( madhiya kuylanadi).
Ustozlarning o`gitin
Dilimizga joylaylik.
Dilda hayajon bilan
Bayramimiz boshlaylik!
Shahzoda:
Tanitib yurt jahonga .
Erk bergan har insonga !
Qaytdik dinu iymonga
Dilda ardoqli kalom
Mustaqil yurt assalom!
Og`iljon :
\Bilimga keng yo`l ochgan ,
Bizni erkalab quchgan
\Sizgadir ushbu kalom ,
Muallimlar assalom!
Bozorbekov .Sh:
Uzun tunlar allalab,
Oq yuvib oq tarab.
O`stirdingiz erkalab.
Sizgadir ushbu kalom
Onajonlar assalom!
Charos: Kunday yorug` darsxona
Biz –farzandmiz, siz- ona.
Bo`lib bizga parvona,
Dida ardoqli kalom ,
Ona maktab assalom!
__________________________________________________________________
Boshlovchi: Bolalar , Vatan deganda nimani tushunasiz?
Azizbek: Vatan –kindik qonimiz to`kilgan tuproq
Umrbek: Vatan – bu beshigimiz, ko`chamiz, uyimiz, turar joyimiz.
Behruz: Vatan- bu Ona tilimiz.
Akbar: Vatan – bu buyuk Millatimiz.
Endi navbat vatan haqidagi she’rlarga.(Azizbek,Jalol, Zafarbek, Mardona, Shahzoda, Sanjar)
Endi navbat o`quvchilar ijrosida raqs.(Akbar, Dilnura,Shahriyor,Ruxshona, Diyorbek,Ruxshona , Bekzod,Mardona).
Do'stlaringiz bilan baham: |