Liderlikni aniqlash testi
Savollarga o’ylab o’tirmasdan javob bering. Uchta javobni ishlatishingiz mumkin:
“Ha”, “Yo’q” va “Bilmayman”.
1. Bolaligimdanoq boshqa insonlarga bo’ysunish men uchun katta muammo edi.
2. Menimcha, boshqalar ustidan hukmdorlik qilish hissi rivojlangan insonlarsiz fan
va madaniyatda rivojlanish bo’lmagan bo’lardi.
3. Menimcha, haqiqiy erkak ayolni o’z irodasiga bo’ysundirishning uddasidan
chiqa oladi.
4. Rostini tan oladigan bo’lsam, yaqinlarimning g’amxo’rligidan ensam qotadi.
5. Ayolning asl tabiati bo’ysunuvchanlik, degan tasdiqqa to’la-to’kis qo’shilaman.
6. Yaqinlarimning farovon yashashlari uchun barcha mas’uliyatni o’z zimmamga
olishga majbur ekanligimni menimcha hamma ham tushunavermasa kerak.
7. Menimcha, juda ko’plab muammolar qattiqqo’l lider yo’qligidan kelib chiqadi.
8. Tezda qaror chiqarilishi lozim bo’lgan murakkab vaziyatlarda to’g’ri yo’l
tutishim uchun ko’p vaqt talab etilmaydi.
9. Nimani sevishimni juda yaxshi bilaman va boshqa insonlarni boshqarishim
mumkin.
10. Hech kimning oldida oxirigacha ochilishni istamayman va bu qo’limdan ham
kelmaydi.
11. “Sokin go’sha” haqidagi orzular menga yoqadi.
12. Menimcha, xodim boshlig’ining har qanday buyrug’ini bajara olishi kerak.
13. Ehtimol, bu g’alati ko’rinar, biroq yaqinlaridan nimanidir so’rash to’g’ri kelib
qolgan vaziyatlarda ich-ichimdan qarshilik sezaman.
14. Mendan kimdir izoh talab qiladigan vaziyatlar tez-tez ro’y berib turadi, biroq
mening nazarimda, hammasi shundoq ham ravshan bo’ladi.
15. Fikrimcha, xarakterim oilamizda ustun bo’lgan otam (onam) ning xarakteriga
juda o’xshash.
Har bir “Ha” javobiga 10 ball, “Bilmayman”ga 5 ball, “Yo’q”ga 0 ball belgilang.
TEST NATIJALARI:
150-100 ball: Sizning javoblaringiz nima qanday ekanligi va qanday bo’lishi
kerakligini biluvchi buyuk diktator siymosini yaratmoqda. Bunday xatti-
harakatingizni siz osongina oqlaysiz. Siz boshqalarni ishontirolasiz va ishni o’z
muddatida bajartirish uchun ular ustidan rahbarlik qilolasiz. Biroq, dam-badam
qo’l ostingizdagilarning tovushida, nigohlarida “dam olishga fursat bering”, degan
nido ko’rasiz!
95-50 ball: Muvozanat va qat’iyat, oqillik va hisob-kitob, to’g’ri va oqilona
maslahat berish — mana bular sizning bosh fazilatlaringizdir. Boshqalarning fikri
va istagini hisobga olib, agar muhim bo’lsa boshqarasiz, agar kerak bo’lsa yon
berasiz.
Biroq
kerakli
vositalardan
foydalanib
doim
ham
maqsadga
yetishayotganingiz yoki yo’qligini faqat o’zingiz bilasiz.
45-0 ball: Sizning javoblaringiz “psixologik ilon”ga xos. Garchi zaruriyati
bo’lmasa-da, har qanday jerkishni osongina hazm qilasiz, hech kim talab
qilmayotgan bo’lsa-da, bor-budingizni qurbon qilishga tayyor bo’lasiz. Ko’pincha
o’z ojizligingizni anglagach, siz... dadil xatti-harakatlarni amalga oshirasiz.
CHorasizlikdan, o’zingizda yetishmayotgan harakter qirralarini boshqalardan
qidira boshlaysiz va o’zingiz uchun eng yaxshi hayot umidi va ma’nosini ana
shundan topasiz.