Ligi fаrg‘оnа dаvlат univеrsiтетi



Download 217 Kb.
bet1/6
Sana12.05.2022
Hajmi217 Kb.
#602326
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi dav


O‘ZBЕКISТОN RЕSPUBLIКАSI
ОLIY VА O‘RТА МАХSUS ТА’LIМ VАZIRLIGI
FАRG‘ОNА DАVLАТ UNIVЕRSIТЕТI

O’ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI

5120300 – Tarix (Jahon mamlakatlari boyicha)


18.70 “A” -guruh talabasi Ro’zaliyeva Nilufarning


O’ZBEKISTON DAVLATCHILIGI TARIXI
FANIDAN
«Qishloq xo‘jaligini jamoalashtirish siyosati va uning og‘ir oqibatlari »
mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: R.Akbarov
Farg’ona shahri 2020-2021-o’quv yili
MUNDARIJA
KIRISH
I bob. O’rta Osiyoda yer egaligi munosabatlari 1.1.Sovetlarning yer – suv islohotlari. 1.2.Qishloqda jamoalashtirish sari yo’l tutish II bob. Urush yillarida O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli 2.1.Sotsialistik qayta qurish va jamoalshtirish masalalarining hujjatlardagi tavsifi 2.2.Urushdan keyingi yillarda O’zbekiston qishloq xo’jaligi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mustabid tuzum davrida yaratilgan juda ko’plab ilmiy adabiyotlarda o’zbek qishlog’ida amalga oshirilgan yoppasiga jamoalashtirish va «quloq» qilish siyosati ijobiy baholangan, uning barcha jarayonlari soxtalashtirilgan. Sovetlar davri adabiyotlarida yoppasiga jamoalashtirishning o’tkazilishi «lenincha kooperativ rejasining tantanasi», «qishloq sotsializmning olamshumul g’alabasi» sifatida baholangan hamda uning salbiy aytish mumkinki fojiali oqibatlari keng xalq ommasidan yashirib kelingan. Bugungi kunda O’zbekistonda 1920-1930 yillardagi agrar o’zgartirishlar va uning oqibatlari muammosiga bag‗ishlangan bir qancha asarlar mavjudki, ularni arxivshunoslik nuqtai-nazaridan tahlil qilish, ularda o’rganilgan masala va yo‗nalishlarni aniqlash, ilgari surilgan nazariy xulosalar va ma‘lumotlarni o’zaro qiyoslash, sovet davri adabiyotlari bilan taqqoslash va ijobiy tomonlarini ko’rsatib berish g‗oyat muhim va dolzarb ehtiyojga aylanib bormoqda. Sovetlar davrida ham yoppasiga jamoalashtirish siyosatiga doir adabiyotlarni O’zbekistonda arxivshunoslik aspekti bo’yicha maxsus o’rganilmaganligi ham ushbu masalaning dolzarb ekanligidan dalolat beradi. Ushbu mavzuni o’rganishning dolzarbligi yana shu bilan izohlanadiki, masalaga doir sovet davri5 hamda mustaqillik yillarida yaratilgan ilmiy adabiyot va tadqiqotlarni arxivshunoslik nuqtai-nazaridan tahlil qilish, o’zaro qiyoslash o’sha davr tarixiy jarayonlaridagi butun haqiqatni to‗la anglab etish, uning xali o’rganilmagan yangi qirralarini belgilash jihatidan ham ahamiyatlidir.YUqoridagi fikrlardan kelib chiqib, ta‘kidlamoqchimizki, O’zbekiston qishloq xo’jaligini yoppasiga jamoalashtirish va «quloqlashtirish» siyosati arxivshunosligi ushbu kungacha alohida tadqiqot ob‘ekti bo’lmagan. Jamoalashtirish siyosati V.I.Lenin ilgari surgan sotsializm qurish rejasining tarkibiy qismidir. Taniqli tarixchi olima Rahima Aminova jamoalashtirishga baho berib bunday degan edi: «Kollek- tivlashtirish - ishlab chiqarishga davlat monopoliyasi o'matilishi- ning naq o ‘zginasidir. Partiyaviy-g‘ oyaviy siyosat hukmronligi tufayli yuzaga kelgan kollektivlashtirish nazariyasi va tajribasi bugunga kelib chilparchin bo‘ldi. Kishining ishlab chiqarishdagi mehnatiga haq to‘lov o‘zaro tenglik asosiga qurilmaganidan bu siyosat o‘zini oqlamadi. Tabiiyki, moddiy manfaatdorlik bo‘lmagan joyda tashabbuslar ham so'nadi. Tashabbus, izlanish bo‘lmagan joyda esa, ish orqaga ketadi. Buning ustiga hayotning o‘zi kollektivlashtirish muammosini ko‘tarib chiqmagan edi. Nazariyachilar asrlar osha shakllanib kelgan ishlab chiqarish usullariga bepisand qaradilar. Zo‘rovonlik bilan o‘tkazilgan siyosat ko‘plab ishbilarmon, tadbirkor odamlaming ishga, yerga bo‘lgan munosabatini sovitdi. E’tirof etmoq joizki, bugungi dasturxonimizning g‘aribligi ham, ko‘p jihatdan qishloq xo'jaligini kollektivlashtirish «samarasidir». Jamoalashtirishni amalga oshirishdan ko‘zlagan bosh maqsadi - mamlakatga ko‘proq paxta yetkazib berish va SSSR paxta mustaqilligini ta’minlashdan iborat edi. 20-yillar SSSR Amerika Qo‘shma Shtatlaridan paxta sotib olish uchun har yili 300 million so‘mdan ortiqroq oltin pul sarflar edi.Sho‘ro hukumati va kompartiya mustamlaka asoratidagi o’ikar xalqlarini qul o'rida ishlatib hisobsiz daromad olishning eng maqbul shakli bo'lgan jamoalashtirish siyosatini amalga oshirish uchun ayyorlik va ustamonlik bilan uzoq tayyorgarlik ishlarini olib bordi. Bu borada amalga oshirilgan yer-suv islohoti muhim o‘rin tutadi. Yer-suv islohoti ikkii bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqich 1920-yillaming boshlarida o'tkazildi va o‘lkada amalga oshirilgan milliy davlat chegaralanishi munosabati bilan ma’lum muddatga to‘xtab qoldi. Ikkinchi bosqich esa 1925-1929-yillami o‘z ichiga oladi.

Download 217 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish