SCADA SCADA (inglizcha Supervisory Control And Data Acquistion - dispecher nazorati va ma'lumotlarni to'plash) dasturi quyidagi vazifalarni o’z ichiga oladi:
Jarayondan olingan o'lchovlar va holat to'g'risidagi ma'lumotlarni yig'ish
Jarayonga masofadan turib boshqarish
Markazlashtirilgan tizim platformasi
Qurilmalarni nazorat qilish
Jarayonlarda qo’llanilishi
Energetika tizimini loyihalashda qo’llash
Gaz, neft, kimyoviy moddalar yoki suv uchun quvur liniyalarini modellashtirish
Temir yo'l / transport jarayonlarini avtomatlashtirish
atom, gaz, uglerod ishlab chiqarish zavodlarini loyihalash
Rasm 1 SCADA sistemasi o'rnatilgan xona SCADA tomonidan nimalar boshqariladi?
kran almashtirgichlar
Kommutatsiya qurilmalari
Shunt kondensator / reaktor
Generatorning sozlash nuqtalari
Qo'zg'alish va quvvat chiqishi
Ketma-ket boshqarish tizimi
Rasm 2 Zavoddagi jarayonni boshqaruv loyihasi
Rasm 3 Elektr ta'minoti sistemalarining loyihasi SCADA boshqaruv tizimi 3 ta qismdan iborat: Masofaviy substansya
Signallar almashinuvchi qism
Markaziy boshqaruv
Rasm 4 SCADA ning ishlash prinspi Substansyada asosiy qurilmalar va ulardagi ma’lumotlarni masofaviy terminal (Remote Terminal Unit (RTU)) ga yuboruvchi aqlli elektronik qurilmalar (Aktuator, logic controller (Programmable Logic Controller (PLC)) dan tashkil topgan.
RTU - bu SCADA tizimidagi turli xil sensorlar, hisoblagichlar va boshqaruv muhiti bilan bog'liq aktuatorlar bilan bevosita aloqada bo'lgan asosiy komponent. Ushbu RTUlar real vaqt rejimida logik kontrollerlardan (PLC) ni va ma'lumotlarni uzatish uchun modem (masofaviy stantsiya ma'lumotlarini raqamli shaklga to'g'ri konvertatsiya qiluvchi qurilma), shuningdek, qabul qilingan signallarni asosiy blokdan olib boshqarish uchun ishlovchi aktuatorlardan iborat.
Signallar almashinuvi qismida axborotlar almashinuvchi qurilmalar joylashadi. Axborot almashinuvi 1200bps (inglizcha - bit per second – 1 sekunddagi bit) bo’lsada, haqiqy qiymadi 300bps dan kichik bo’ladi.
Markaziy substansyada SCADA dasturiy ta’minoti o’rnatilgan EHM lar va tashqi boshqaruv nuqtasi joylashadi
AutoCAD AutoCAD – Autodesk kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan 2D va 3D chizmalar uchun mo’ljallangan tizim tizim.
Rasm 5 AutoCAD interfeysi MS EXCEL Microsoft Excel (ba'zida uni Microsoft Office Excel deb ham atashadi) - bu Microsoft kompaniyasi tomonidan tayyorlangan elektron jadval dasturi. U iqtisodiy va statistik hisob-kitoblarning imkoniyatlarini, grafik vositalarni va VBA dasturlash tili (Visual Basic for Application) ta'minlangan.