O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanni o‘qitishning maqsadi ––– talabalarga matematik analiz, algebra, differensial tenglamalar, matematik fizika tenglamalari, hisoblash usullari, matematik modellashtirish masalalarini kompyuter yordamida echishni o‘rgatishdan iborat.
Fanni o‘qitishning vazifasi — olingan nazariy bilimlar yordamida muayyan masalalarni echishga o‘rgatishdan iborat.
Fanni o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
-olingan bilim va ko‘nikmalar natijasida mutaxassislik sohasiga tegishli masalalarni echishda MathCAD va Maple kabi matematik paketlardan foydalanish bo‘yicha tegishli bilimlarga ega bo‘lishlari kerak.
-yangi informatsion texnologiyalarga suyangan holda zamonaviy dasturiy ta’minotdan samarali foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
-kompyuter tarmoqlarida jumladan, Internet muhitidan foydalanish, Windowsning multimedia imkoniyatlaridan xabardor bo‘lish, kompyuter grafikasi va ma’lumotlarni kompyuterga kiritishning avtomatik vositalari, tabiatdagi jarayonlarning matematik modellari va ularni matematik paketlar yordamida echish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |