining migratsiya aloqalari ijobiy, holos. Chunonchi 1997 yilda viloyat qishloqlariga hammasi bo’lib 2968 kishi kelgan (1998 yilda 3997), ketganlar 3301 (3372) va migratsiya qoldig’i 786 (625) kishiga teng bo’lgan.
Xorazm viloyati demografiyasining yana bir xususiyati shundaki, uning aholisi asosan bir millatli hisoblanadi. Masalan, 1989 yildagi aholi ruyxati ma’lumotlariga qaraganda, viloyat aholisining 94,6 foizini O’zbeklar tashkil etgan. Albatta, yuqorida keltirilgan aholining o’sishi, joylanishi, tabiiy va migratsiya xarakati, milliy tarkibi, viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida e’tiborga olinishi kerak.
Jami aholidan 650 ming kishi mehnatga layoqatli yoshdagilar hisoblanadi. Ish bilan band bo’lganlar soni 450—460 ming kishi, rasman ishsiz sifatida mehnat birjasida kayd etilganlar 2500—2540 kishi atrofida.
2000 yil ma’lumotlariga binoan, jami band aholining 8,8 foizi sanoatga, 40,6 foizi qishloq xo’jaligiga va 8,4 foizi qurilishga to’g’ri keladi. Shuningdek, talim, madaniyat, fan sohalarida ham mehnat resurslarining kattagina qismi ishlaydi (13,5 foiz). Respublika o’rtacha ko’rsatkichlariga qiyoslasak, bu erda qishloq xo’jaligida aholi bandligining yuqoriroq va sanoatda esa pastligining guvoxi bo’lamiz (O’zR da bu ko’rsatkichlar 36,2 va 12,6 foizga barobar).
2000 yilda Xorazm viloyati qishloq xo’jaligida 7,2 ming kishi ortiqcha ishchi kuchi sifatida bo’shagan va shu yili qishloq joylarida 14,1 ming yangi ish o’rinlari yaratilgan. Bu asosan sanoat va ijtimoiy sohalar, kichik tadbirkorlik hisobidan amalga oshirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |