Lev Tolstoy talqinida iymon masalasi



Download 21,2 Kb.
Sana02.07.2022
Hajmi21,2 Kb.
#731755
Bog'liq
Hakimjonova Sadoqat Tesiz



Lev Tolstoy talqinida iymon masalasi
Sadoqat Hakimjonova O‘lmasali qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Adabiyotshunoslik yo‘nalishi 1-kurs magistranti
Tel(90)6233523
Annotatsiya: Badiiy adabiyotda iymon masalasining yoritilishi, Lev Tolstoyning “Iqrornoma”asari orqali iymon masalasi talqini
Annotation: Coverage of the issue of faith in fiction, the interpretation of the issue of faith through the work of Leo Tolstoy’s “Confession”
Kalit so‘zlar: Maktub, hayot tushunchasi, inson, tajriba, iymon
Keywords: letter, concept of life, person, experience, faith
Adabiyot tarixidan ma’lumki, daho ijodkorlarga xos umumiy bir jihat mavjud. Bu jihat yozuvchining yillar davomida orttirgan bilimi, tajribasi, anglashlarini o‘zida jamlanib yozilgan maktublardir. Maktublar yozish turli ko‘rinish kasb etsada, asosan iqrorlik va anglashlari bayon etiladigan alohida bir janrga aylangandek. Misollarda ko‘rib chiqsak, XV asrda yashagan hazrat Alisher Navoiyning “Mahbub ul -qulub”, “Hayrat ul-abror ” asarlarida inson ko‘ngli va ruhiyat manzaralarini chizganini ko‘ramiz. Hozirgi kun kitobxoni ham bu asarni o‘qiganida o‘ziga ko‘plab ibratlar oladi. XX asrga kelib esa rus dahosi buyuk yozuvchi Lev Nikolay Tolstoyda ayanan mana shu holatni kuzatamiz. Uning 80 yoshlarida yozgan “Iqrornoma” asari hayoti davomida qilgan, qilolgan va qilmagan, qilolmagan ishlarini hikoya qilgan. Adib asarida “Men nima uchun tug‘ildim?”, “Nima uchun yashayapman?”, “Hayot nima o‘zi?”, “Inson nega yaratildi?”,- degan savollarni o‘ziga beradi va javob qidiradi. Turli dinlarni bir-biriga solishtirish orqali javob izlaydi. Hayot mohiyatini topishga urinadi. O‘zbek adabiyotining yorqin namunalaridan biri Asqad Muxtor ham og‘ir betob bo‘lib qolgan vaqtida, tunda bedorlik qiynab qolgan kezlarda “Tundaliklar”ni yozishga kirishadi. Ushbu asarida shu kungacha anglab yetgan haqiqatlari va iqrorliklarini qalamga oladi.
Demak, har qanday ijodkor xoh shoir bo‘lsin, xoh yozuvchi hayotdagi o‘z menini topishga intiladi, mohiyatni anglashga tirishadi, topilmalarini asarlariga ko‘chiradi va umrining so‘nggi kunlarida maktublar bitib xatolari va armonlarini yozib qoldiradi. Bu nimadan dalolat degan savol paydo bo‘ladi behosdan. Bu albatta ijodkor dunyosining kengligi, yuqori salohiyati va bilimga ega ekanligi, hech bir insonga nasib qilmaydigan bedorlikning namoyish bo‘lishini ko‘rsatadi.
Navoiy hazratlari insonni hayvondan ajratib turuvchi yagona omil bu uning nutqi emas, iymoni degan fikri naqadar chiroyli yo‘sinda o‘quvchiga yetazilgan bo‘lsa,[Hayrat ul-abror G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti Toshkent 1989] Lev Tolstoyning iymon haqidagi qarashlarini haqida gapirganda bevosita uning maktublari va yuqoridagi iqrornoma asariga murojaaat qilamiz.
“Qayerda xayot bo‘lsa o‘sha joyda insoniyat paydo bo‘lgandan beri unga yashash imkonini beradigan iymon bor ”. [Lev Tolstoy “Iqrornoma” Adabiyot uchqunlari Toshkent 2018 28-bet] Adib buni aytar ekan, bu qarorga kelgunigacha bo‘lgan hayotiga nazar tashlaydi. Iymon nima u? Qachon anglab yetdi buni? Iymonsiz yashab bo‘ladimi? Inson hayotida iymon nimani hal etadi ? Shu kabi savollarga javob izlar ekan, faqat iymondagina hayotning ma’nosini va yashash imkonini topish mumkin, iymonsiz yashab bo‘lmaydi degan qarorga keladi. Tolstoy o‘ziga “Men qanday yashamog‘im kerak?” savoliga javobni “Xudoning qonunlariga amal qilib” [Lev Tolstoy “Iqrornoma” Adabiyot uchqunlari Toshkent 2018 68-bet] degan javob orqali oladi. Ijodkorlarga xos yana bir xususiyatni aytib o‘tish joiz, asar yaratish jarayonida har bir yozuvchi o‘zga olamda yashab, o‘z olamiga qaytadi. O‘zga olamda u o‘zini kashf qilishi, o‘zidagini oyna kabi ko‘rishi mumkin, aynan manashu lahzalarda ijodkor olamida to‘ntarish hosil bo‘ladi. Bu esa paydo bo‘layotgan yangi asarlariga mas’uliyat bilan birga oldingi yozilganlariga nisbatan ayb hissini ham paydo qilishi yoki e’tiqodini uyg‘otishiga turtki bo‘lishi mumkin. Buni bemalol Tolstoy asarlarida ko‘rib o‘tishimiz mumkin. U asar yaratish jarayonida ichki talotoplarini asarga ko‘chirdi, izlayotgan savollariga qahramonlari orqali javob topmoqchi va ularning ruhiyati orqali kitobxonga nima demoqchi ekanligini yetkazmoqchi bo‘ldi va buni uddaladi ham. Asosan ushbu asarlari adibning 50 yoshlaridan keyin yozganligi unda nafaqat bilim balki hayotiy tajribaning baland ekanligi natijasi ekanligini ham unutmasligimiz kerak. Adib “Iqrornoma” asarida “Oqilona bilim meni hayotning ma’nosizligini tan olishga olib keldi, mening hayotim to‘xtab qoldi va men o‘zimga suiqasd qilish yo‘liga tushib qoldim. Tevarak atrofimdagi odamlarga, butun insoniyatga o‘girilib qarab turdimki, odamlar yashayapti va hayotning ma’nosini bilamiz deyishyapti. O‘zimga o‘girilib qaradim: men hayot ma’nosini bilganim darajada yashagan ekanman. Boshqa odamlarga o‘xshab menga ham hayotning ma’nosini va yashash imkonini iymon bergan ekan.” [Lev Tolstoy “Iqrornoma” Adabiyot uchqunlari Toshkent 2018 68-69bet] Yuqoridagi fikrni asoslash uchun, “Anna Karenina” romanidagi Anna obrazini orqali Anna o‘zidan va o‘zligidan kechgan holda muhabbat qurboniga aylandi va endi unga hayotning ma’nosi qolmagan edi. Ruhiy iztiroblari va irodasining susaygani sabab o‘z joniga qasd qildi.
Tolstoy dunyosi murakkab inson, u yaratgan asar qahramonlarining dunyosi ham aynan o‘zi kabi murakkab va sarhadsiz edi. “Shunda men ichimdan kechganlarning hammasini eslab, daxshatga tushdim. Endi menga bir narsa ayon edi- inson yashay olmog‘i uchun u cheksiz narsani ko‘rmog‘i kerak yoki hayot ma’nosini shunday tushunmog‘i kerakki, buning natijasida cheklangan narsa cheksiz narsaga teng deb hisoblanmog‘i shart. [Lev Tolstoy “Iqrornoma” Adabiyot uchqunlari Toshkent 2018 70-bet] Faqat iymondagina hayotning ma’nosi, yashash imkonini topish, anglash mumkin. Iymon katta tushuncha. Insonning inson ekanligini ko‘rsatib turuvchi narsa ham bu uning iymoni. Orttirgan tajribalari va hayotdan olgan darslari orqaligina buni anglash va tushunish mumkin ekanligini asarlari orqali ko‘rsatib bera olgan yozuvchi.
Download 21,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish