Qushlar sinfi sistematikasi va ekologiyasi bo`yicha test topshiriqlari. S = 75
1. Kurakoyoqlilar turkumiga mansub qushlarni ko`rsating. A. Bulduruq.
B. Birqozon. V. Kulrang o`rdak. G. Qoravoy. D. Suqsur. E. Saqoqush. J. Oqqush.
2. Ko`kraktojsiz qushlarga xos javoblarni belgilang. A. Apteriylari bo`lmaydi. B. Apteriylari bo`ladi. V. Pat yelpig’ichlari yaxshi rivojlanmagan. G. Patlari yaxshi ixtisoslashmagan. D. Pat yelpig’ichlari rivojlangan. E. Ko`krak suyagi keng va yirik. J. Ko`krak va korakoid suyaklari o`zaro ko`shilib ketgan. Z. To`sh suyagi kengaygan. I. Chanoq va bosh kutisi suyaklari ko`pincha to`liq ko`shilib ketmaydi. K. Dumg’aza bezi kuchsiz rivojlangan. L. O`mrov suyagi yaxshi rivojlangan. M. Dumg’aza bezi yaxshi rivojlanmagan. N. Barmoqlari ko`pincha ikkita yoki uchta. O. Barmoqlari to`rtta. P. Kopulyativ organi bor. R. Yaxshi ucha olmaydi. S. Suyaklari pnevmatikligi kuchli emas. T. Jag’larida tishlari saqlanib qolgan.
Z. Pingvinlar qaerlarda saqlanib qolgan? A. Janubiy Amerika sohillarida.
B. Avstraliya sohillarida. V. Shri-Lanka sohillarida. G. Sharqiy Afrika sohillarida.
D. G’arbiy Afrika sohillarida. E. Galapagos orollarida. J. Arktikada. Z. Antraktidada.
4. Arxeopteriksni sudralib yuruvchilarga o`xshashlik belgilarini ko`rsating:
A. Muguz tumshug’ining bo`lmasligi. B. Muguz tumshug’ining bo`lishi. V. Umurtqa pog’onasi dum qismida umurtqalarining bo`lishi. G. Pat qoplami rivojlanganligi.
D. To`sh suyagi ingichka bo`lishi, toj suyagi bo`lmasligi. E. Kurak suyagi qilichsimon bo`lishi. J. Ilik suyagi rivojlanganligi. Z. Qorin bo`limida qovurg’alarning bo`lishi. I. Oyoqlaridagi bosh barmog’ining boshqa uchta barmog’iga qarshi qo`yilganligi. K. Chanoq suyagining faqat 4-6 ta umurtqa bilan qo`shilganligi.
5. Laylaksimonlarning tuzilishi va hayot kechirishiga xos javoblarni belgilang: A. Bo`yni uzun, oyoqlari kalta. B. Tumshug’i odatda uzun. V. Oyoqlarining pastki kismi patli. G. Tumshug’ining chetlarida muguz tishchalari bor. D. Oyoq kafti va boldiri pastki qismi patsiz. E. Oyoqlari to`rt barmoqli. J. Uchta barmoklari o`rtasida kichik parda bor. 3. O`simlik urug’lari bilan oziqlanadi. I. Jish jo`ja ochadi. K. Jo`ja ochadi.
6. Tovuqsimonlar turkumiga oid qushlarni ko`rsating. A. Baliqchi.
B. Qirg’ovul. V. Bedana. G. Kaklik. D. Bulduruq. J. Kayra. Z. Zag’izg’on.
7. Botqoq-o`tloq qushlarini ko`rsating: A. Turna. B. To`ti. V. Karqara.
G. Laylak. D. Qirg’ovul. E. Baliqchi . J. Bekas. Z. G’oz. I. Quzg’un. K. Kulik.
8. Suv qushlari uchun xos bo`lgan belgilarni ko`rsating: A. Patlari kalta.
B. Patlari tig’iz joylashgan. V. Patlari siyrak va uzun. G. Momiq patlari yaxshi rivojlangan. D. Momiq patlari faqat qorin kismida joylashgan. E. Dumg’aza bezi kuchli rivojlangan. J. Ikkinchi va uchinchi barmoqlar o`rtasida suzgich pardalari bor. Z. Barcha barmoqlari orasida suzgich pardalari bor.
9. Chumchuqsimonlar turkumiga mansub qushlarni ko`rsating: A. Nirundo rustisa. B. Falco regegginis. V. Aguila shrysaetus. G. Aegypius monachus. D. Passer roseus.
E. Luscinia luscinia.
10. Tovuqsimonlar, laylaksimonlar va pingvinlar turkumlarini ko`rsating: A. Anserifogmes. B. Gallifogmes. V. Ciconiifomes. G. Falconiformes.
D. Sphenisciformes. E. Gruiformes.
11. Qaysi kushlar koloniya bo`lib uya kuradi? A. Kaptarlar. B. Baliqchilar.
V. Qoravoylar. G. Qaldirg’ochlar. D. O`rdaklar. E. Kayralar. J. Go`ng qarg’alar.
Z. Chumchuqlar.
12.Cho`l qushlarini ko`rsating: A. Tuvaloq. B. Jiblajibon. V. Qarg’a.
G. Tuyaqush. D. Oqbovur. E. Qirg’iy J. Kivi. Z. To`rg’ay. I. Xo`jasavdogar.
K. Kolibri.
13. Daraxt kovagida uya quradigan qushlarni ko`rsating. A. Bulbul. B. Burgut. V. Ayrim to`tilar. G. Qizilishtonlar. D. Qarg’a. E. Boyo`g’li. J. Zarg’aldoq.
14. Jish jo`ja ochuvchi qushlarni ko`rsating: A. Kaptar. B. Nektarchi.
V. Bedana. G. Kaklik. D. Chumchuq. E. O`rdak.
15. Uzunqanotlar turkumi vakilarini ko`rsating. A. Qishloq qaldirg’ochlari.
B. Kolibrilar. V. Ko`ktarg’oqlar. G. Jarqaldirg’ochlar. D. Kurkunaklar.
E. Jiblajibonlar.
16. O`troq qushlarini ko`rsating. A. Qirg’ovul. B. Qarg’a. V. Kaklik.
G. Qorayaloq. D. Musicha. E. Bulbul. J. Mayna. Z. Zarg’aldoq. I. Chittak. K. Laylak.
17. Suv qushlarini aniqlang. A. Turnalar. B. Gagaralar. V. Laylaklar.
G. Kayralar. D. Qarqaralar. E. G’ozlar. J. Jarqaldirg’ochlar. Z. O`rdaklar.
I. Qoravoylar. K. Chumchuqlar.