KIRISH
Raqamli davrda kutubxonalar oʻzlarining mavjud falsafasini rivojlantirishlari, yosh kitobxonlarning
manfaatlarini taʼminlash, xizmat koʻrsatish va yangi ehtiyojlarga mos keladigan fondlarni yaratish
sohasidagi oʻziga xosligini taʼkidlash kerak.
Yaxshi kitobni chiroyli kutubxonada oʻqish — bu, albatta, ideal uygʻunlikdir. Tarixga nazar solsak, ilk
kutubxonalar taxminan eramizdan 2600-yillar avval paydo boʻlgan ekan. Ammo afsuski, u davrda
maʼlumotlarning barchasini saqlab qoluvchi arxivlar mavjud boʻlmagan
va bizgacha ular yetib
kelmagan.
Hilola Umarova
Prezident taʼlim muassasalari
Agentligi direktori
Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalarining zamonaviy kutubxonalari shu qadar qulay, oʻziga xos
tarzda bunyod etilganki, kitobxonlar ularni koʻrib koʻzi quvnaydi. Xoʻsh, zamonaviy kutubxonalar
nimasi bilan ajralib turadi? Ularning joylashuvi, zamonaviy tarzda
jihozlanishi va noodatiy
dizaynidan tortib, kitoblarning turli shakllarda chop etilganigacha eʼtiborni tortmay qolmaydi.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini
taʼminlash, ularning bilim olishi, mehnat qilishi, bilim va qobiliyatini roʻyobga chiqarishi uchun
zarur sharoitlarni yaratish masalalariga jiddiy eʼtibor qaratmoqda. Bu bejiz emas. Chunki, “Yangi
Oʻzbekistonni bunyod etish jarayonida yoshlar – xalqimizning asosiy tayanchi va suyanchi. Keng
koʻlamli islohotlarimizni samarali amalga oshirishda ular hal qiluvchi kuch boʻlib
maydonga
chiqmoqda. Aynan zamonaviy bilim olgan, ilgʻor kasb-hunarlarni, innovatsion texnologiyalarni,
xorijiy tillarni puxta egallagan oʻgʻil-qizlarimiz mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishda yetakchi
oʻrin tutadi”. [1]
Hozirgi vaqtda yurtimizda “Yangi Oʻzbekiston
maktab ostonasidan boshlanadi” degan gʻoya
asosida maktab taʼlimi tizimida ham katta
oʻzgarishlar
amalga
oshirilmoqda.
Toshkent
shahrida va hududlarimizda
Prezident maktablari,
ijod va ixtisoslashgan maktablar soni koʻpayib
bormoqda. [2]
Mamlakatimiz rahbarining kitob mutolaasi va
kitobxonlik madaniyatini yaxshilash toʻgʻrisida
kuyunib gapirayotganliklarida oʻziga xos chuqur
falsafa bor. Eng avvalo, kitob insonni yerdan koʻkka
koʻtaruvchi, uning maʼnaviy quvvatini oshiruvchi
buyuk, moʻjizakor kuchdir. Qolaversa, kitob
insoniyatning
tarixiy xotirasi, oʻz maʼnaviy-maʼrifiy,
ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin
koʻrsatib berishga qodir mashʼala hisoblanadi.
Zero, kitob irodani toblaydi, boshqaruv mahoratini
oshiradi. Bugungi tezkor
va zamonaviy sharoitda
intellektual salohiyati yuksak kadrlarni tayyorlashda
yoshlarning
kitobga
munosabatini
yanada
yaxshilash, jamiyatimiz uchun yetuk kadrlar
tayyorlanadigan taʼlim maskanlarida mavjud
kutubxonalar fondini eng yangi badiiy, ilmiy,
sohaga doir, jumladan, davlat tilidagi kitoblar bilan
muntazam ravishda boyitib borish dolzarb
ahamiyat kasb etadi.
- 4 -
Maktab kutubxonalari barcha mavjud ma'lumotlar uchun markaziy joy vazifasini bajaradi, maktab
kutubxonachisi esa kutubxonada topilgan resurslar va materiallarning
adabiy xaritasi vazifasini
bajaradi.
Maktab kutubxonasi kitobxonlarga, shuningdek, intellektual va axborot savodxonligini oshirish
uchun bir qator ta'lim imkoniyatlarini taqdim etishga xizmat qilishi lozim. Maktab kutubxonasi
o‘quvchilarning mustaqil ishlarni bajarishlari, kompyuterlardan foydalanishlari, internetga kirishlari,
tadqiqot materiallaridan foydalanishlari uchun o‘quv maydoni bo‘lib xizmat qilishi kerak.
Maktab kutubxonasida oʻquvchi va oʻqituvchilar turli manbalardan
foydalanish imkoniyatiga ega
boʻladi. Kutubxona binolari ko'pincha o'qish uchun sokin, qulay joylashuv va albatta ozoda bo'lishi
lozim.
Maktab kutubxonasi barcha turdagi ommaviy axborot vositalaridan foydalana olishi hamda
avtomatlashtirilgan va ma'lumot to'plash uchun doimiy Internetga ulangan boʻlishi, maktabda
foydalaniladigan barcha materiallar uchun markaz va muvofiqlashtiruvchi vazifasini bajarishi lozim.
Eʼtiboringizga havola qilinayotgan ushbu qoʻllanmada soʻnggi yillarda yangidan barpo etilgan
Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashgan maktablari kutubxonasida
ish yuritish va kutubxona
faoliyatini rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar berilgan.
[1] Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar
mamlakatiga aylanmoqda. – T., O‘qituvchi, 2021 B.51.
[2] Qarang: O‘sha yerda. B. 53.
Manba:
- 5 -
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA
QONUNI
Do'stlaringiz bilan baham: