8-mavzu: Ilmiy ishlarni badiiy jihatdan rasmiylashtirish va himoya qilish. Ilmiy tadqiqotning masu’liyatli bosqichini olingan natijalarni rasmiylashtirish tashkil qiladi. Katta fanga qadam tashlagan yosh tadqiqotchi qo‘lga kiritgan izlanish natijalarini Oliy ta’lim muassasi hukmiga taqdim qilishdan oldin ilmiy ishlarni rasmiylashtirish qonun-qoidalari bilan batafsil tanishib chiqishi va ularni o‘zini faoliyatida tatbiq qilish lozim.
9-mavzu: Ilmiy grant uchun materiallarini taeyorlash metodologiyasi. Milliy ilmiy-tadqiqotlar va ishlanmalarni moliyalashtirish usullaridan biri tanlov asosida moliyalashtirishdir. Ilmiy jamoatchilik va mustaqil ekspertlarning fikricha, grant loyihalari tanlovlari — moliyalashtirishning eng shaffof turi sanaladi. Grant tizimi nafaqat malakali ilmiy ekspertiza orqali istiqbolli loyihalarni saralab olish, balki ilmiy-tadqiqot ishlarining sifatini nazorat qilishning samarali vositasi hisoblanadi.