НамДУ илмий ахборотномаси - Научный вестник НамГУ 2020 йил 3-сон
449
I.Akbarovning “Musiqa lug‘ati” deb nomlangan kitobida esa “doira” so‘ziga izoh
berish bilan bir qatorda uning qanday yasalganligi, musiqiy notalarda qanday aks etganligi
va qanday chalinishi haqida keng yoritilgan [7].
Azatgul Tashmatova ham “Musiqiy cholg‘ular muzeyi katalogi” da “doira” ning
qayerlarda va qanday qo‘llanishi, kim tomonidan, qachon va qanday yasalganligi haqida
ma’lumot berib o‘tgan [8].
R.Qodirov ushbu musiqa asbobini “doira” so‘zi bilan yozgan bo‘lsa, I.Akbarov
kitobida bu so‘zni “doyra” deb nomlagan. Demak, birinchi navbatda biz barcha o‘zbek
lug‘atlarida bu so‘z qanday yoritilganligi haqida ma’lumot to‘plab, bu ma’lumotlarni tahlil
qilib, umumiy bir nom bilan atab olishimiz lozim, keyin esa uning inglizcha tarjimasiga
o‘tishimiz zarur. Chunki lug‘atlar qisqa, aniq va xalqga tushunarli bo‘lishi zarur.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida esa “doira” so‘zi quyidagicha izohlangan: doira –
aylana, doira; soha, tarmoq [5]. Quyidagi so‘zlarga izoh berilgandan so‘ng, doira so‘zining
har bir sinonimi turli xil asar va jurnallardan olingan misollar bilan boyitilgan, bundan
tashqari “doira” so‘zining ko‘chma ma’nolari haqida ham to‘liq ma’lumot berilgan. Bu
cholg’uga “doira” deb izoh berilishi ham bejiz emas, chunki uning ko’rinishi aylana ya’ni
doira ko’rinishga ega.
Zarbli cholg‘ular guruhiga kiradigan “nog‘ora” so‘zini tahlil qiladigan bo‘lsak,
R.Qodirovning “Популярный музыкальный глоссарий” kitobida “urma musiqa cholg‘u
asbobi”-deb juda qisqa izoh berib o‘tgan [6].
I.Akbarovning “Musiqa lug’ati” deb nomlangan lug‘atida esa “nog‘ora” so‘ziga izoh
berish bilan bir qatorda uning qanday yasalganligi, musiqiy notalarda qanday aks etganligi
va qanday chalinishi haqida keng yoritilgan [7].
Azatgul Tashmatova ham “Musiqiy cholg‘ular muzeyi katalogi” da “nog‘ora”
haqida keng va aniq ma’lumotlar bergan bo‘lib, uning qayerlarda va qanday qo‘llanishi,
qanday yasalganligi va qayerlarda qo‘llanishi haqida ma’lumot berib o‘tgan. Hatto, ushbu
cholg‘u asbobining diametri 310 mm ekanligi va u muzeyga eksponat sifatida qabul
qilinganligi haqida ham aytib o‘tgan [8].
O‘zbek tilining izohli lug‘atida esa “nog‘ora” so‘zi quyidagicha izohlangan:
“Tuvaksimon sopolga teri qoplab yasalgan va ikkita cho‘p bilan urib chalinadigan
bir juft musiqa asbobi” [5]. Quyidagi so‘zlarga izoh berilgandan so‘ng, “nog‘ora” so‘zining
har bir sinonimi turli xil asar va jurnallardan olingan misollar bilan boyitilgan, bundan
tashqari “nog‘ora” so‘zining ko‘chma ma’nolari haqida ham to‘liq ma’lumot berilgan.
Har qanday tilning rivojlanishida uning leksikasi tez, sezilarli va jiddiy
o‘zgarishlarga uchraydi. Leksikadagi taraqqiyot yangi lug‘aviy birliklarning paydo bo‘lishi,
ma’lum lug‘aviy birliklarning iste’moldan chiqishi, so‘zlarning yangi ma’nolar kasb etishi
va ayrim ma’nolarning yo‘qolishi kabi hodisalar bilan xarakterlanadi. Ana shunday
o‘zgarishlar ma’lum darajaga yetgach, ularni nazariy va amaliy jihatdan aks ettiruvchi
ishlarga ehtiyoj tug‘iladi.
Xulosa qilib aytganda, lug‘atlarning muayyan xalq ma’naviyati va milliy
madaniyatida muhim o‘rin egallashi isbot talab qilmaydigan holatdir. Lug‘atlarni doimo
zamonaga hamnafas tarzda mukammalashtirib borish zarur. Hozirgi kunda o‘zbek tilining
soha lug‘atlari davlat tilining rivojlantirish departamenti talablari asosida qayta boyitgan
Do'stlaringiz bilan baham: |