Iqtisodiyotning hududiy tarkibi. Bu jihatdan viloyatni ikki asosiy qismga ajratsa bo’ladi: Namangan gurux rayonlari va Chust—Pop rayoni. Albatta, birinchi rayonning iqtisodiy yuki kattaroq. Boshqa tomondan, viloyat iqtisodiyotini tekislik va tog’-tog’ oldi rayonlarga ajratish mumkin. U holla ikkinchi tabiiy-iqtisodiy mintaqaga Kosonsoy va Yangiqo’rg’on tumanlari hamda Chust va Pop tumanlarining shimoliy qismlari kiradi. Ushbu hududda nisbatan tezroq Kosonsoy shaxri rivojlanib bormoqda, iqtisodiy salohiyati esa birinchi, ya’ni tekislik rayonida katta (Namangan sanoat tuguni ham aynan shu mintaqada joylashgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |