Turli – tuman qotishmalarning sovish chiziqlaridan foydalanib, sistemaning holat diagrammasi tuziladi (9.2. – rasm). Buning uchun abstsissalar o’qiga sistemaning og’irlik yoki molekulyar foizlar bilan ifodalangan tarkibi, ordinatalar o’qiga qotish harorati qo’yiladi. Diagrammaning eng chetki ordinata chiziqlarini toza metallar, masalan, vismut va kadmiy egallaydi. Abstsissalar o’qinin hammasi 100 bo’lakka bo’linadi. Masalan, uning qoq o’rtasi 50% vismut va 50% kadmiyga to’g’ri keladi.
Sovish diagrammasidan olingan ma‘lumotlar bu diagrammaga ko’chiriladi. Buning uchun abstsissalar o’qiga qotishma tarkibini, ordinatalar o’qiga esa sovish diagrammasida chiziq singan haroratlarni qo’yib, bir necha nuqta hosil qilinadi. So’ngra bu nuqtalar bir – biri bilan tutashtiriladi. Shunday qilib, ikki komponentli sistemaning suyuqlanish diagrammasi hosil bo’ladi. 9.2 – rasmdagi diagramma ham shu tariqa hosil qilingan. Diagrammada minimumda turadigan 0 nuqta evtektikani ifodalaydi. Diagrammani yuqori qismdagi АОВ chizig’i ustida yotuvchi soha (I) har xil tarkibli suyuq qotishmalarga to’g’ri keladi. СД chizig’idan pastdagi soha vismut va kadmiyning qattiq qotishmalariga to’g’ri keladi, chunki 1460 dan past haroratda har qanday qotishma ham qotib qoladi. ВОД ichida yotuvchi soha (II) qattiq kadmiy bilan suyuq qotishmaga to’g’ri keladi. АОС ichida yotuvchi soha (III) suyuq qotishma bilan qattiq vismutning birgalikda mavjud bo’lishiga to’g’ri keladi. AO va ВО chiziqlari likvidus chiziqlari deyiladi (likvidus so’zi lotincha bo’lib, suyuq demakdir). СД chizig’i solidus chizig’i deb ataladi (solidus so’zi lotincha bo’lib, qattiq demakdir). Chunki undan pastda qattiq faza turadi. IV soha qattiq evtektika va kadmiy kristallariga, V soha qattiq evtektika va vismut kristallariga to’g’ri keladi.
Endi bu diagrammani fazalar qoidasi nuqtai nazaridan ko’rib chiqamiz.
9.2 – rasm. Bitta evtektik nuqtaga ega bo’lgan ikki
komponentli sistema diagrammasi
AO va ВО likvidus chiziqlaridan yuqorida faqat bir faza (suyuqlik) bo’ladi; komponentlar soni 2 ga teng, fazalar qoidasi bu soha uchun quyidagicha yoziladi:
Ђ = К – Ф + 1; Ђ = 2 – 1 + 1; bundan Ђ = 2
Demak, sistemani erkinlik darajasi 2 ga teng, ya‘ni AO va ВО chiziqlaridan yuqorida yotuvchi sohada haroratni ham, tarkibni ham ixtiyoriy o’zgartirish mumkin, bu vaqtda fazalar soni o’zgarmay qoladi. Sistema ikki variantlidir.
AO va ВO chiziqlari bo’ylab vismut va kadmiy kristallari ajralib chiqadi; bu yerda fazalar soni 2 ga teng. Erkinlik darajasi topiladi:
Ђ = К – Ф + 1; Ђ = 2 + 1 – 2 = 1
АО va ВО chiziqlari bo’ylab sistema monovariantlidir, ya‘ni ma‘lum haroratga ma‘lum tarkibli suyuq qotishma to’g’ri keladi.
Mavzu: Solidus holat chizig`i deganda nimani tushunasiz.
Reja:
Solidus chizig`i nima?
Likvidus chizig`i nima?
Solidus holat chizig`ining diagrammalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |